Uz Sugurta Umid doc


-modda. Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilish asoslari



Yüklə 2 Mb.
səhifə84/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

954-modda. Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilish asoslari


Sug‘urtalovchi, agar qonunda yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa va sug‘urta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, sug‘urta tovonini va sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilinadi:
- yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish ta’sirida; - harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar.
Agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar uchun sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilinadi.

955-modda. Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish


Sug‘urtalovchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sug‘urta tovonini yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni quyidagi hollarda rad etishga haqli, chunonchi:

  • sug‘urta shartnomasining amal qilishi sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, shu jumladan, ushbu kodeksning 948- va 950moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinganda;

  • sug‘urta shartnomasi ushbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganda;

  • sug‘urtalovchi ushbu kodeksning 951 – 954-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta tovonini yoki sug‘urta puli to‘lashdan ozod qilinganda;

  • sug‘urtalovchi ushbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida yoxud sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi holatlarini tekshirib ko‘rishga yoki yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga to‘sqinlik qilgani tufayli sug‘urta shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atganida.

Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni so‘rab murojaat etganlaridan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan e’tiroz bildirilishi mumkin.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin