Uz Sugurta Umid doc


-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə102/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

18-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari


Sug‘urtalovchilarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish maxsus vakolatli davlat organining ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; tuzilayotgan sug‘urtalovchining balansi va faoliyatining taxminiy
moliyaviy natijalari; qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘-
shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to‘g‘risida sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hollarda sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishni rad qilishga haqli, agar:
- sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin bo‘lsa;
(18-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-267-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda) sug‘urtalovchilarning qayta tashkil etilishi sug‘urta bozorida raqo-
batning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa; sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi so‘rab taqdim qilingan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lsa yoxud bu hujjatlar qonun hujjatlariga nomuvofiq bo‘lsa; sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish qonun hujjatlariga zid bo‘lsa.
Qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi (sug‘urtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilarga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilar litsenziya olguniga qadar bo‘lgan davrda ular yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirishga haqli emas, ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmalariga olingan, huquqiy vorislik tartibida o‘zlariga o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan mustasno.
(18-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010yil 16-dekabrdagi O‘RQ-267-sonli Qonuni tahririda – O‘R QHT, 2010y., 50-son, 471-modda)
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda o‘ziga boshqa sug‘urtalovchi qo‘shilayotgan sug‘urtalovchi, agar qo‘shib olish natijasida litsenziyaning shartlari o‘zgarmasa, amaldagi litsenziyani saqlab qoladi.
O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchining litsenziyasi qayta rasmiylashtiriladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-267-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan – O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda)

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin