havo sovutgichlariga almashtirish; 3. oqova suvlarni tozalash va qayta
ishlatish.
Sanoatda foydalaniladigan suvning 45 % gacha miqdori issiq almashtirgichlarda
sovutish maqsadida ishlatiladi. Bu suv u qadar ko`p ifloslanmaydi va ko`p martalab
qayta ishlatilishi mumkin. Buning uchun har gal ishlatishdan oldin gradirlarda (issiq
suvni yuqoridan sachratish orqali sovutadigan minorasimon qurilma) va suvni
sachratib, sovutish havzalarida (bunda maxsus quvurlar orqali issiq suv yuqoridan
ochiq hovuzlarga, dushdan suv oqqanidek sachratish yo`li bilan sovutiladi)
sovutiladi.
Ishlatilgan suv neftni qayta ishlash sanoatida keng qo`llaniladi. Masalan, 1965-
1970 yillarda 1 t neftni qayta ishlash uchun 10 m
3
suv sarflanar edi. Hozirgi paytda
esa faqat 1.15-1.18 m
3
suv sarflanadi xolos.
Yopiq sistemali suv ta’minoti asosida ishlovchi korxonalarning suvi ishlatilib
bo`lgach, chiqarilib avval tindiriladi, aralashgan qattiq zarralar ajratib tashlanadi.
Qisman tuz va reagentlarda tozalanadi, so`ngra yana texnologik jarayonga
yuboriladi. Bunda faqat bug`lanib ketgan suv o`rni toza suv qo`shish bilan to`ldirib
turiladi xolos. Yopiq sistemali suv ta’minoti asosida ishlaydigan korxonalar mis
suyuqlantirib olinadigan kombinatning, misni boyitish fabrikasini misol qili keltirish
mumkin. Sanoatda suv sarfini katta miqdorda kamaytirish imkonini beradigan
yo`nalish suvni sovutgichlarni havo sovutgichlariga almashtirishdir. Kam chiqindi
chiqaradigan texnologiyani suv ishlatilmaydigan texnologik jarayonlarni joriy
qilishdir.
Energiya.
Kimyo sanoati juda ham ko`p energiya sigimiga ega. Shunday kimyoviy
sanoatlar borki, energiya tannarxning 80-90% ni tashkil etadi (elektrolizda, xlor va
H
2
larni olishda).
Hozirgi paytda energiyani asosan Organik moddalarni yondirish asosida
oladilar. Bu juda ham xom ashyoni bekorga sarflanishiga olib keladi. Chunki tabiiy
gaz, neft kimyo sanoati uchun yaxshi xom ashyo hisoblanib, undan sintetik
mahsulotlar, plastmasalar, tolalar, organik mahsulotlar, kauchuklar, buyoqlar,
erituvchilar va boshqa muhim mahsulotlar olinadi.
Kimyoviy texnologiyada energiya katta miqdorda sarflanib, hozirgi paytda
butun dunyo buyicha hamma sanoatda energiyaning sarflanishi 40% neft va neft
mahsulotlari orqali, 19-20% tabiiy gaz orqali, 24-25 % ko`mir orqali va 7%
gidroenergiya orqali bajariladi. Qolgan boshqa tipdagi energiyalar yadro
energiyalari, quyosh energiyasi, geotermal energiyasi va shamol energiyasi qariyib
4% ni tashkil etadi. Ko`p davlatlarda (Kanadada) elektroenergiya ishlab
chiqarishning 60-70 % ni gidrostansiyalar tashkil etadi. hamdo`stlik davlatlarida esa
elektroenergiya ishlab chiqarishning 20% gidrostansiyalar orqali bajariladi,
O`zbekistonda gidrostansiyalar juda oz ular faqat Chirchiq (Chorvoq GESi), boshqa
hamma stansiyalar issiqlik stansiyalaridir. O`zbekistonda energetikaning
mavjudligi va rivojlanishi asosan gaz sanoati orqalidir.
Bizga ma`lumki O`zbekistonda esa neft Farg`ona vodiysi va Qashqadaryo
viloyatidan qazib olinadi. Ko`mir sanoati asosan Toshkent viloyatida rivojlangan,
Angren tizmalarida uncha sifatli bo`lmagan ko`mir qatlamlari juda ko`p. SHuning
uchun Angrenda katta elektrostansiyalar qurilib, ko`mirning o`zini tashimasdan
elektroenergiya yuboriladi. Bundan tashkari shu stansiya yonida katta g`isht va blok
ishlab chiqarish sexlari qurilgan. Hozirgi paytda Markaziy Osiyo davlatlarida
quyosh energiyasidan foydalanish yaxshi natijalar beryapti. Masalan,issiqxonalarni
isitishda, suv isitishda hamda cho`l zonalarida kichik muhim tarmoqlarni
rivojlantirishda ishlatiladi.
Hozirgi paytda shamol energiyasidan foydalanish ham yaxshi natijalar
beryapti. Masalan, Bekobod tog` tizmalarida Tojikistonning Xo`jand xududlariga
kirish joylarida shamoldan energiya olish uskunalari qurish mo`ljallanmoqda.
Buning uchun bir necha mutaxassilar Gollandiya davlatiga borib kelishdi. Hozirgi
paytda kimyoviy texnologiyada energiyani saklash va unumli ishlatish uchun
kimyoviy reaksiyalarning energiyasidan foydalanish yaxshi natijalar bermokda.
Bundan tashqari kimyoviy texnologiya jarayonida kimyoviy reaksiyalar oraligida
ishlab chiqarilgan mahsulotni sovo`tish yoki reaksiyaga kiradigan xom ashyoni
isitish uchun qaramakarshi yo`nalishlardan foydalanib xar xil asbob - uskunalar
ishlatilmokda. Masalan,shunday asbob-uskunalardan biri ekonomayzer qozonla-
ridir.
Kimyo sanoatida energiyani to`liq ishlatish uchun ekzotermik va endotermik
reaksiyalarni o`z joyiga ishlatish kerak, ya`ni reaksiya natijasida hosil bo`lgan
energiya to`g`ri dan-to`g`ri reaksiyani tezlashtirish uchun ishlatish kerak. Bundan
tashkari ba`zi holatlarda alohida isitgich va sovutgich qurilmalari ishlatiladi.
Masalan,sulfat kislota olish paytidagi sulfat angidridi olish uchun sulfid angidridini
tozalab, uni 600- 700 C dan 30-40 C gacha tushirish kerak va yana tozalangan sulfid
angidridini qayta isitish kerak. Bu uchun alohida moslamalarda ikkita gazni bir-
biriga qarshi yo`naltirib, moslamada esa issiqlik o`tkazish katta bo`lgan to`siklar
ishlatish kerak.
Hozirgi paytda kimyo sanoatida juda ham issiqlik talab qiladigan sanoatlarda
shisha tolalardan qilingan (steklovolokno) g`ovak qoplamalar ishlatiladi. Bunaqa
qoplamalar sovuq haroratli zonalarda ishlatadigan qurilma va uskunalarda bo`lishi
mumkin. Masalan,havoni rektifikasiyalab kislorod va azotga ajratish paytida.
Hozirgi zamon energetikasi kompleks ravishda rivojlanish kerak, ya`ni katta
energiya ishlab chiqargan teploelektrostansiyalar. Bu elektrostansiyalar elektr
energiya hosil qilishdan tashkari qayta ishlangan issiq suv, bug`, ikkilamchi
bug`larni ishlatib alohida issiqxonalar qilinadi. Qayta ishlangan issiq suvlarni
alohida ko`llarga jo`natib qish paytida ham baliqchilikni rivojlantiriladi. Ko`mirni
yondirgandan keyin qolgan ko`l har xil aralashmalardan shlakoblok g`isht va qum,
kurilish materiallar olish mumkin. O`zbekistonda bunday katta GRES lardan hozirgi
Angren shaharida qurilyapti. Ko`mirga nisbatan elektroenergiyasini uzoq joylarga
yuborish ancha oson va qulaydir.
Kimyoviy jarayonlar energiyaning yutilishi yoki chiqishi bilan boradi.
Kimyoviy texnologiyada energiya, asosan, yordamchi operatsiyalarni (ishlarni):
xom ashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish, ashyolarni
maydalash, bir agregat holatdan boshqa agregat holatga o`tkazish, filtrlash, sovutish
yoki isitish, gazlarni siqish, tekshiruv – o`lchov xizmatlarini bajarish uchun
sarflanadi. Kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda, ko`p energiya
talab qiladi. Kimyo sanoati ishlab chiqarishida energiya sarfi kilovatt soat (kilo joul)
yoki tayyor mahsulot birligida uni ishlab chiqarish uchun sarflangan yoqilg`i
miqdori bilan (kvt.s/t, kj/kg, t/t, kg/m
3
) baholanadi. Masalan: sintetik ammiak 3200
kvt.s/t, alyuminiy – 19000 kvt.s/t, fosfor 16500 kvt.s/t, ammoniyli selitra – 11 kvt.s/t
va hokazo.
Energiya turlari va manbalari: kimyo sanovtida turli xil: elektr, issiqlik, yadro,
kimyoviy va nur energiyalaridan foydalaniladi. Bulardan eng ko`pi issiqlik
energiyasi bo`lib, shartli yoqilg`iga aylantirib hisoblaganda u 50 % ni, bevosita
issiqlik sifatida 10 % ni tashkil etadi. Qolgan 40 % energiyani esa elektr energiyasi
tashkil etadi. Boshqa tur energiyalarning ulushi juda kam bo`ladi.
Elektr energiyasi: elektrokimyoviy jarayonlarni (suyuqlanma va eritmalarni
elektroliz qilish va boshqalar) amalga oshirish uchun, elektrotermik (qizdirish
uchun) va elektromagnitli (rudalarni elektromagnit usulida boyitishda) jarakyonlar,
hamda elektr energiyasi talab qiluvchi boshqa operatsiyalar (changlarni, tumanlarni
elektrofiltrlarda cho`ktirish uglevodorodlarni elektrokrening qilish va boshqalar)
uchun sarflanadi. Turli fizikaviy operatsiyalarni: maydalash, yanchish, aralashtirish,
tsentrifugalash, tashish, qadoqlash, ventilyatorlarni, kompressorlarni ishlatish uchun
va boshqalarni amalga oshirish uchun sarflanadi. Elektr energiyasi, asosan, issiqlik
elektrostantsiyalari
(IES),
gidroelektrostantsiyalari
(GES)
va
atom
elektrostantsiyalarida (AES) hosil qilinadi.
Issiqlik energiyasi sanoatda reaksiyaga kirishuvchi reagentlarni qizdirish
uchun ishlatiladi. Yana u har xil texnologik operatsiyalarni bajarishda (qurilish,
bug`latish, suyuqlantirish, distillash va boshqalar) foydalaniladi. Ko`pgina ishlab
chiqarishlarda (masalan, tsement, shisha, keramik buyumlar va boshqalar) issiqlik
energiyasining manbai sifatida qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg`ilarni yonishidan
hosil bo`lgan gazlar ishlatiladi. Ko`pgina kimyoviy korxonalar, ayrim tsexlar issiqlik
energiyasini issiq suv va bug` shaklida oladi. Qaysikim, ular maxsus bug` qozon
qurilmalari yoki IES larida hosil qilinadi.
Yadro energiyasi bevosita radiatsion kimyoviy jarayonlarni o`tkazishda
foydalaniladi. Bunda radioaktiv nurlantirish (γ va ß – nurlar, yoki neytronlar bilan)
orqali polimerlanish reaksiyalarini amalga oshirish, polimerdan yasalgan
buyumlarni mustahkamligini oshirish, qotirish, fenol, onilin va boshqa
mahsulotlarni sintezlash kabi jarayonlarda amalga oshiriladi. Ammo, yadro
energiyasi, asosan, elektr energiyasi olish uchun foydalaniladi. Hozirgi paytda
dunyoda 300 dan ortiq AES lar bo`lib, ularda 8 % energiya hosil qilinadi.
Kimyoviy energiya ekzotermik reaksiyalar paytida ajralib chiqadi. Bu
energiyadan issiq suv yoki bug` hosil qilish uchun yoki dastlabki materiallarni
taxminiy qizdirish uchun foydalaniladi. Ba’zan, elektr energiyasiga aylantirishda
(galvanik elementlarda va akkumlyatorlarda) ham ishlatiladi. Energiyaning bu
turidan keng foydalanish yirik ishlab chiqarish korxonalarida juda katta iqtisodiy
samara beradi. Masalan: ayrim ishlab chiqarishlarda (sulfat kislota va ammiak va
boshqalarda) ular ehtiyoji uchun talab qilinadigan energiya to`liq kimyoviy energiya
hisobiga qoplanadi. Hatto, ba’zan ortib ham qoladi. Ortiq energiya esa, boshqa
korxonalar talabini qondirish uchun issiq suv yoki bug` ko`rinishida ularga
yuboriladi. Masalan: sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasini (1 t.H
2
SO
4
ishlab
chiqarganda) energiya bilan to`la ta’minlash uchun 0.36 MJ (mega joul) energiya
talab qilinadi. 1 t. sulfat kislota ishlab chiqarganda ajralib chiqadigan kimyoviy
energiya esa, 5 MJ ni tashkil etadi. Talabni qondirish uchun bu energiyaning atigi 7
% i kifoya qiladi.
Nur energiyasi, elektr energiyasiga aylantirilib beruvchi fotoelektrik qurilma
texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish va boshqarishda: binolarni isitishda
va kosmik texnikani energiya bilan ta’minlashda qo`llaniladi. Quyosh energiyasidan
foydalanishning fotokimyoviy usullari ishlab chiqilmoqda. Masalan: suvni
fotokimyoviy parchalash va undan vodorod, kislorod ajratib olish usuli kabilardir.
Dostları ilə paylaş: |