Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida monologik nutqning ahamiyati



Yüklə 55,52 Kb.
səhifə5/9
tarix25.03.2023
ölçüsü55,52 Kb.
#124357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bolalarni monologik nutqqa o`rgatish vositalari

1.3.Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida monologik nutqning ahamiyati.
Bolalarga monologik nutqni muntazam o‘rgatish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Monologik nutqni qiyinligi shundaki, u diqqat-e’tiborni o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan voqea yoki badiiy asarga qaratgan boladan bir vaqtning o‘zida nafaqat narsalar, hodisalarni payqash, balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezishni talab qiladi. Turli yosh bosqichlarida bolalarni monologik nutqga o‘rgatishning mazmuni va vazifalarini o‘zlashtirish darkor. Bolalarni monologik nutqga o‘rgatish davomida ularni qayta hikoya qilishga o‘rgatish metodikasi ham shakllanib boradi. Bu jarayonda bola hikoya qilib berishga o‘rgatiladi. Hikoyalarning turlari va uni o‘qitishning izchilligi ham kuzatilib boriladi. Bolalar hikoya to‘qishni o‘rganadilar. Turli yosh bosqichlarida monologik nutqga o‘rgatishning bir qancha vazifalari va uni o‘ziga xos mazmuni ham mavjud. Mashg‘ulot davomida yuqoridagilarning barchasi o‘rganib boriladi. O‘tkaziladigan mashg‘ulotlar nomlari va rejalari: masalan, hikoya qilishda tarbiyachi bolalarga mavzu va reja beradi.
Mavzu: «Qizcha mushukchani qanday topdi?»
1. Qizcha mushukchani qayerdan topdi?
2. Mushukcha qanday edi?
3. Qizcha u bilan nima qildi?
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo’lub, bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutq(hikoya qilishda)da bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaudilar. Monolog nutq ko'pchilikka qarata aytiladigan nutq bo'lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi kerak.
Monolog nutq (hikoya qilish) yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monologik nutq tafakkurga tayanadi.
Monologik nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisobianadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo’lishi ushun yoyiq gaplardan, aniq lug’atdan foydalanish kerak. Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo’lish jarayonida katta rol o'ynaydi. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o'z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Bolalarda monologik nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Vundan tashqari, bola nutqi mohologik nutqqa aulanishi uchun u tilning lug’atini va grammatik tomonini yerkin egallagan bo’lishi kerak.
Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan boshlab paydo bo'ladi. Ruhshunos D. V. Elkanin bu haqda shunday yozadi: "Bola hauot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan uangi munosabatlarning va uangi turdagi faoliuatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli - monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo bo'ladi", bolalarni hikoya qilishga o’rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga uordam byeradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo’lib, o'zini tutish, jamoa oldida so’zga chiqish malakasi hosil bo’ladi”.
Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Vu guruh bolalarini tanish hikoya va yertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
SHunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo, dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.

Yüklə 55,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin