Mundarija kirish I bob suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi


I BOB Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə2/4
tarix13.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#124011
1   2   3   4
O\'zbekiston faunasida uchraydigan suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi

I BOB Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi.

1.1 KALTAKESAKLARNING TASHQI TUZILISHI HAQIDA MA'LUMOT.


Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining vakillari birinchi marta suvdan quruqlikka chiqqan umurtqali hayvonlardan boʻlsa-da, hali ular suv muhiti bilan aloqasini saqlab qolgan.
Quruqlikda yashashga oʻtish bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuzilishi baliqlarga nisbatan takom illashgan, xususan, skeletining tayanch vazifasini bajarishga oʻtishi bilan uzun naysimon suyaklarpaydo boʻlishi oyoqlarining vujudga kelishiga sabab boʻlgan.
Umurtqalilar kenja tipining barcha sinflaridan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi yer yuzining ma’lum bir hududlaridagina tarqalgan. U lar chuchuk suv havzalarining chetki qism laridagina yashaydi. Dengiz va okeanlarda hamda orollarda deyarli uchramaydi.
Amfibiyalarning tuzilishidagi ayrim progressiv belgilar bilan bir qatorda, ularning quruqlikda yashovchi prim itiv hayvonlar ekanligini koʻrsatadigan bir qancha hususiyatlarini ham koʻrsatish mumkin .
Amfibiyalarning moddalar almashinuvi suvda yashaydigan umurtqali hayvonlardagiga oʻxshash boʻlib, tana buyraklari va terisi ayiruv organlari vazifasini bajaradi. Terisi yalangʻoch boʻlib , oʻzidan suv va gazni oʻtkazadi. Tuxum ida qattiq tuxum pardasi boʻlmaydi, tuxumlari, odatda, suv muhitidagina rivojlanadi. Tuxum idan chiqqan lichinka (itbaliq) suvda hayot kechiradi. Ular hayoti davomida metam orfozni boshidan kechiradi, ya’ni suvda yashaydigan lichinkalik davridan quruqlikda yashaydigan voyaga yetgan davriga aylanadi va shu munosabat bilan jabra bilan nafas olishdan oʻpka bilan nafas olishga oʻtadi.
Amfibiyalarda oʻpkasining paydo boʻlishi natijasida qon aylanish sistemasida va harakat organlarida ham oʻzgarishlar ketadi, ya’ni voyaga yetgan am fibiyalar uchun sharnir boʻgʻin li besh barm oqli juft oyoqlar xarakterlidir. Amfibiyalarning oʻpkasi yaxshi rivojlanm agan, shuning uchun ularning terisi ham qoʻshimcha nafas olish organi vazifasini bajaradi. Bosh skeletining ensa qismida ikkita ensa boʻrtmasi boʻyin umurtqasi bilan harakatchan qoʻshiladi. Tanglay-kvadrat togʻayi miya qutisiga qoʻshilib ketadi (autostiliya), tilosti yoyining ustki elementi hisoblangan giom andibulyare — osma suyak o 'rta quloq boʻshligʻida jo ylashadigan uzangi suyagiga aylanadi, chanoq kamari dumgʻaza umurtqasining koʻndalang oʻsimtalariga yopishib turadi. Ikkita (toʻliq ajralmagan) qon aylanish doirasi yuzaga kelgan, yuragi uch kamerali, ya’ni ikkita yurak boʻlmasi va bitta yurak qorinchasidan tashkil topgan.
Voyaga yetgan vakillarida yon chiziq organlari yoʻqolib ketgan. Oldingi miya yarim sharlari ancha yirik va ikkita yarim sharga ajraladi. Uning qopqogʻida nerv moddasi toʻplanadi. Tana harorati tashqi muhit haroratiga bogʻliq, ya’ni sovuqqonli (poykiloterm ) hayvonlardan hisoblanadi.Tashqi koʻrinishi va teri qoplami. Suvda hamda quruqlikda yashovchi-larning gavda shakli unchalik xilma-xil emas. Ayrim larining tanasi yapaloq-yelka-qorin tamonga yassilangan, dumi yoʻq, keyingi oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va kuchli (dum sizlar turkum i); boshqa
vakillarining gavdasi c h o ‘ziq, boshi nisbatan katta, dum i uzun, oyoqlari kalta
va teng (dum lilar turkim i), yana ayrim tu rla ri borki, ularning oyoqlari yoʻq, gavdasi chuvalchangsimon (oyoqsizlar turkumi) boʻladi. Boshi tanasiga harakatchan birikadi. Quyida amfibiyalarning tashqi koʻrinishi va teri qoplami baqa misolida berilgan.
Baqa bosh, tana, bir juft oldingi va bir juft orqa oyoq qismlaridan tashkil topgan. Uning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga qoʻshilib ketganligidan boʻyni bilinmaydi .
Baqaning gavdasi bezlarga boy, terisi yupqa, yum shoq shilimshiq modda bilan qoplangan. Amfibiyalarning xaltasimon teri bezlari koʻp hujayrali boʻlishi bilan baliqlarnikidan farq qiladi (amfibiyalar lichinkasida teri bezlari b ir hujayrali boʻlib, ular shu bilan baliqlarni eslatadi). Bezlar yopishqoq suyuqlik ajratadi va terini doim hoʻllab turadi hamda uni qurib qolishdan saqlaydi. Teri bezlari ajratayotgan sekret
ba ’zi turlarida zaharli yoki qitiqlovchi moddalardan tashkil topgan boʻladi. Epiderm isning pastki qatlamida va chin terida pigment hujayralari joylashgan.
Amfibiyalarning rangi har xil funksiyalarni bajaradi: yashirinish, ogohlantirish va qoʻrqitish hamda jinslarini farq qilish. Baqa terisi ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan boʻlib, bu faqat baqalarga xos xususiyatdir. Terining gavdaga yopishgan joylari oraligʻida keng limfa boʻshliqlari boʻlishi tufayli teri shunday tuzilgan.
Koʻp qavatli epiderm isning ustki qatlam i oʻlik hujayralardan tashkil topgan shox qatlam hosil qiladi. Bu oʻlik hujayralar qavatining tagida tirik hujayralardan tashkil topgan malpigi qavati bor Shox qavati hisobidan qalqonchalar, tangachalar, shox donachalar, boʻrtmalar va tirnoqlar hosil boʻladi. Shox tangachalarning tagida, korium da b a’zi sudralib yuruvchilarda qoplovchi suyaklar hosil boʻladi. Malpigi qatlamida va koriumning ustki qism ida pigment hujayralari joylashadi. Barmoqlarida yaxshi taraqqiy etgan tirnoqlari bor.Teri organizm da suvning parchalanib ketishidan yaxshi himoya qiladi, ya’ni mexanik yalligʻlanishdan va kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning organizmga kirishidan saqlaydi. Kaltakesakning skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Progressiv xususiyatlariga suyak elem entlarining yaxshi rivojlanganligi, oyoqlarining oʻq skeletiga mustahkam birikishi ularning quruqlikda yashashga moslashganligi bilan bogʻliq ekanligini aytib oʻtish lozim.U m urtqalar tanasining old tornoni botiq, orqa tom oni boʻrtib chiqqan, ya’ni protsel tipda boʻladi. Tuban sudralib yuruvchilarda (agamalar, gekkonlar) esa um urtqalari tanasi amfitsel tipda boʻladi. Umurtqalarning yuqori tom onidan ustki yoylar chiqadi, bu yoylar aniq ajralib turadigan qiltanoq ostist oʻsim ta bilan tugaydi. Kaltakesakiarning boʻyin qismida um urtqalar soni 8 ta. Bulardan oldingi ikkitasi oʻziga xostuzilgan. Atlas yoki atlant deb ataladigan birinchi boʻyin umurtqasi archaamniotalar uchun xarakterli halqa shaklida boʻladi. Old tomonnsing pastki qismida bitta boʻgʻim yuzasi boʻlib, umurtqa shu yuza yordami bilan bosh skeletga harakatchan tarzda ensa boʻrtmasi orqali birik ad i. Atlas oʻrtasidagi teshik pay bilan ikkiga pastki va ustki bo 'limlarga boʻlingan. Ustki teshikdan orqa. miya oʻtsa, pastki teshikka tishsimon oʻsim ta kiradi, bu oʻsim ta epistrofey deb ataladigan ikkinchi um urtqaga birikkan. Kaltakesaklarda koʻkrak-bel umurtqalari soni 22 ta, turli sudralib yuruvchilarda esa 16 tadan 25 tagacha boʻladi. Koʻkrak-bel qismi bir-biridan aniq ajralmaganligidan umumiy bir boʻlim hisoblanadi. Koʻkrak-bel boʻlim idagi um urtqalarning ham m asida qovurgʻalar boʻlib, ular sekin-asta kichrayib boradi. Har qaysi qovurgʻa ustki suyak va pastki — togʻay boʻlim idan tashkil topgan. Koʻkrakbelning oldingi beshta umurtqalaridagi (chin koʻkrak umurtqalarida) qovurgʻalar uzun boʻlib toʻshga qoʻshiladi va koʻkrak qafasini hosil qiladi. D um gʻaza qismi ikkita umurtqadan iborat. Bu umurtqalarning koʻndalang oʻsimtalari serbar boʻlib chanoq kamariga birikadi.Dum umurtqalari. Sudralib yuruvchilarning dum umurtqalari 15 tadan 40 tagacha boradi. Ularning oldingilari dum gʻaza umurtqalariga oʻxshash, biroq tanalari uzun, koʻndalang oʻsim talari ingichkaroq, ostist oʻsim talari esa uzunroq boʻladi. Orqadagi dum um urtqalari sekin-asta kichrayadi, ostist oʻsim talari yoʻqoladi va kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Ilonlar bilan oyoqsiz kaltakesaklarning um urtqa pogʻonasi faqat tana va dum umurtqalariga boʻlinadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga qarshi oʻlaroq kaltakesaklarning bosh skeleti suyaklardan (faqat hidlov va qisman eshituv boʻlim idagina togʻay saqlanib qolgan) iborat boʻlib suyaklarning soni juda koʻp. Bosh skeletining miya qutisi (neurokranium) va yuzvisseral boʻlim lari embrional rivojlanishda mustaqil taraqqiy etsada, voyaga yetgan sudralib yuruvchilarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga birlamchi almashinuvchi va koʻp sondagi ikkilamchi — qoplovchi suyaklar kiradi.Miya qutisi (neurokranium). Ensa boʻlim ida toʻrtta: ikkita yon ensa, bitta ustki ensa va bitta asosiy ensa suyaklari bor. Bular kelib chiqishi jihatidan birlamchi suyaklardir. Bu suyaklar katta ensa teshigini oʻrab olgan. Ensa teshigining ostida bitta ensa boʻrtm asi boʻlib, buning vujudga kelishida asosiy ensa suyagi hamda yon ensa suyaklari ishtirok etadi.Sudralib yuruvchilar yelka kamarining asosiy qismini bir oz dorzal joylashgan kurak va ventral holda oʻrnashgan korakoid suyaklari tashkil etadi.Har ikkala suyak yelka suyagi birikadigan boʻgʻim kosasini vujudga keltiradi. Kurakka dorzal holda kurak usti togʻayi, korakoidning oldiga esa togʻay prokorakoid qoʻshiladi.Chanoq kamari oʻrta chiziq boʻylab togʻay orqali birikadigan ikkita simmetrik palladan iborat. Har qaysi palla uchta: dorzal joylashgan yonbosh suyagi, ventral oʻrin olgan quymich suyagi va qov suyaklaridan tashkil topgan.Muskul sistemasi amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takomillashgan boʻlib, segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga ajralib ketgan. Bundan tashqari, amniotalarga xarakterli boʻlgan qovurgʻalararo muskullari yuzaga keladi. Bu muskullar nafas olish aktida muhim rol oʻynaydi. Kaltakesaklarning teri osti muskullari ham yaxshi rivojlangan.

1.2 KALTAKESAKLARNING ICHKI TUZILISHI.


Kaltakesaklarning ichki tuzilishi quruqlikda yashashga moslashgan. Quyida uning ovqat hazm qilish sistemasi bn tanishamiz. Ogʻiz boʻshligʻining tubida goʻshtdor, yassi tili joylashgan. Ogʻiz b o ‘shligʻi va hiqildoqdan keyin qiziloʻngach boshlanadi. Goʻshtdor, choʻziluvchan qiziloʻngach tomoqdan keyin traxeyaning ustidan oʻtib, qorin boʻshligʻining oldingi qismida oshqozonga qoʻshiladi. Oshqozondan keyin unga parallel holda oʻn ikki barmoqli ichak, undan keyin esa ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bir qancha bukilish hosil qilib. soʻng yoʻgʻon ichakka aylanadi. Murtak holdagi koʻrichak ingichka ichak bilan yoʻgʻon ichak chegarasidan oʻrin olgan. Yoʻgʻon ichakning keyingi qismida toʻgʻri ichak joylashgan. Toʻgʻri ichak kloakaga ochiladi. Oshqozon osti bezi oʻn ikki barmoqli ichak qovuzlogʻiga oʻrnashgan boʻlib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga oʻxshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin boʻshligʻining oldingi qismini katta, koʻp pallali jigar egallagan.Uning ichki tomonida oʻt pufagi joylashgan, oʻt pufagi yoʻli oʻn ikki barmoqli ichakning boshlanish qismiga ochiladi.
Nafas olish organlari. Kaltakesaklarning nafas yoʻli tashqi burun teshigidan boshlanadi. Soʻngra havo ichki burun teshigi-xoana orqali ogʻiz boʻshligʻiga kiradi. Ogʻiz boʻshligʻidan keyin uchta togʻaydan tashkil topgan hiqildoq joylashgan. U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bogʻlangan. Ogʻiz boʻshligʻidagi havo hiqildoq orqali uzun nafas olish nayi — traxeyaga oʻtadi, traxeyadagi talaygina togʻay halqalar uning puchayishiga yoʻl qoʻymaydi. Traxeya oldin tomoq, soʻngra koʻkrak boʻshligʻidan o ‘tib, taxminan yurak atrofida ikkita qisqa nay — bronxga boʻlinadi. Bu nayning har qaysisi oʻziga tegishli oʻpkada tarmoqlanadi, ilonlarda chap oʻpka pallasi boʻlmaydi.Oʻpka va nafas olish yoʻllarining birmuncha kuchli differensiallanganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish organlaridan farq qiladi. Oʻpka qopcha shaklida boʻlib, uning ichki devori asalari uyasiga oʻxshash mayda-mayda murakkab toʻsiqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek koʻkrak qafasining kengayishi va torayishi bilan sodir boʻladi.
Qon aylanish sistemasi. Kaltakesaklarning yuragi koʻkrak qafasining oldingi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan.Kaltakesakning yuragi uch kamerali. Unda ikkita — chap va oʻng yurak boʻlmasi hamda bitta yurak qorinchasi bor. Biroq yuragi quyidagilar bilan amfibiyalarnikidan farq qiladi. Yurak qorinchasi chala toʻsiq bilan ikkiga — oʻng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga boʻlingan. Arterial konus reduksiyalangan, venoz sinusi esa o ‘ng yurak boʻlmasiga qoʻshilgan. Yurak boʻlmasining ichki yuzasi toʻrlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshik yurak boʻlmasining toʻsigʻi bilan ikkiga boʻlingan.Yurak qorinchasining oʻng (venoz) boʻlimidan o ‘pka arteriyasi bilan chap aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) boʻlimidan esa oʻng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasi qisqarganda, uning pastki devoriga oʻrnashgan chala toʻsiq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi oʻng va chap boʻlmalarini bir-biridan batamom ajratib qoʻyadi.
Nerv sistemasi.Miya yarimsharlari orqa tomonga oʻsib, oraliq miyani berkitib qoʻyadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya oʻsimtalari — epifiz va tepa organlarini koʻrish mumkin. Boshtepa toq koʻzining rudimenti tuzilishi jihatdan koʻzga oʻxshash boʻlib, yorugiik ta’sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi — gipofiz yondashgan.Kaltakesakning oʻrta miyasi yaxshi rivojlangan ikkita koʻruv boʻlaklaridan iborat. Koʻruv boʻlaklaridan keyinroqda juda kichik miyacha va orqa miyaga ulanib ketadigan uzunchoq miya yotadi. Oʻrta miya koʻrish axborotlarini qabul qilish va ishlash markazi hisoblanadi. Reptiliyalarning miyachasi amfibiyalarning miyachasiga nisbatan ancha katta, chunki sudralib yuruvchilarning harakati xilmaxil va murakkab. U zunchoq miya vertikal tekislikda keskin bukiladi, bu hoi barcha amniotalarga xos. Bosh miyadan 11 juft bosh miya nervlari chiqadi.Orqa miyada oq va kulrang moddalar bir-biridan ajralib turgani aniq koʻrinib turadi. Orqa miyadan orqa miya nervlari chiqadi va tipik yelka hamda chanoq chigallarini hosil qiladi.
Ayirish organlari. Kaltakesaklarning bir juft kompakt tanacha shaklidagi metanefrik buyragi chanoq boʻlimining orqa devoriga taqalib turadi. Bu buyraklarning har qaysisidan bittadan siydik yoʻli chiqadi. Orqa dorzal tomondan siydik yoʻli, qorin-ventral tomondan esa yupqa devorli siydik pufagi kloakaga ochiladi. Klloakaning tashqi teshigi koʻndalang yoriq shaklida. Ilonlarda siydik pufagi yoʻq
Jinsiy organlari. Kaltakesaklarda ichki uaigʻlanish boʻladi. Ularning jinsiy organi tana boʻshligʻida umurtqa pogʻonasining ikki yonida joylashgan. Erkak kaltakesakning oq rangli oval tanachalarshaklidagi uatgʻdonlari umurtqa pogʻonasi bel boʻlimining ikki tomonida joylashgan.Urugʻdonlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qoʻshilib urugʻdon ortigʻini hosil qiladi. Urugʻdon ortigʻi davom etib urugʻ yoʻliga aylanadi. Urugʻ yoʻllari kloakaga ochilish oldidan siydik yoʻIlariga qoʻshiladi va umumiy teshik orqali kloaka boʻshligʻiga ochiladi. Urugʻ ortigʻi tana buyrak — mezanefros oldingi qismining qoldigʻi hisoblansa, urugʻ yoʻllari esa shu tana buyrak chiqarish yoʻllari — Volf nayiga gomologdir. Kloakaning yonbosh devorlarida kopulativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qoʻzgʻalganda kopulativ organlar kloaka teshigidan tashqariga boʻrtib chiqa oladi.
Rivojlanishi. Kaltakesak quruqlikka teriga oʻxshagan qattiq parda bilan qoplangan ozroq (5-11 ta) yirik tuxum qoʻyadi. Uning tuxumida tuxum oqi boʻimasligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Dastlabki rivojlanish davrini tuxum yoʻlida oʻtkazadi. Sudralib yuruvchilarda gastrulyatsiya jarayoni oʻziga xos tarzda oʻtadi. Tuxum tipik diskoidal yoʻl bilan boʻlinadi. Kaltakesaklar dumidan ushlansa yon tomonga qattiq burilib, dumini uzib yuboradi. Bu hodisa hayvonning oʻz gavdasidan bir qismini uzib tashlashi — autotomiya deb ataladi. Dumining uzilish akti bir-biriga kirib turgan bir qancha ayrim muskullardan va uchlari dum ildiziga qaragan ayrim konuslardan tashkil topgan muskullarning qisqarishi tufayli yuzaga keladi. Uzilgan dum oʻrniga yangisi oʻsib chiqadi, agarda dum uzilmay qolib shikastlangan boʻlsa, yonidan ikkinchi dum chiqadi. Ba’zan bir nechta dumi boMgan kaltakesaklar uchrashiga sabab shu.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin