173
sohada kasbiy-shaxsiy o‘zini o‘zi tarbiyalash va o‘zini takomillashtirish
texnologiyasiga yo‘naltirish.
Talabalar e’tiboriga quyidagi ma’ruzalar taklif qilinadi: “Talabalarni
ma’naviy-estetik tarbiyalash konsepsiyasi”, “Talabalarning ma’naviy-
estetik tarbiyasi: jarayon texnologiyasi”, “Milliy-badiiy qadriyatlar
aso sida talabalarni ma’naviy-estetik tarbiyalashga tizimli va texno-
logik yondashish”, “Ma’naviy-estetik tarbiyaning tarkibiy va maz munli
asoslari”, “Milliy-badiiy meros orqali ma’naviy-estetik ta’lim texno-
logiyasi asosida o‘quvchilarning shaxsini rivojlantirish”, “Ma’naviy-
estetik tarbiya jarayonlarini chuqurlashtirish texnologiyasi”.
Seminar darslari mavzulari: “Talabalarni milliy-badiiy qadriyatlar
bo‘yicha ma’naviy-estetik tarbiyalash modeli”, “Talabalarni ma’naviy-
estetik tarbiyalashning pedagogik texnologiyalari: loyihalash, rejalash-
tirish”, “O‘quvchilar bilan o‘zbek xalqining badiiy merosi haqida
suhbatlar qurish”, “Talabalarni milliy badiiy qadriyatlar bilan tanishtirish
maqsadida sinfdan tashqari darslarni modellashtirish”, “Abadiy badiiy
qadriyatlar haqida o‘quv ma’ruzasini rejalashtirish”, “Talabalarni
ma’naviy-estetik tarbiyalashning interfaol texnologiyalari”.
Talabalarning mustaqil ishlari tarkibi quyidagi savollarni o‘z ichiga
oladi: talabalar ma’naviy-estetik tarbiyasiga texnologik yondashishning
konseptual qoidalari. Talabalarning ma’naviy-estetik tarbiyasi bo‘yicha
pedagogik texnologiyalarining aspektlari.
Yakuniy nazorat savollari: bo‘lajak o‘qituvchilarning ajdodlarimiz-
ning tarixiy-madaniy (badiiy) merosi to‘g‘risidagi tushunchalarining
asosiy pozitsiyalari. Talabalarning milliy-badiiy qadriyatlarni
o‘rganishdagi asosiy texnologik tarkibiy qismlari. Ota-bobolarimizning
badiiy qadriyatlari bo‘yicha ma’naviy-estetik tarbiyalash texnologiyalari
asosida talabalarning shaxsini rivojlanish mazmuni.
Dostları ilə paylaş: