Kimyo sanoatida suv va energiya manba’lari
Tabiiy suvlarning manbalari va tavsiflari. Suv sifatining asosiy
ko`rsatkichlari: tinikligi, rangi, xidi, mazasi, qattiqligi, umumiy tuz miqdori,
oksidlanuvchanligi, reaktsiyalari.
Suvni sanoatda ishlatish uchun tayyorlash. Suvning qayta ishlashning
mexanik, fizikaviy, fizik-kimyoviy, termik, kimyoviy va biokimyoviy usullari.
Suvni qattiqligini kimyoviy usullar yordamida yo`qotish. Ionalmashuv
jarayonlarni suvlarni yumshatish va tuzsizlantirish jarayonlarida qo`llanilishi.
Sanoat oqava suvlari va ularni tozalash. Ichimlik suvini tayyorlash.
Sanoatda energiya, uning axamiyati va man’balari.
Tayanch iboralar: tiniqligi, rangi, xidi, mazasi, qattiqligi, umumiy tuz miqdori,
oksidlanuvchanligi, reaksiyalari atmosfera suvlari, er ust suvlari, er osti suvlari,
suvning qattiqligi, chiqindi suvlari, chiqindi suvlarni tozalash.
Kimyo sanoatida suv.
Suv planetamiz yuzasini 70 % ni tashkil etadi. Uning umumiy hajmi 1 mlrd.345 mln
km
3
(1 mlrd. tonnaga teng). Shundan 137 mln. km
3
yoki 94,1 foizi sho`r, ichishga
yaroqsiz suv bo`lib, dengiz va okeanlarda to`plangan. Muzliklardagi (quruqlikning
11 foizi muzliklardan iborat) suv 24 mln. km
3
yoki 1,6 % dir. Ko`l va daryolar suvi
231,2 ming km
3
, atmosfera suvlari 14 ming km
3
, yer osti suvlari 75 ming km
3
. Yerda
ichishga yaroqli suv miqdori 4-5 mln. km
3
yoki 0,3 % dir. Muzliklardagi suvni ham
qo`shib hisoblaganda 2 % ga yaqin. Hozirgi kunda yer shari aholisining 1/3 qismida
ichimlik suvi tanqis bo`lib turibdi.
Suv xalq xo`jaligining barcha sohalarida, jumladan, kimyo sanoatida ham keng
qo`llaniladi. Buning sababi suvda ko`pgina foydali xossalar (universal
erituvchi
ekanligi, rangsiz, hidsiz, ta’msiz, zaharsizligi, issiqlik sig`imining kattaligi va
boshqalar) borligidandir. Suv kimyo sanoatida
turli maqsadlarda ishlatiladi.
Masalan: erituvchi sifatida yuvish ishlarida, ashyolarni flotatsiyalashda, isitish,
sovutish maqsadlarida, issiq almashtirish
jarayonlarida hatto xom ashyo, reagent
(masalan: sulfat, nitrat, fosfat, kislotalarini, ishqor va asoslarni ishlab chiqarishda,
vodorod olishda, gidroliz va gidratlash reaksiyalarida va boshqalarda) sifatida
ishlatiladi.
Suvning eng yirik iste’molchilaridan biri kimyo sanoatidir. Shuning uchun ham
kimyo korxonalari suv manba’lariga yaqin joylarda quriladi. Masalan:
ayrim
kimyoviy mahsulotlarni 1 tonnasini ishlab chiqarish uchun quyidagicha suv
sarflanadi: alyuminiy 1500, po`lat 270, nikel 400, viskoza ipagi 1200, sintetik
kauchuk 1600, kapron 2500, nitrat kislota 200, sulfat kislota 50, ammiak 1000,
fosfor 15 m
3
/t, faqat bitta kapron zavodi 120 ming kishi yashaydigan shahar
ta’minotiga sarflanadigan suvga teng miqdorda suv sarflaydi.
Hozirgi paytda ishlab
chiqarish ehtiyoji uchun, chuchuk suvning umumiy
miqdoridan 40 % ga yaqini sarflanmoqda. Shuning uchun ham yer sharining ba’zi
joylarida ichimlik suvi tanqisligi kuzatilmoqda. Buni oldini olish, kimyo
korxonalariga suv sarfiyotini kamaytirish uchun ishlab chiqarishni yopiq sistemaga
o`tkazish, ishlatilgan
suvni oqizib yubormay, tozalab qayta ishlatish. Ishlab
chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suvdan kam foydalanuvchi texnologiya
yaratish, suv bilan sovutish sistemalarini havoda sovutish, sitemalariga o`tkazish
lozim.
Tabiiy suvlar kelib chiqishiga qarab uch qismga bo`linadi:
1. atmosfera suvlari.
2. yer usti suvlari (daryo, ko`l, dengiz va okean suvlari).
3. yer osti suvlari.