Mundarija Kirish I. bob. Boburiylar saltanatining tashkil topishi


Boburiylar saltanatida davlat boshqaruv tizimida mansablar



Yüklə 384,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix25.11.2023
ölçüsü384,03 Kb.
#134706
1   2   3   4   5
boburiylar

2.1 Boburiylar saltanatida davlat boshqaruv tizimida mansablar
 
Podshoh va uning davlat boshqaruvi tizimidagi o‗rni. Islom dini tarixida 
davlatni boshqarish siyosati din siyosati bilan birgalikda amalga oshirilib kelingani 
bizga yaxshi ma‘lum. Payg‗ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Makkadan Madinaga 
hijrat qilganlarida musulmonlar ul zotni yangi e‘tiqod asoschisi va yangi 
shakllangan jamoa rahbari sifatida tan olganlar. U hazratning oldida raiyat ongiga 
yangi diniy ta‘limotni singdirishgina emas, balki rivojlanib kelayotgan bu 
ta‘limotdan xavfsirab turgan atrofdagi g‗animlarning tahdididan aholini himoya 
qilish va ularning turmush tarzini yaxshilash vazifasi ham turardi. Payg‗ambar 
(s.a.v.) hayot paytida uning qo‗l ostidagi raiyatda ajralish va boshboshdoqlik 
harakatlari mutlaqo ko‗zga tashlanmaydi. Chunki, uning davlatni boshqarish 
siyosati muqaddas Qur‘oni karim talablari asosida tashkil etilgan edi. Bu paytlarda 
musulmonlar jamoasi boshlig‗I xalifa hisoblanib, u musulmonlar sardori va oliy 
ijroiya hokimiyati rahbari vazifasini bajarar edi. Boburiylardan avval Hindistonda 
o‗z hukmini o‗rnatgan afg‗on sultonlari hamxalifani o‗zining homiysi sifatida tan 
olib, uning nomi bilan tanga pullar zarb qilardi va uning nomini xutbaga qo‗shib 
o‗qitar edilar. Temuriy shahzodalar hukmronlik qilgan paytlarda xalifalik turk 
sultoni qo‗liga o‗tdi. Ma‘lumki, o‗sha paytda temuriylar bilan turk sultonlari 
o‗rtasida keskin g‗animlik munosabatlari mavjud edi. Bu haqda turk sultonlariga 
qarshi olib borilgan janglar guvohlik berishi mumkin. Shu bois temuriylar xalifani 
umuman tan olmas va qo‗l ostidagi mamlakatlar hududida eng yuqori mavqeda 
turadigan hukmdor deb 7 o‗zlarini hisoblar edilar va, o‗z navbatida, o‗z nomi bilan 


tanga pullar zarb qilishar va o‗z nomini xutbaga qo‗shib o‗qitar edilar. 1517 yilga 
kelib turk sultoni tasarrufidagi xalifalik barham topgandan keyin boburiylar 
saltanatida xalifalik tushunchasi butunlay iste‘moldan chiqdi. Dastlab boburiylar 
davlat boshqaruvi tizimi Sohibqiron 
Amir Temur tomonidan joriy etilgan ma‘muriy tizim asosida tashkil etilgan edi1 
. Amir Temur haqida yozilgan «Malfuzoti Temuriy»2 asarida aytilishicha, Amir 
Temur saroyida 
bosh vazir lavozimida o‗tirgan Devonbegi qo‗l ostida yettita 
vazir ishlagan. Ulardan vaziri mamlakat, vaziri sayyor, vaziri 
sipoh va vaziri korxona lavozimidagi vazirlar bevosita moliyaviy masalalar bilan 
shug‗ullanganlar. 
Vaziri mamlakatga raiyatda hukm surayotgan vaziyat, viloyatlardan olinadigan 
yig‗im va soliqlar, umumiy daromad va 
buromad, hamda aholi turmushi va mamlakat taraqqiyoti bilan 
bog‗liq masalalarni boshqarish vazifasi yuklatilgan. 
Vaziri sipoh navkarlarning maoshlari, ularni rag‗batlantirish va harbiy jihozlar 
holati, qo‗shin tarkibi kabi masalalar haqida amirga ma‘lumot tayyorlar edi. 
Soliq va yig‗im manbalari, ya‘ni boj, zakot, vafot etganlar mulki, chorvachilik, 
yaylovlar, suv va yem-xashak tayyorlash, mamlakat hududiga kirib-chiqayotganlar 
ro‗yxati, bedarak 
yo‗qolganlar masalasi kabilar vaziri sayyor zimmasiga yuklatilgan edi. 
Vaziri korxona esa mamlakat hududidagi ishlab chiqarish 


korxonalari faoliyati, ularning daromadi va buromadi va chorvachilik uchun 
sarflanadigan umumiy xarajatlarni nazorat 
qilardi. 
Boburiylar saltanati ma‘muriyatida yuqorida zikr etilgan davlat boshqaruvi 
idoralaridan tashqari, yana vaziri arz,vaziri devon, vaziri mushrif kabi lavozimlar 
ko‗zga tashlanadi. Bunda ayrim islohotlar o‗tkazilib, ma‘muriy bo‗lim 
boshliqlari ishiga aniqliklar kiritilganiga ishonch hosil 
qilish mumkin. 
Boburiylar davlatining ma‘muriy idora tizimi o‗z tabiatiga ko‗ra Sohibqiron Amir 
Temur saltanatida mavjudbo‗lganidek, harbiy hokimiyat bo‗lib, mamlakat 
markazlashgan yakka hukmdorlik tamoyili asosida mohir va jasur sarkarda va 
davlat arbobi bo‗lmish podshoh tomonidan boshqarilardi. 
1507 yilga kelib Bobur mirzo rasman «podshoh» unvoniniolishi zaruratini sezdi. 
Chunki qo‗shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyat shuni taqozo etardi. Bu paytga 
kelib u Kobul taxtini arg‗unlardan tortib olib, davlat boshqaruvini o‗z 
qo‗ligaolgandi. Husayn Boyqaro vafotidan keyin temuriylar sulolasidan ko‗zga 
ko‗ringan yetakchi – Boburshoh edi. Uning mo‗g‗ultog‗alari bilan olib borgan 
siyosiy 
aloqalari 
barham 
topgan,chunki 
Shayboniyxon 
ularni 
tor-mor 
etgandi.Bundan tashqari, qo‗shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatham xavf solib 
turardi. Sharqda Usmonli turklar, Eronda Safaviylar, Markaziy Osiyo 
(Movarounnahr)da Shayboniyxon temuriylarni siyosiy sahnadan supurib tashlash 
ishtiyoqida yonardi. Vaholanki, yaqin tarixda temuriylar ularning barchasiga 
hukmron edi.O‗sha paytda turk sultoni o‗ziga «qaysar», Shayboniyxon«sulton», 
safaviylar sardori Ismoil esa o‗zini «shoh» unvonibilan atar edi. Bobur ham 
ulardan kam emasligini ko‗rsatish maqsadida o‗ziga «podshoh» unvonini oldi. 


Abulfazl Allomiyning izohlashicha, «podshoh» so‗zi «pod» –muqimlik, egalik 
qilish va «shoh» – aslzoda, hukmdor ma‘nolarni anglatar ekan2
Demak, «podshoh» so‗zini «doi1 Qarang : O‗sha asar. 2 Qarang : Abul Fazl. The 
Aini Akbari. vol.1. Transl. by H. Blochmann. Delhi,1977.9miy hukmdorlik 
qiluvchi aslzoda» deb tushunish mumkin.Boburshoh aynan ana shunday ulug‗ 
unvonga munosib hukmdoredi. 
Boburiylar davlati boshqaruvi tizimi markazlashtirilgantizim bo‗lib, uning asosiy 
tayanchi podshoh hisoblanardi. Uningroziligisiz hech qanday ma‘muriy qaror 
qabul qilinmas, davlat ahamiyatiga molik har qanday hujjat podshoh 
nazaridano‗tishi va tasdiqlanishi kerak bo‗lardi. Podshohning roziligi olingach, bu 
hujjat ijro etish uchun mutasaddi idoralargayuborilardi. Bironta ma‘muriy 
idoraning faoliyati podshohnazaridan chetda qolmasdi. 
Podshoh bir vaqtning o‗zida bosh qo‗mondon hisoblanib,harbiy yurishlarni 
ko‗pincha o‗zi boshqarar, ayrim hollardaginabu vazifa shahzodalardan biriga yoki 
shohning ishonchli vakiliga topshirilar edi. Bunday hollarda podshoh qo‗shinning 
harbir harakati va bu harakatning natijasidan muttasil xabardor bo‗lib turar, zarur 
bo‗lgan hollarda yurishga o‗zi rahbarlikqilardi. Davlat ahamiyatiga molik barcha 
masalalar, qo‗shin vauning tarkibi, moliya ishlari, mahalliy hokimiyat 
faoliyatigataalluqli masalalar, aloqa vositalari xavfsizligi, dehqonlarhayoti, savdo 
va narx-navo, hunarmandchilik sohasidagi ishlabchiqarish, ta‘lim va tarbiya 
masalalari, olimu ulamolar faoliyati, ularning moddiy ta‘minoti, xullas, raiyatning 
barchaturmush ikir-chikirlari podshohning sinchkov nazaridan chetdaqolmasdi. 
Qo‗l ostidagi mansabdorlarning faoliyati, ular martabasining ortishi yoki pasayishi, 
ularning maoshlari miqdori faqat shohning farmoni asosidagina o‗zgartirilardi. 
Mansablar otameros qoldirilmas, faqat rajputlar va mahalliy hindlar hokimlik 
qiladigan xonliklardagina hokimlik mansabi otameros tarzida farzandlarga berilishi 
mumkin edi. 


Lekin, shunda ham podshohning roziligini olish shart bo‗lib,bu chora, aftidan, 
ularning sadoqatini oshirish maqsadidaqilingandi. 
Hind tarixnavisi L.P. Sharmaning ta‘biri bilan aytganda «Podshohga asosan ikkita 
mas‘uliyat – «jahonboniy» –ya‘ni davlatni boshqarish tizginini qo‗lda mahkam 
tutishva «jahongiriy» – ya‘ni saltanat hududini kengaytirishmas‘uliyati 
yuklatilgandi. Bundan tashqari, ular qo‗l osti -dagi fuqaroning turmush 
farovonligini va madaniyatini yaxshilash choralarini tinmay qidirib topar va 
amalga oshirardi. 
Boburiylar davlati siyosatining yana bir xususiyati shundaediki, ular davlatni 
boshqarishda fuqaro e‘tiqod qiladigandinlarga nisbatan beg‗arazlik bilan xolisona 
siyosat olib borardi. Boburshoh va Humoyunshoh faoliyatida biron bir 
diniyjaholatparastlik ko‗rinishlari namoyon bo‗lmadi. Akbarshohesa mavjud 
barcha dinlarni murosaga keltirdi, ularning ijobiy tomonlaridan foydalanib yangi 
diniy nazariya, «Diniilohiy» nazariyasini ham yaratish payida bo‗lgandi. 
Jahongirshoh bilan Shoh Jahon faoliyatida esa Akbarshoh boshlagan diniy siyosat 
davom ettirilganini ko‗ramiz. Faqat Avrangzeb hukmronligi davridagina Akbar 
tutgan siyosatning aksichaish yuritilib, nomusulmon e‘tiqoddagi fuqaro ta‘qib 
ostigaolingan hollar ko‗zga tashlanadi. Mana shu xislatlari bilan 
Boburiylar davlati siyosati o‗zidan avvalgi bu mamlakatda mavjud bo‗lgan 
tizimdan, ya‘ni afg‗on sultonlari ma‘muriyati siyosatidan tubdan farq qiladi. 

Yüklə 384,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin