Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə149/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Davlatimiz ramzlari - bu Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda), bayroq, tamg’a, madhiya hisoblanadi va ular O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi.

Davlat ramzlari muayyan millat, elat etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadini, hududiy, siyosiy ijtimoiy birlik mohiyatini ajratishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuuidoir. Muayyan davlatning bayrog’i, gerb (tamg’asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.

Davlat ramzlari o’zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy mazmun ifoda etadi. Davlat ramzlarida (bayroq, gerb) tasvirlangan ranglar, tasvirlar shu xalq, millat o’tmishi, qadim anhanalari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, g’oyalarini ifodalashga xizmat etadi. Dav­lat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsa­di, birligi, g’oyalari tarannum etiladi.

Davlat ramzlari davlat mavjudligini ko’rsatuvchi belgilardan sanaladi. Ramzlar - bu shartli belgilar bo’lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.

Respublikamizda davlat mustaqilligining ehlon qilinishi bilan mustaqillikni aks ettiruvchi ramzlarni ishlab chiqishni taqozo etdi. SHu munosabat bilan 1990-yil 30-martda «O’zbekiston Respublikasi­ning Davlat madhiyasi to’g’risida»gi Qaror qabul qilindi va bu bora-da ishlar amalga oshirildi.

Madhiya - bu biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bag’ishlangan badiiy asar. Bahzan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat bo’lishi mumkin.

Arab, fors va o’zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi anhanalarga ko’ra, har bir uirik epik asarning bosh qismida maxsus maqtovlar berilgan. Ular odatda, asar yozilgan paytdagi hukmdor va qahramonlarga bag’ishlangan. SHuningdek, shoirlarga o’zlaridan avval o’tgan buyuk shaxslarni maqtash, yahni maqtovlar bag’ishlash ham odat bo’lgan.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin