Tilshunoslik


Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə64/77
tarix26.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#136031
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Tilshunoslik

Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi

Atamaning ingliz tilida nomlanishi

Atamaning rus tilida nomlanishi

Atamaning izohi

strukturalizm

structuralism

структурализм

til tuzilishini o‘rganuvchi oqim

sistema



system

система

qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lgan murakkab butunlik bo‘lib, bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi uzvlardan tashkil topgan ko‘p tarmoqli hodisa.

struktura

structure



структура

xususiylik bo‘lib, til qismlari, bo‘laklari o‘rtasidagi ichki munosabatdan tashkil topadi.

iyerarxiya



hierarchy

иерархия

bir sath birliklari boshqa sathdagi o‘zidan katta yoki kichik)bo‘lgan birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘lishidir

semiotika

семиотика

semiotics

belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi

lingvosemiotika



lingvosemiotica

лингвосемиотика

tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadigan fan.

paradigmatika



paradigmatic

парадигматика

til birliklarining umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashishi.

sintagmatika



syntagmatic

синтагматика

til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi.

izomorfizm

isomorphism

изоморфизм

(lotincha izoma – o‘xshash, morfo-shakl) tilning turli sathlari birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik.



Adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007.
2.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007/2010.
3.Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. – М., 2007.


9-MAVZU. XX-XXI ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI




Reja:
1. Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo`nalishlar. Sotsiolingvistika va etnolingvistika.
3. Psixolingvistika va neyrolingvistika.
4. Kompyuter lingvistikasi va kommunikativ lingvistika.


1.Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Tilshunoslik – tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi, tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni o‘rganadigan fan.
Tilni tilshunoslik bilan bir qatorda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, mantiq kabi fanlar ham o‘rganadi. Tilni o‘rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga nisbatan o‘z munosabati bor. “Umumiy tilshunoslik” kursini chuqur egallashni istagan talaba, albatta, shu fanga yondosh bo‘lgan sohalardan ham xabardor bo‘lmog‘i lozim.
Falsafa tilshunoslik metodikasini belgilab berar ekan, falsafani o‘rganmagan kishi tilshunoslik uchun xos bo‘lgan metodlarni tushuna olmaydi. Didaktika qonuniyatlarini bilmagan “til o‘rganuvchi” til va nutq faoliyatiga sistema sifatida yondasha olmasligi aniq. Yoxud til fikr ifodalash quroli, fikr esa mantiq fanining o‘rganish obyekti ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, logik kategoriyalarni bilish naqadar muhim ekanligini izohlashga hojat yo‘q. Bu sotsiolingvistika fanining yuzaga kelishida asos bo‘ldi.
Tilshunoslikning psixologiya (inson ruhiy jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganadigan fan) bilan bog‘liqligini lingvistikaning nisbatan yangi sohasi psixolingvistika o‘rganadi. Tilshunoslik tarix, pedagogika fanlari bilan ham uzviy aloqadordir. So‘zlarning tarixini, tilning lug‘at boyligini o‘rganishda tarix tilshunoslikka katta yordam beradi. Sababki, til urug‘ va qabila, elat hamda millat tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Shunga ko‘ra kishilik jamiyatining tarixi tilda o‘z aksini topadi.
Tilshunoslik va tarixning bog‘lanishi ikki tomonlama bo‘lib, tarix materiallari til taraqqiyotini o‘rganish uchun, til faktlari tarix uchun muhimdir. Ushbu fan arxeologiya, etnografiya, shuningdek, adabiyotshunoslik bilan ham zich bog‘langandir. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik o‘rtasidagi ittifoq natijasida filologiya (yunoncha “pxileo” – “sevaman” + “logos” - “so‘z”) fani vujudga kelgan. Tarixan bu termin qadimgi Gretsiyada bugungi ma’nosida qo‘llanmagan; filologga nisbatan “grammatik” termini qo‘llanilgan.
Tilshunoslik pedagogika bilan ham yaqindan aloqada bo‘ladi. Ularning aloqasini til o‘qitish metodikasida to‘liq kuzatish mumkin. Ayrim olimlar bu aloqani lingvodidaktika yoki lingvopedagogika deb ham atamoqdalar. Didaktika (yunoncha “didaktikos” – “ibratli, namuna”) degan ma’noni anglatadi. Didaktika hozirda pedagogikaning ta’lim va mazmuni, umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limidir.
Tilshunoslar va antropologlarning o‘zaro qiziqish xususiyalari 2 holatda to‘qnashadi: birinchidan, tillarni tasniflashda, ikkinchidan, nutqning kelib chiqish masalalarini o‘rganishda.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin