2.1 Tikuvchilik sanoati va hozirgi kundagi holati. Bugun mamlakatimizda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalarining aksariyati «O‘zbek yengil sanoat» aksiyadorlik jamiyatitarkibiga kiradi. Sohada faoliyat ko‘rsatayotgan 312 sanoat korxonasining 225 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridir. 2015 yil yakunlariga ko‘ra, ushbu korxonalar qiymati 3 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlari, 1 trillion so‘mlik xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqardi. Kalava va gazlama, trikotaj polotno va buyumlar, noto‘qima materiallar, shoyi va boshqa asosiy turdagi mahsulotlari shlab chiqarish hajmi ko‘paydi. Umuman, o‘tgan yili soha korxonalari 188 turdagi yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarib, 75 turdagi yangi mahsulotlar tayyorlashni o‘zlashtirdi.
Zamonaviy liboslar yaratish uchun xorijlik dizaynerlarni jalbqilish va keyinchalik ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda «O‘zbek yengil sanoat» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston dizaynerlari va xorijiy davlatlardagi yetakchi moda hamda dizayn maktablari vakillari ishtirokida «Modavadizayn – 2015» xalqaro festivali tashkil etildi. Unda Italiya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan jahon moda sanoati vakillari qatnashdi. Festival doirasida «O‘zbek yengil sanoat» korxonalarining 160 dan ortiq dizaynerlari va mamlakatimizning taniqli dizaynerlik guruhlar itomonidan yaratilgan liboslar namoyish etildi.
Chetel investitsiyalarini jalb qilish, yangi zamonaviy korxonalar tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish mamlakatimizda yengil sanoat sohasini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida sohaga 187,3 million dollar jalb etildi va bu 2014 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘pdir. 2015 yilda 33 yangi korxona ishga tushirilib, 12 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi. O‘tgan yilning oxirida Toshkent viloyatidagi «Maksim Gold» mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida qiymati 7 million dollar bo‘lgan investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etildi. Bu yerda yiliga 3,5 ming tonna kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Andijonviloyatida ham qiymati 2,44 million dollarga teng loyiha amalga oshirildi. Bankrotga uchragan «Bobur» ochiq aksiyadorlik jamiyati bo‘linmalari bazasida 1 million dona trikotaj buyumlar ishlab chiqarish tashkil etildi. “Lemon International” xorijiy kompaniyasi (Gonkong) bunga investitsiya kiritdi. Jizzax viloyatidagi «Do‘stlik» mashina-traktorparki bazasida esa yiliga 3,5 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan yili soha korxonalarida energiya sarfini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi. Masalan, 2015 yilda qiymati 1 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi sarfi 6 foiz, tabiiy gaz iste’moli 9,8 foizga kamaydi.
Yengil sanoat korxonalari o‘z faoliyatida mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning samarasida sohada eksport hajmining ortib borayotgani va ichki bozorlarimiz mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili qiymati 1 milliard dollardan ziyod yengil sanoat mahsulotlari eksport qilindi. O‘tgan davrda eksportchi korxonalar soni 254 taga yetdi va bu «O‘zbek yengil sanoat» korxonalari umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi.
Joriy yilda korxonalarni muntazam texnik va texnologik yangilash, soha infratuzilmasini jadal rivojlantirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish va yangi ish o‘rinlari tashkil qilish «O‘zbek yengil sanoat» aksiyadorlik jamiyatining ustuvor vazifalari hisoblanadi.