Tasdiqlayman: Kafedra mudiri


Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari



Yüklə 58,24 Kb.
səhifə6/8
tarix22.01.2023
ölçüsü58,24 Kb.
#122439
1   2   3   4   5   6   7   8
Aholi daromadlari (1)

3. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari Har bir kishi isteʼmol etadigan buyumlarning ekvivalenti boʼlgan pul
daromadi taqsimot kategoriyasidir. Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga
koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirorvard natijasga qarab,
ularning egalari oʼrtasida taqsimlanadi. Shu bilan birga, jamiyatda taqsimotning
nobozor qoidalari ham amal qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va
xizmatlar resurslar bergan pirovard natijasiga qarab, uning egalari oʼrtasida
taqsimlanadi. Аytilgan taqsimot qonuni bozor iqtisodiyoti uchun ijtimoiy adolat
tamoyillari belgilaydi. Ular daromadni cheklashni inkor etadilar. Ularga binoan
daromadlar har bir ishlab chiqarish omili samarasiga qarab, cheksiz oʼsib
borishi mumkin. Taqsimot qonuniga binoan ish kuchi sohibi ish haqi oladi,
kapital egasi foyda, yer egasi renta oladi, menejer ish haqi va foyda oladi, avval
ishlaganlar pensiya oladilar. Taqsimotning bozor qoidalari hukmron boʼlsada,
jamiyatda uning nobozor qoidalari ham amal qiladi. Nogironlar, kambagʼallar,
boshpanasizlarga yordam koʼrsatish taqsimotdagi ijtimoiy hayr-ehson tamoyili
boʼlib, uning bozor qonunlariga aloqasi yoʼq, aksincha, u insoniylik jihati
hisoblanadi.
Bozor taqsimotiga ekvivalentlik, yaʼni omillar bergan natijaga monand
ravishda daromad ajratish xos. Аmmo noekvivalent taqsimot ham bor. Davlat
daromadning bir qismini oʼz ihtiyoriga olganga taqsimlash munosabati yuz
beradi, ammo ekvivalentlik boʼlmaydi, chunki davlat daromaddagi oʼz hissasini
iqtisodiy oʼsishdagi xizmatlariga teng miqdorda emas, balki umumdavlat talab-
ehtiyojini qondirish zarurligi uchun oladi.
Resurs egalarining daromadi ularning ishlatilish samaradorligiga bogʼliq
va uning mezonini bozor aniqlaydi. Samaradorlik mezoni esa bozor talabining
qondirilishidir. Resurslar yordamida talabgir tovar qanchalik koʼp yaratilsa,
shunchalik pul koʼp topiladi, shunga binoan daromadlar ham koʼpayadi.
Resurslar bozor nuqtai nazaridan samarali ishlatilmasa, tabiiyki, daromad
kamayadi. Xullas, daromad bozorning resurslar sifatini naqadar tan olishiga
bogʼliq.
Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq
farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati
sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli
atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan
xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga,
mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim.
O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish
darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday
tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga
turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan
jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga
bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni
qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari,
mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi.
Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot
darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar,
siyosiy hokimiyatga bog’liq
70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot
faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa
"turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini
xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining
eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va
ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni
qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks
ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va
miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy voqelikdan kelib chiqib, turli maktablar daromadlarni taqsimlash
masalasiga turlicha yondashadilar. Masalan, “Liberal” nazariya vakillari ishlab
chiqarish omillari taʼlimotiga tayanib, har bir omil egasi oʼz ulushini oladi va
davlatning bu yoʼnalishga aralashuvi maqsadga muvofiq emas, deb bilsalar;
“Ijtimoiy davlat” nazariyasi namoyondalari esa, aksincha, davlat fuqarolarining
arzigulik daromadlarini davlat tomonidan qayta taqsimlanishini zarur, deb
hisoblaydilar. “Daromadlarni qayta taqsimlashning masshtabli” nazariyasi bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida davlatning xatti-harakati orqali barchaning yuqori
turmush darajasini taʼminlashni ifoda etadi.

Aholi daromadlari va uning tarkibi.


Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat
ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi.
Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular
tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich “daromad” nomi
bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan
tushumning mablag’larining, natural ko’rinishda
olingan mahsulotlarni,
iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha
bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,
dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas
mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va
har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining
o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi
daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real
daromad tushunchalaridan foydalanadi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig’ida olingan
daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi. Ixtiyorida
bo’lgan daromad - shaxsiy iste‘mol va jamg’arma
maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal
daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasidan kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya‘ni daromadnig
xarid quvvati bildiradi.
Aholinig nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi
va ular quyidagilar hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
2. Davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul
tushumlari;
3. Moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Aholi nominal daromadlari - bu ish haqi, pensiya ta‘minoti, davlat
sug’urtasi bo’yicha tulovlar; shaxsiy
qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga
bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar;
aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom
bo’yicha tulovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish
natijasida tashkil
topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar, har xil turdagi
kompensatsiya to’lovlari va h.k.
Turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlari
Hajmiy (absolyut)
Ulush (o’rtacha)
Milliy daromad hajmi
Iste’mol fondining milliy daromaddagi ulushi
Aholining nominal daromadlari
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real daromad
Ish haqi fondi
O’rtacha va eng kam ish haqi
Tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tadbirkorlikdan olinadigan o’rtacha daromad
Pensiya fondlari hajmi
Pensiyaning o’rtacha va eng kam miqdorlari
Tovar aylanishi hajmi Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tovar aylanishi
Bajarilgan xizmatlar hajmi
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlar salmog’i
Uy–joy fondining hajmi
Bir kishiga to’g’ri keladigan uy–joy hajmi (kv.m., xona)
Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholining soni
Iqtisodiy faol aholi tarkibida bandlar va ishsizlar salmog’i
Aholining jamg’armalari
Jamg’armaning o’rtacha miqdori
Aholining tabiiy ko’payishi Yashash davri

Ko’rsatkichlar alohida belgilar bo’yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:


umumiy va xususiy; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; obyektiv va subyektiv;
qiymat va natural; miqdor va sifat; iste’mol proporsiyasi va tarkibi
ko’rsatkichlarlari; statistik ko’rsatkichlar va boshqalar.
Turmush darajasi ko’rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
Umumiy ko’rsatkichlarga 1)milliy daromad; 2)iste’mol fondi (iqtisodiyot
tarmoqlarining bevosita iste’molga yo’naltirilgan mahsulotlari); 3)milliy boyliklar
iste’mol fondi (to’plangan iste’mol mulklari – turar joylar, madaniy-maishiy
binolar, buyumlar) kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi.
Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini
ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan 1) iste’mol darajasi va usullari; 2) mehnat
sharoitlari; 3) turar joy ta’minoti va maishiy qulayliklar; 4) ijtimoiy-madaniy
xizmat ko’rsatish darajasi; 5)bolalarni tarbiyalash sharoitlari; 6)ijtimoiy ta’minot
va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. Mazkur ko’rsatkichlar ijtimoiy taraqqiyot
bilan bog’liq, ammo aholi (mehnatkashlar)ning ma’lum guruhlari, hudud va
boshqalar bo’yicha aniqlashtirilgan.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy jihatlarini,
ehtiyojni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy
taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (nominal va haqiqiy daromadlar, ish
bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar iqtisodiy
ko’rsatkichlar sirasiga kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar ishchi kuchini (aholini) takror
ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning iqtisodiy asoslarini ochib beradi.
Bu, ayniqsa, aholi daromadlari salmog’i va ularni differensiasiyalashda
yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy
tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Ular ijtimoiy
ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi va ijtimoiy soha, umuman, iqtisodiyot
taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu omillar aholishunoslikning tabiiy
asoslari, ya’ni aholi, uning ayrim guruhlari sonining o’zgarishi, umr ko’rish davri

haqida tasavvur hosil qiladi.


Ko’rsatkichlarning obyektiv va subyektiv turlarga bo’linishi insonlar hayot
faoliyatidagi o’zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi. Obyektiv
ko’rsatkichlar obyektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga ega bo’lsa, subyektiv
ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat, oilaviy
munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu kabilardan qoniqishi
bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat va natural ko’rsatkichlar. Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad
ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlar (tovar aylanishi,
xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarning hajmi)ni
o’z ichiga oladi.
Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona, kv.m., kub m. va
hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar - oziq-ovqat
mahsulotlari, energiya iste’moli, mol-mulk, turar joylar, madaniy-maishiy tovarlar
ta’minotining hajmini ifodalaydi.
Turmush darajasini ifodalashda miqdor va sifat ko’rsatkichlari muhim
ahamiyatga ega. Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar
iste’mol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat
jihatdan baholash imkonini beradi. Ular moddiy ne’matlar, xizmatlar iste’mol
tarkibi, ovqatlanish, ma’lumot, malaka, uzoq muddatga muljallangan ijtimoiy-
maishiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi kabilarni o’z ichiga oladi.
Aholi farovonligi proporsiyasi va taqsimot tarkibining (aholi qatlamlarini
daromadlar bo’yicha taqsimlanishi, daromadlar va iste’molni konsentrasiyalash
hamda differensiyalash ko’rsatkichlari va boshqalar) ifodalovchi ko’rsatkichlarni
mustaqil ko’rsatkichlar sifatida ajratib ko’rsatish mumkin.
Statistik ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlar turmush darajasi
ko’rsatkichlari tizimida muhim o’rin tutadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ilgari qabul qilingan tasnifdan
foydalanish deyarli mumkin emas, chunki sho’rolar davrida tarkib topgan 280
dan ortiq ko’rsatkichni baholash juda murakkab va shu bilan birga so’nggi
yillarda ijtimoiy taraqqiyotning yunalishlari, hisob yuritish va hisobot amaliyoti

tub o’zgarishlarga yuz tutdi va mamlakatda milliy manfaatlarni himoya qiluvchi


iqtisodiy omillar muhim o’rin tutadi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodi
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1) umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar (ichki yalpi mahsulot, iste’mol fondi,
turmush qiymati indeksi va boshqalar);
2) aholi daromadlari;
3) aholi iste’moli va xarajatlari;
4) aholining pul jamg’armalari;
5) jamg’arilgan mol-mulklar va turar joylar;
6) aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7) aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Bu tizim ham kamchiliklardan butunlay xoli bo’lmasag’da, u sho’rolar
davrida foydalanilgan tasnifga qaraganda ixcham, hisob yuritish uchun qulay va
turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini aks ettiradi.
Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun
zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar
ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari
tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:
1.Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.
2.Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
3.Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish.
4.Turar joy sharoitlari.
5.Ma‘lumot va madaniyat.
6.Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7.Aholining daromadlari va xarajatlari.
8.Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari.
9.Transport vositalari.
10. Dam olishni tashkil etish
11. Ijtisoiy ta‘минот
12. Inson erkinligi.
Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va
tabaqalashgan mikrodarajasida (aholinig alohida guruhi uchun) qarab chiqish
mumkin.Birinchidan, yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasining aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot
ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar
taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste‘mol byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchibyudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori
darajada ta‘minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb
ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol
savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish
va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari
kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig
mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar
xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi.
Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past
darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo’lmaydi. Bu daraja
moddiy ta‘minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning
boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan
uzviy bog’liq.
Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va
jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-
iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini
qamrab oladi, ya‘ni:
1.Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
2.Turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
3.Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtiroq etish;
4.Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari;
5.Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalari.
Kishilar hayoti faoliyati uchun zarur ne‘matlar to’plami mehnat sharoiti,
ta‘lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarini o’z
ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining
aholida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Ya‘ni, aholi jon
boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi
iste‘mol hajmi va boshqalar daromad manbalari hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi taqsimot qonuniga
muvofiq iqtisodiyot subʼektlarining daromadi ularga qarashli resurslarning
miqdori va samarali ishlatilishiga qarab belgilanadi. Bunga binoan olingan
daromadlar ishlab chiqarish omillari daromadlari yoki bozor daromadlari
hisoblanadi va har bir omil oʼz egasiga alohida daromad keltiradi. Ishchi kuchi
egasi ish haqi, kapital egasi foyda, koʼchmas mulk egasi renta, pul egasi foiz,
aktsiya egasi divident shaklida daromad oladi.
Taqsimot qonuniga koʼra, daromadlar ekvivalent yaʼni babbaravar, tengma
-tenglik tamoyiliga asoslanishi – har bir subʼekt oʼz qoʼlidagi ishlab chiqarish
omili yordamida tovar va xizmatlar yaratishga qoʼshgan hissasiga qarab
daromad olishi kerak. Bunday daromadlar iqtisodiyotda bozor daromadlari deb
ataladi. Bu asosiy daromad turi boʼlsada u yagona daromad emas, undan
tashqari bozor tamoyillari emas, balki insonparvarlik qoidalariga asoslangan
nobozor daromadlari ham boʼladi.
Bozor daromadlari olinish usuliga va shakllanish manbalariga koʼra
farqlanadi. Oʼz olinish usuliga koʼra daromadlar mehnatga asoslangan va
mehnatsiz topilgan daromadlarga boʼlinadi. Ish haqi, foyda kabi daromadlar
mehnatga asoslangan daromadlar, deb hisoblansa, qoʼyilmalar uchun foiz,
meros kabi daromadlar mehnatsiz daromadlar jumlasiga kiradi.
Shakllanish manbalariga koʼra daromadlar ish haqi, mulkdan kelgan
daromadlarva ijtimoiy toʼlovlarga boʼlinadi. Mulkdan kelgan daromadlar sirasiga
foyda, renta, foiz, divident daromadlari mansubdir. Ijtimoiy toʼlovlar bilan bogʼliq
daromadlar pensiya, stipendiya va hokazolardan iborat.
Bozor iqtisodiyotida ish haqi daromadning asosiy qismi, ammo yagona
daromad emas. Rivojlangan bozor mamlakatlarida u axoli jami daromadlarining
2/3 qismini tashkil etadi. Ish haqi miqdorining koʼp yoki oz boʼlishi odatda,
mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va ish kuchi taklifining nisbatiga,
mehnatning unumdorlik kuchiga, bozor talabiga mos ravishda ishlay bilishiga
bogʼliq boʼladi.
Foyda, foiz, divident, renta, mulkdan keladigan daromad ularning miqdori,
uning egasi tomonidan qanchalik samarali ishlatilishiga qarab boʼladi.
Davlat tomonidan qarilik va nogironlik yoki boquvchisiz qolganlarga
beriladigan pensiya, nafaqalar, bir yoʼla yordam pullari, stipendiyalar va turli
natural toʼlovlar, nobozor daromadlarini tashkil etadi. Bu toʼlovlarni davlat
firmalari va ayrim homiylar tashkil etib, shu hisobdan muhtojlarga bepul ovqat,
kiyim-kechak, dori-darmon beriladi, bepul xizmatlar koʼrsatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida axoli daromadlari ish haqi tadbirkorlik
faoliyatdan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya, turli xil yordam
shaklidagi pul tushumlaridan, mulkdan foiz, divident, renta shaklidagi
daromadlardan, qimmatli qogʼozlar, koʼchmas mulkdan, qishloq xoʼjalik
mahsulotlarini sotishdan, hunarmandchilik, kasanachilik, turli xil xizmatlar
koʼrsatish va moliya kredit, banklardan keladigan daromadlardan tashkil topadi.
Аxoli daromadlari darajasini aniqlashda nominal, ixtiyorida boʼlgan va real
daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – axoli tomonidan maʼlum vaqtda pul shaklida olgan
daromadlarining miqdori.
Ixtiyoridagi daromad – nominal daromaddan soliqlar va turli majburiy
toʼlovlar chiqarib tashlangandan soʼng, axoli ixtiyorida shaxsiy isteʼmol va
jamgʼarish uchun qoladigan daromad.
Real daromad – axolining ixtiyorida qolgan daromadga qancha tovar va
xizmatlar sotib olishi bilan aniqlanadi, daromadning xarid qobiliyatini anglatadi
yoki real daromad – bu isteʼmol etiladigan tovar va xizmatlarda ifoda etilgan
daromad boʼlib, muayyan narx-navo sharoitida pul daromadlariga bozorda nima
berilishini bildiradi.
Real daromad ikki narsaga bogʼliq boʼladi.
А) qoʼlda mavjud boʼlgan pul daromadining yoki axoli ixtiyorida qolgan
daromadning miqdoriga teng.
b) pul birligining xarid qobiliyati. Bu bozorda narxga bogʼliq boʼladi, yaʼni
narx qimmatlashsa u kamayadi, narx arzonlashsa ortadi.
Masalan, oʼqituvchining bir oylik qoʼlga tekkan yoki oʼz ixtiyorida qolgan
daromadi 200 ming soʼm. Shu pulga 100 ming soʼmlik kiyim-kechak, 60 ming
soʼmga oziq-ovqat tovarlari, 40 ming soʼmiga roʼzgʼor uchun zarur tovarlar, uy-
joy anjomlari, bolalariga maktab tovarlari xarid qilish mumkin. Narx pasaysa 90
ming soʼmga kiyim-kechak, 50 ming soʼmga oziq-ovqat tovarlari, 30 ming
soʼmga uy-roʼzgʼor anjomlari, bolalar uchun turli xil oʼquv qurollari xarid qilsa
(200-170-30) 30 ming soʼm qoladi. Shu pulga qoʼshimcha ravishda tovarlarni
xarid qilish mumkin. Bu isteʼmolni orttiradi, narxlar oshsa isteʼmol qisqaradi.
Shuning uchun real daromad aniqlanganda narxlarning oʼzgarishi hisobga
olinishi zarur. Buning uchun isteʼmol tovarlari narxining indeksidan foydalaniladi.
Bu tovarlar tarkibiga koʼpchilik isteʼmol qilinadigan tovarlar toʼplami kiradiki, u
isteʼmol savati deb yuritiladi. Isteʼmol savati ishlab chiqarishni rivojlanishi va
kengayishi bilan oʼzgarib kengayib boradi, yangi tovar va xizmatlar kirib keladi.
Masalan, bir vaqtlar shaxsiy avtomobilga ega boʼlish, televizor,
kompьyuterlardan, uyali telefon aloqasidan foydalanish xarajatlari isteʼmol
savatiga kirmagan. Bugun esa bular odatdagi isteʼmol tovarlariga aylanib
bormoqda va isteʼmol savatiga kiradi.
Аholi daromadlari “turmush darajasi” va “turmush sifati” tushunchalari
bilan chambarchas bogʼliq. Аholi daromadlari oshib borgan sari xalq yashash
sharoitlari yaxshilanib boradi. Turmush darajasi, deganda kishilar.
Turmush sifati kishilar turli sharoitalri haqidagi umumiy tushunchalar
boʼlib, mehnat sharoitlari va xavfsizligi, madaniy daraja, jismoniy rivojlanish
kabilar bilan xarakterlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning tabaqalanishi yoki tengsizligi
hukm suradi. Bozor sharoitida hamma bir xil tenglikka asoslangan daromad
ololmaydi. Chunki kimdir koʼp pul topsa, kimdir kam topadi. Chunki pulni koʼp, oz
topish eng avvalo insonning ish qobiliyatiga, ijtimoiy-iqtisodiy muhitga bogʼliq.
Bu muhit har bir shaxsning ish qobiliyatini toʼlaroq yuzaga chiqara olsa ishlab
pul topish koʼpayadi, agar aksi boʼlsa kamayadi.
Bozor iqtisodiyoti pul topish uchun, qonuniy ravishda teng imkoniyatlar
beradi, lekin bu imkoniyatdan foydalanish har xil boʼladi va bu oʼz navbatida
turmush darajasida farqlanadi va bu daromadning har xilligida yuz beradi.
Kishilar turmushini farqlantiruvchi yana bir omil ijtimoiy-demografik holat boʼlib,
oila tarkibining har xilligi bilan yuz beradi. Oila tarkibida mehnat qilib pul toparlar
koʼp boʼlsa, boqimandalar oz boʼlsa, albatta u jon boshiga hisoblanganda koʼp
boʼladi. Shuning uchun koʼp bolali oilalarda ixtiyoridagi daromad hajmi katta
boʼlsada, u jon boshiga hisoblanganda kam chiqadi. Misol uchun ikki oilani olib
koʼraylik. Birinchi oilada 5 kishi bor 3 kishi pul topadi. Har birining daromadi
oyiga 100 ming soʼm 2 kishi boqimanda. Bu oilaning jami daromadi 300 ming
soʼm boʼlib, jon boshiga 60 ming soʼmdan toʼgʼri keladi. Ikkinchi oilada 6 kishi
bor ulardan faqat 2 kishi ishlab oyiga 200 ming soʼm daromad topadi, lekin bu
yerda boqimanda 4 kishi, jon boshiga daromad 33 ming soʼmga toʼgʼri keladi.
Daromadlarning farqlanishi (60>33) pul topishga emas balki, oila aʼzolari soniga,
boqimandalar soniga bogʼliq.
Daromadning farqlanishi uning tabaqalanishi-differentsiatsiyasi, deb
yuritilib daromadlardagi tengsizlikni koʼrsatadi.
Daromadlardagi tengsizlik aniqlanganda xonadonlar 5 ta kvintelga
(guruhga) boʼlinadi. Bunda xonadonlar quyidan yuqoriga, yaʼni past daromaddan
yuqori daromad sari joylashtiriladi (1 kvintelь – oʼta kambagʼallar, 2 kvintelь –
kambagʼal, 3 kvintelь – oʼrtahol, 4 kvintelь - boy, 5 kvintelь – oʼta boylardan
iborat boʼladi).

Turli kvinteldagi xonadonlarning umumiy xonadonlar sonidagi hissasi (%


hisobida) ularning jami daromaddagi hissasi bilan taqqoslanadi. Bu bilan
xonadonlarning qanday daromadlarning qanday qismini olinganligi aniqlanadi.
Odatda quyi kvintellardagi xonadonlarning daromaddagi hissasi kichik boʼladi,
yaʼni masalan 10 % xonadon 5-6 % daromadni oladi. Vaholanki, yuqo-ri
kvintellarda xonadonlar soni kam boʼlsada, ular daromadning katta qismini
oladilar. Аyrim mamlakatlarda oz miqdordagi 4-5 foizni tashkil etgan boy oilalar
daromadlarning katta qismini oladilar.
Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni oʼsishi,
axolining turmush darajasi koʼtarilayotganligiga qaramay, eng boy va eng
kambagʼallar oʼrtasidagi tafovut oshib bormoqda. BMT ning maʼlumotiga koʼra,
dunyodagi eng boy 3 odamning boyligi Аfrika, Osiyo, Lotin Аmerikasi qitʼasidagi
48 ta kam rivojlangan mamlakatlarning yillik yalpi ichki mahsulotidan ortiq.
Sayyora-mizning 225 eng boy odamlarining umumiy daromadi 1 trln dol-lardan
ortiq. Shunday bir vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotgan 4,4 mlrd.
axolining 3/5 qismi kanalizatsiyadan foydalan-may, 1/3 qismi toza ichimlik suvidan
isteʼmol qilishdan,1/3 qismi sogʼliqni saqlash xizmatidan foydalanishdan mahrum etilgan. Yevropaliklar bir yilda 11 mlrd. Dollarlik isteʼmol
qilgan muzqaymoqning qiymati, dunyoda toza ichimlik suvi va
kanalizatsiyaga muhtoj boʼlganlar ehtiyojini toʼla qondirish imkonini beradi1.
Daromadlar tengsizligi darajasining miqdorini aniqlash uchun Lorents2
egri chizigʼidan foydalaniladi.
“Oilalar” ulushi yotiq chiziqda, daromadlar ulushi esa tik chiziqda
joylashgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taʼminlanishi
imkoniyati (burchakni teng ikkiga boʼluvchi) chiziqda ifodalangan boʼlib, u
oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini
koʼrsatadi. 20% oilalar barcha daromadlarining 20 %, 40% axoli 40% daromadni,
60% axoli 60% daromadlarni olishni bildiradi.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizigʼi oʼrtasidagi
tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta
boʼlsa tengsizlik katta va daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng
boʼlsa, bunda Lorents egri chizigʼi va bissektirisa oʼqi bir-biriga mos kelib, farq yoʼqoladi. Daromadlar tabaqalanishin aniqlashning koʼp qoʼllaniladigan
koʼrsatkichlaridan biri ditsel koeffitsienti boʼlib, bu koʼrsatkich 10% eng yuqori
taʼminlangan axoli oʼrtacha daromadlari va 10 % eng kam taʼminlangan ahol
oʼrtacha daromadi oʼrtasidagi nisbatni ifodalaydi. Solishtirilayotgan aholi
qatlamlari orasidagi farq 13-15 martadan oshiq boʼlmasligi talab etiladi.
Oʼzbekistonda bu farq turli yillarda 7,9 dan 11,5 gacha boʼlib, u meʼyordan chiqib
ketmagan. 2019 yil bu koʼrsatkich 8,0 ni tashkil etdi. 2 Masalan АQSh va
Аngliyada bu nisbat 13:1 ga, Shvetsiyada esa 5,5:1 ga teng.
Yalpi daromadning axoli guruhlari oʼrtasida taqsimlanishini xarakterlash
uchun axoli daromadlari tengsizligi indeksi (Djinni koeffitsenti)3 koʼrsatkichidan
foydalanildi. Bu koʼrsatkich qanchalik katta boʼlsa (yaʼni 1,0 ga yaqinlashsa)
tengsizlik
shuncha kuchli boʼladi. Jamiyat aʼzolari daromadlari tenglashib
borganda bu koʼrsatkich 0 (nolь)ga intiladi.



Yüklə 58,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin