Mundarija: Kirish I. Bob. O`Zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari imkonyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/10
tarix13.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#128067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
respublikamiz viloyatlarining tabiiy sharoiti tabbiy va madaniy yodgorliklari referat

Mavzuning maqsadi:Albatta, har qanday ikkilik uchlikni keltirib chiqarayotganidek, tabiat va jamiyatning o’zaro munosabatlari inson, aholi orqali shakllanadi. Shu bois, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida ko’proq uchlik, ya’ni “tabiat - aholi - xo’jalik (ishlab chiqarish)” tizimi qo’llaniladi. Mazkur uchlik yoki “geotrionlarning” u yoki bu hududdagi holati, darajasi uning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik vaziyatini belgilaydi. Chunonchi, agar ularni piramidasimon tasvirlaydigan bo’lsak Farg’ona vodiysida bu piramidaning pastki qismi, ya’ni tabiati nozikroq, aholisi o’zun (qalin qatlam), xo’jalik esa birmuncha qisqaroq ko’rinishni hosil qiladi. Ayni chog’da Qorakalpog’iston Respublikasida esa buning aksini qurish mumkin (tabiiy sharoit va resurslari ko’p, aholisi kam, siyrak, iqtisodiyoti zaifroq).
I.Bob. O`zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari imkonyatlari
1.1.Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar haqida tushuncha.
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning umumiy jihatlari bilan bir qatorda ularning o’zaro farqlari ham mavjud. Umuman olganda, tabiiy sharoit ko’prok muhit ma’nosida tushuniladi, u ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi, undan moddiy ne’matlar yaratilmaydi; tabiiy sharoit aholi yashashi va ishlab chiqarishni joylashtirish uchun sifat ko’rsatkichlar kasb etadi, ya’ni u qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin. Masalan, joyning iqlimi, yer usti tuzilishi kabilar uning tabiiy sharoitini ifodalaydi. Tabiiy resurslar esa (resurs-zahira, boylik) ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular miqdor ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan kismlarga, tugaydiganlari esa, o’z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydiganlarga bo’linadi. Chunonchi, o’rmon, suv, tuproq va boshqalar nisbatan uzoq muddatda qayta tiklanishi mumkin. Tabiiy resurslarning bunday xususiyatlari ulardan oqilona foydalanishni taqoza etadi.
Biroq unutmaslik lozimki, tabiiy geografik komponentlarning tabiiy sharoit yoki resurs ekanligi ulardan qaysi maqsadda foydalanishga bog’liq. Shu sababdan, ma’lum bir sohada tabiiy sharoit hisoblangan komponent boshqa sohada resurs bo’lishi mumkin. Iqlim yoki relef sanoat geografiyasi nuqtai nazaridan umumiy tarzda tabiiy sharoit sanalsa, qishloq xo’jaligi uchun (harorat, namlik, tuproq) muhim agroiqlimiy resurslar hisoblanadi. Xuddi shunday, quyosh nuri, o’rmon, dengiz rekreatsiyada yetakchi tabiiy resurslardir.
Ko’rinib turibdiki, tabiiy sharoit va tabiiy resurslar o’rtasida katga farq yo’q, ular bir-birlariga (aniq holatda, maqsadda) o’tib turadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zi xorijiy mamlakatlarda bu tushunchalar farq qilinmaydi va ular umumiy tarzda “tabiiy sharoit”, deb qabul qilingan (demak, tabiiy sharoit - tabiiy resurs ekan).
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning faqat “tabiiyligi” emas, ularning inson hayoti va xo’jalik faoliyati uchun zarurligi asosiy sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, yer, suv, o’rmon, qazilma boyliklar, eng avvalo, inson uchun kerak. Shu bois, ushbu fanda tabiat komponentlariga iqtisodiy geografik baho berishda antropotsentrik yoki demotsentrik tamoyilga asoslanish talab etiladi. Qolaversa, iqtisodiy geografiya fanining dastlabki kelib chiqishi, ilk davri, ildizi ayni tabiiy geografik sharoit va resurslarga borib taqaladi. Ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishi har xil va turli joylardagi tabiiy imkoniyatlardan foydalanib borish jarayoni negizida amalga oshgan. Jumladan, birlamchi iqtisodiy geografiya fanining tarmoqlari - qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, baliqchilik, tog’-kon sanoati geografiyasi tabiiy geografiya ta’sirida vujudga kelgan.
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga baxo berishda, xususan iqtisodiy geografiya fanida, nafaqat ularning borligi, miqdori, balki bu boyliklarning turi, hududiy joylashuv va majmualari katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Binobarin, tabiiy resurslarning hududiy tarkibi yoki birikmalari mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, xo’jalik tarmoqlarining turlanishiga (diversifikatsiyasiga) katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, qaysi bir hududda tog’ daryolari va rangdor metal konlari yoki daryo, o’rmon, suv yoki temir rudasi va kokslanuvchi toshko’mirning bir-biriga yaqin joylashuvi turli xil hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga, iqtisodiyotning hududiy mujassamlashuvi va aglomeratsiyasiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Shuningdek, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning ahamiyati, foydalanish yo’nalishi iqtisodiyot tarmoqlari va aholi manzilgohlari joylashishiga har xil ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan, iqtisodiy- ijtimoiy baho berishda ularning ayni shu jihatlariga e’tibor berilsa, maqsadga muvofik bo’ladi. Chunonchi, relefni barcha sohalar, ayniqsa qishloq xo’jaligi na transport uchun, foydali qazilmalarni sanoat nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholash zarur.
O’zbekistonning tabiiy geografik o’rni, berk havzada, materik o’rtasida joylashganligi uning iqlim xususiyatlari va tashqi geoiqtisodiy hamda geosiyosiy aloqalarni olib borishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Yer maydonining nisbatan kattaligi mamlakatning umumgeografik kudratini ifodalaydi, u hududiy mehnat taqsimotining keng rivojlanishida ahamiyatlidir.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin