Mirzacho’l tabiiy geografiyasi tabiati to’g’risidagi ma’lumotlarni yangi pedogogik texnologiyalar asosida tushuntrish
Birinchi bosqich: Kompyuter texnikasi uchun axborot- ma`lumot tizimi (bazasi) tayyorlash.
Ikkinchi bosqich: Axborot-ma`lumot tizimini tegishli kadrlar vositasida kompyuter vositasiga yozish.
Uchinchi bosqich: Kompyuterda yozilgan ma`lumotlardan ta`lim jarayonida foydalanish.
Birinchi bosqichda, kompyuter uchun axborot-ma`lumot tizimi yaratilayotganda, uning xotirasiga yozish nazarda tutilgan ma`lumotlar aniqlab chiqiladi.
O`quv dasturi talabi asosida. «O`rta Osiyo geografiyasi» kursida, Mirzacho`l tabiiy geografik o`lkasiga tabiy geografik tavsif, yani geografik o`rni, o`lchami, Yer yuzasi xususiyatlari (qirlar, tekisliklar, cho`llar), iqlimi va ichki suvlari, tuproqlari, o`simlik va hayvonot dunyosi nomlari ro`yxati tuzib chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda axborot-ma`lumot tizimi kodlar vositasida kompyuter xotirasiga yozilayotganda, u magnit diskiga maxsus kodlar bilan yoziladi va talab qilinganda maxsus ko`rsatmaga qarab magnitli diskdagi tasmaga yozilgan ma`lumotlar ishlanib, displey ekranida matn, geografik nomlar, karta chizmalar, jadval va grafik tarzida tasvirlanadi.
Uchinchi bosqichda, kompyuter xotirasiga yozilgan ma`lumotlardan ta`lim jarayonida foydalanilayotganda, dastlab o`quvchilar kompyuter klaviaturasi, magnitli disk, displey kabilarning nimaligi va ular bilan ishlash tartib qoidalari bilan tanishtiriladi. Ishga oid bir necha mashqlar bajariladi. Shundan so`ng esa asosiy dars «Mirzacho`l tabiiy geografik rayoni» mavzusini o`rganishga kirishiladi. O`qituvchi mavzuning maqsadi, mazmuni, tegishli atlas beti, darslik beti bilan tanishtirib so`ng kompyuterdan foydalana boshlaydi.
O`qituvchi: Mirzacho`l tabiiy geografik rayonini aniqlang? degan savoldan so`ng, Displey ekranida ko`ringan Mirzacho`l tabiiy kartasidan o`quvchilar bilib oladi. U ekranda rangli tasvirda ko`rinadi. O`qituvchi savollar beradi. O`quvchilar bu savollarga javob topganlaridan so`ng kompyuter klaviaturasidagi tegishli tugmachani bosadi. Displeyda yana Mirzacho`l tabiiy geografik rayoniga oid geografik joy nomlari ro`yxati vujudga keladi va ularning o`rni kichik yulduzcha bilan karta chizmada ko`rsatib boriladi. O`quvchilar displeydagi geografik nomlarni, geografiya atlasining tegishli betlaridan topib beradilar.Shundan so`ng, o`quvchilarga Mirzacho`lning tabiiy sharoiti haqida bilimlar beriladi. Displeyda har bir geografik nom yozilishi bilan, Mirzacho`l karta chizmasi o`rnida, kichik qizil yulduzchalar lipillab yonib turadi. Shundan so`ng Matbuoatda e`lon qilingan ayrim xabarlar o`quvchilarga o`qib eshittiriladi, olingan tasvirlari tarqatilib, ular o`qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi.
XULOSA Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul yutuqlar qo`lga kiritildi. Fan, ta’lim sohalarida o`qitish o`rganishning zamonaviy vositalari joriy qilindi. Ushbu vositalarni biri eng ko`p qo`llaniladigani bu Axborot kommunikatsion texnologiyalardir.
Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim uslublaridan biri bu yangi pedagogik texnologiya bo`lib, bu pedagogik texnologiyaning ta’siri jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faolligi oshadi, o`quvchida mustaqil bilim olish ehtiyoji shakllanadi. Yangi pedagogik texnologiya o`quv jarayonida, fan va texnikaning ilg’or yutuqlarini talabalarga yetkazish maqsadida videotasmalarga tushirib keltirilgan ishlab chiqarish korxonalari jarayonlariga oid, lavhalardan kompyuter va axborotlar texnologiyalari asosida tayyorlangan ma’ruza va amaliyot darslarining elektron versiyalaridan, tarqatma materiallardan va boshqa manbalardan foydalanishi nazarda tutadi.
Ta’lim aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv vazifalarini hal qiluvchi, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi faoliyatni mujassamlashtirgan jarayon bo’lib, ta’lim mazmuni o’zlashtirish natijalari ham kiradi. Geografiya ta’limi o’z ichiga quyidagi elementlarni oladi.
Ta’lim maqsadi, bunda asosiy o’rinni shaxsan har tomonlama rivojlantirish va uning ijtimoiy faolligini oshirish egallaydi.
Ta’lim mazmuni maqsad orqali amalga oshiriladi.
O’qituvchi va o’quvchining birgaligidagi faoliyati bunda ta’lim metdodlari vujudga keladi va ishga solinadi.
O’qituvchining dars berishga, o’quvchining dars eshitishga qiziqishi qiziqishsiz ularning faoliyati mavjud bo’la olmaydi.
Bilimni egallash mexanizmi. U o’qituvchi va o’quvchining qiziqishlari faolligi va faoliyati natijasidir.
Tashkiliy shakllar. Bunda ta’lim bosqichlari o’qituvchi va o’quvchi funksiyasi vaqt byudjeti va hokazo jarayonlar kiradi.
Ta’lim natijalari. Bunda o`quvchida qanchalik geografik madaniyat shakllanganligi uni yanada takomillashtirish natijalari izlanadi.
Agar yuqoridagi elementlarning birontasi bo’lmasa, ta’lim jarayoni mavjud bo’la olmaydi yoki buziladi. O’quv jarayonini rejalashtirish ham geografik madaniyat shkllantirishdagi muhim omillardan sanaladi. Bunda har bir dars, har bir mavzu bo’yicha aniq maqsad, ta’lim mazmuniga mos keluvchi metodlarni tanlash maqsadga muvofiq.
Ta'lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kеngayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini bеruvchi yaxlit tizimga, yangi tеxnologiyalarga aylanib bormoqda, bu o`rinda elektron dasrliklarning ahamiyati va roli benihoya kattadir.
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimni yoritishda pedagogik amaliyot davrida orttirgan tajriba va bilimlarimga tayangan holda ,,Mirzacho`l tabiiy geografik rayoni’’ mavzusida ochiq dars o`tkazdim. Yuqorida mazkur ochiq dasr ishlanmasi va texnologik kartasini ketirib o`tdim.
Maktablarda o`qitishni tashkil qilish va yangicha darslar o`tish to`grisidagi o`z fikrlarimni bayon etdim. Bu menga kelajakda maktabda har bir mavzu yuzasidan turli izlanishlar olib borishimga, bilimimni yanada chuqurlashtirish uchun harakat qilishimga turtki bo`ldi.