Mundarija: kirish I. Bob. Amir temur va temuriylar davrida me’morchilik taraqiyoti



Yüklə 133,38 Kb.
səhifə2/7
tarix18.11.2023
ölçüsü133,38 Kb.
#132762
1   2   3   4   5   6   7
Mundarija kirish I. Bob. Amir temur va temuriylar davrida me’mo

Mavzuning o’rganish darajasi. Anjumanda qurilish, me’morchilik, dizaynerlikka oid bir qator institutlarimizning professor o’qituvchilari so’zga chiqib, Amir temur va Temuriylar davri arxitekturasining o’ziga xos jihatlarini sanab o’tdilar. Shuningdek, o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etganlar, Amir Temurning bunyodkorlik ishlari, Temuriylar davri me’morchiligidagi bitiklar hususida alohida to’xtaldi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin o’z milliy qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlarimizga, qadimgi an’analarimizni qayta tiklashga bo’lgan e’tibor ancha oshdi, jumladan, tarixiy obidalarimizga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Amir Temur va temuriylar madaniyati nafaqat O’zbekiston, balki butun jahon madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligi barchamizga ma’lum. Amir Temur va Temuriylar davri me’morchiligi, me’morchilik tarixida ma’lum darajada tahlil etilgan. Amir Temur dastlab, Samarqand shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi va bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. 2Uning Samarqand shahrini qayta qurish g’oyalari keyinchalik Buxoro, Shahrisabz, Shohruhiya, Binkent, Baylaqon, Hirot, Marv va boshqa shaharlarga tarqaldi. Buyuk Sohibqiron davrida binolarni mahobatli, naqshinkor, majmua tarzida qurish san’ati yuzaga keldi va rivoj topdi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‘chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozisiya va serjilo bo‘yoqlarning uyg‘unligi ajralib turadi.
Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, so‘ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome’ ut-tavorix», «Tarixi Rashidiy» kabi tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlagan. Bu an’ana Temuriylar davrida ham davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Temurnoma» asarlarida jang lavhalari tasvirlanadi. Ayrim hollarda diniy asarlarga ham Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg‘ambarning (yuzi niqobda) odamlar orasida turgan holati va me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.3
XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san’ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi.
Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bo‘lib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda Sharqiy Turkiston san’atiga xos bo‘lgan Turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi.
Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog‘i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo‘yoqlar ustalik bilan qo‘llangan. ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari hirotga ko‘chib o‘tadi. Abul hayya tarixiy asarlariga ishlagan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi.

Yüklə 133,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin