Suv ekologik omili. Suv asosiy ekologik omillardan biri bo‘lib, yer yuzidagi o‘simliklar va hayvonlarning yashashi uchun muhim omil hisoblanadi. Muhit bilan modda olmashinuvi va fotosintez jarayonida suv metabolit va erituvchi sifatida qatnashadi. Mineral tuzlar o‘simlikka tuproqdan suvda erigan holda o‘tadi.
Gidrobiontlar uchun suv yashash muhiti bo‘lib hisoblanadi.
Suvsiz modda almashinuvi davom etmaydi. Suv bu hayot demakdir. Tirik organizmlar asosi suvdir. o‘simliklarda u 40 —98% tashkil qiladi. Hayvonlar tanasida ham suvning miqdori turlicha: cho‘l chigritkasida 35%, it baliqda 93%, kattasida 77,8%, sichqon bolasida 83%, kattasida 79%. Suv yetishmasligiga chidamlilik tur ekologiyasiga bog‘liq. Masalan dasht sharoitida yashovchi kurbaqa,tanasidagi suvni 50% ni yo‘qotganda, namlikni yaxshi ko‘ruvchi o‘tloq qurbaqasi esa suvning 15% ni yo‘qotganda o‘ladi.
Hayvonlarda namlikka chidamlilik o‘simliklarga nisbatan kuchliroq. Masalan, odam o‘z tanasidagi suvning 10% ni yo‘qotsa, nobud bo‘ladi. Tuya esa 27%, qo‘y 23 %, it 17 %, suv yo‘qotganda o‘ladi.
O‘simliklarning suvga ehtiyoji juda yuqori. O‘rta iqlimda o‘sadigan o‘simliklarning 1 g quruq modda hosil qilishi uchun 250 —400g suv kerak.
Organizmlarning Yer yuzida zonalar bo‘yicha tarqalishida, suv asosiy cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Quruklikda o‘sadigan o‘simliklar uchun asosiy suv man’bai sifatida atmosfera yog‘ini xizmat qiladi. O‘simliklarning suv bilan ta’minlanishi joylarning umumiy xarakteristikasiga bog‘liq.
Ekvatorial oblastlarda yil davomida 1000 mm yog‘in tushadi. Cho‘l zonalarida yog‘in miqdori 100 mm va undan kam ham bo‘lishi mumkin.
O‘simliklarga suv o‘tishining asosiy yo‘li, bu ildiz sistemasi bo‘lib, o‘simlik ildiz orqali tuproqdan suvni shimadi. Tuproqdagi suvlar, mexanik ushlanishi bo‘yicha, 3 xil bo‘ladi, ular:
1. Gravitatsion suv
2. Kapillyar suv
3. Bog‘langan suvlardir
Gravitatsion suv — tuproqning katta donachalari orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turuvchi va tez harakat qilib, pastki yer osti suvlargacha yetuvchi suvlardir. Kapillyar suvlar — tuproq donachalari orasidagi mayda bushliqlarni to‘ldiruvchi va katta kapillyar kuch bilan bog‘lanib turuvchi suvlardir. Bog‘langan suvlar esa tuproq donachalari ustida, adsorbsiya kuchi yordamida bog‘lanib turuvchi suvlardir. Bu suvlardan tez o‘zlashtiriladigani gravitatsion suvlardir. Bog‘langan suvlar qiyin o‘zlashtiriladi, ularni o‘lik zapas ham deyiladi.
O‘simliklar hayotining namlikka bog‘liqligini bilish uchun ularning suv rejimini aniqlashimiz kerak. U esa, bir qator fiziologik ko‘rsatgichlar bilan xarakterlanadi:
— barglar va poyadagi suv miqdori,
— hujayra shirasining osmotik bosimi,
— barglardagi suv yetishmasligi,
— transpiratsiya tezligi,
— o‘simliklarning suvni o‘zida saqlash qobiliyati va boshqalar.
Yer yuzidagi o‘simliklar har xil namlik sharoiti va muhitga moslashishi bo‘yicha, 3 ekologik tipga bo‘linadi.
1. Gigrofitlar;
2. Mezofitlar;
3. Kserofitlar.