O\'zbekiston faunasida uchraydigan suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi
II BOB Oʻzbekiston faunasida uchraydigan suvda ham quruqlikda yashovchilar 2.1. Oʻzbekistonda uchraydigan kaltakesaklarning tarqalishi, yashash tarzi va biologiyasi. Asl kaltakesaklar mayda va oʻrtacha kattalikda boʻladi, dumi uzun va uziluvchan, son teshiklari bor. Aksariyat turlari choʻ1 va dashtlarda hamda togʻ etaklarida yashaydi. Rossiyaning salqin oʻrmonlarida tiriktugʻar kaltakesak, oʻrta mintaqada, jumladan,O ‘zbekistonning choʻlmintaqalarida targʻil chiziqli rang-barang kaltakesakchalar, togli va shimoli-sharqiy hududlarda ildam keltakesak uchraydi. Ildam kaltakesak (Eremias velox) — chin kaltakesaklar oilasining turi. Eron, shim.-gʻarbiy Xitoy, Kavkaz, Rossiyaning jan. hamda Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda I.k. ni shoʻrxok taqirlar, qumli choʻllar, toʻqay, chakalakzor, ariq va hovuzlar boʻyida uchratish mumkin. Tanasining uz. 8,5 sm gacha, dumi tanasidan 1,4—2 marta uzun. Gavdasining usti kulrang , toʻq jigarrang yoki qoramtir, orqa tomonida tana boʻylab ketgan bir necha qator qora xollari bor. Qorin tomoni oq, dumining osti qizil. Har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi may — iyulda, hatto avg . boshlarigacha 2—3 marta 3—5 tadan tuxum qoʻyib koʻpayadi.
Qizilquloq kaltakesak- Phrynocephalus mystaceus (Pallas, 1776)
Maqomi: Odatiy tur.
Tarqalishi: Qizilqum, Xorazm vohasi, Qarshi choʻli, Zarafshon daryosining quyi oqimi, Surxondaryo qumliklarida uchraydi.
Yashash joylari: Choʻllarning kuchsiz mustahkamlangan, sochiluvchan, tepalikli qumlik qismida kuzatiladi.
Biologiyasi: Qishki uyqudan keyin odatda martning oxiri, qish sovuq kelgan yillarda aprelning boshlarida paydo boʻladi. Bahor erta kelganda fevralda ham uchrab qoladi. Bahor va yoz oylarida quyosh chiqqandan keyin er yuzasiga chiqadi. Birinchi boshini, keyin tanasining yarmini, soʻngra butun tanasini qumdanchiqarib tozalaydi va tepalikka tomon harakat qiladi. Aprelning oxirgi kunlarida u hayotini kun boʻyi tashqarida oʻtkazadi. Xavf tugʻilganda tez yugurib boshqa qum tepaga oʻtadi yoki qumga koʻmiladi. Kaltakesak yashirinish, tunash, yogʻingarchilik, issiqlikdan saqlanish uchun uzunligi 25-33 sm, kengligi 4-5 sm boʻlgan in qazidi. Har bir inda bitta individ yashaydi, undan tashqari har biri oʻzining ma’lum maydondagi shaxsiy uchastkasiga ega. Bu kaltakesak mayning oʻrtalarida juftlashadi. Iyunning boshlaridan to avgustning boshlarigacha tuxum qoʻyadi. Tuxumlar bir vaqtda etilmaganligi sababi ularni boʻlib-boʻlib qoʻyadi. Har safar 2-3 tuxum qoʻyadi. Iyul-avgust oylarida tuxumdan uzunligi 3,3-3,8 sm boʻlgan yosh kaltakesakchalar chiqadi. Bahorda birinchi boʻlib 2 yoshlik kaltakesaklar koʻpayishga kirishadi. Yozda yosh urgʻochilari ham koʻpayishda ishtirok etadi. Ular sentyabrda faol hayot kechiradi va oktyabrda qishki uyquga ketadi. Qizilquloq kaltakesak hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻproq qoʻngʻizlar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va hasharotlarning lichinkalarini ovlaydi. Shuningdek, oʻrgimchaklar, kapalaklarning qurtlari ham ozuqasining tarkibiga kiradi. Odatda ratsionida oʻsimliklarning urugʻlari ham uchraydi. Aprelning boshlarida tullash davri boshlanadi va iyunning oxirigacha davom etadi. Bu turning yoshlarini oʻqilon ovlaydi. Qizil quloq kaltakesak uchraydigan asosiy biotoplar muhim antropogen oʻzgarishlarga uchramagan.
Turkiston agamasi – Laudakia lehmanni (Nikolsky, 1896)
Maqomi: Odatiy tur
Tarqalishi: Oloy, Zarafshon, Turkiston,Hisor, Koʻhitang, Bobotog, Nurota togʻlarida uchraydi. Yashash joylari: togʻlarning qoyalari, xarsang uyumlari, togʻoldi tuproqli jarlilar, qoʻrgʻonlar va ularning atroflaridagi tashlandiq qurulishlarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Sutkaning yorugʻ soatlarida faol hayot kechiradi. Martning boshlarida tuproq isigandan keyin er yuzasiga chiqadi va ozuqa qidirishga kirishadi. Xavf-xatardan toshlarning ostidagi boʻshliqlarda berkinadi. Ba’zan daraxtlarning kovaklaridan ham yashirinish, tunash uchun foydalanadi. Yashirinish joylaridan 70-90 radiusda 3-5soat davomida hasharotlarni ovlaydi. Jazirama issiq soatlarda ular dam olish uchun butalarning shoxlariga chiqadi. Shoxlar ustida, qoyalar va ularning devorlarida chaqqon harakatlanadi. Aprel-may oylarida juftlashadi. Iyulda tuxum qoʻyishga tayyor agamalarni kuzatish mumkin. urgʻochisi 9-14 va undan ham koʻp tuxum qoʻyadi. Tuxumining qobigʻI yumshoq va nam boʻlib, 10-12 minutdan keyin qobigʻI qotadi va oq rangga oʻzgaradi. Tabiatda ikkita urgʻochisi bir joyga tuxumlarini qoʻyishi ham kuzatilgan. Tuxumdan chiqqan kaltakesakchalar sentabrning boshlarida qayd etilgan. Yoshlari kelgusi yili koʻpayishda ishtirok etadi. Tullash davri mayning birinchi dekadasidas boshlanadi va avgust- sentabrda davom etadi. Ozuqasining tarkibi hasharotlardan tashkil topgan. Asosan toʻgʻriqaniotlilar, qattiqqanotlilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar vakillari, ularning lichinkalri va qurtlari bilan oziqlanadi Ma’lum miqdorda ratsionida butasimon oʻsimliklarning barglari va mevalari ham uchraydi.
Dasht agamasi – Trapelus sanguinolentus (Pallas 1814)
Maqomi: Koʻp sonli tur
Tarqalishi: Ustyurt, Qoraqalpogʻiston, Xorazm vohasi, Qizilqum, Fargʻona vodiysi, Qarshi choʻli, Mirzachoʻl, Zarafshon , Qashqadaryo, Surxondaryo , Sirdaryo vodiylarida uchraydi
Yashash joylari: Adirlarda ariqdan chiqarib tashlangan tuproq uyumlari, paxta, beda dalalari atrofi, yarim mustahkamlangan vaqumli doʻngliklar, shoʻrlangan taqirlarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Bu turning qiziq xususiyatlaridan biri atrof-muhit haroratining oʻzgarishi bilan uning rangi ham oʻzgaradi. Qoʻshoyoqlar, qumsichqonlar inlari, qalin oʻsgan butazorlar dasht agamasining yashirinadigan joylari hisoblanadi. Martning boshlarida qishki uyqudan uygʻonib er yuzasiga chiqadi. Birinchi navbatda erkaklar, Skeyin yoshlari, soʻngra urgʻochilari paydo boʻladi. Oktabrning oxirida qishki uyquga ketadi. Bunda oldiun narlari va modalari koʻrinmay qoladi, keyin yoshlari gʻoyib boʻladi. Kunduzi faol hayot kechiradi. Mart-aprel oylarida kunning oʻrtalarida faollashadi. Yozda esa ertalabki va kechqurunlari er yuzasiga chiqib, havo harorati isiganda dam oladi. Nari baland butalarga chiqib oʻzining xususiy uchastkasini boshqa kaltakesaklardan himoya qiladi. U qoʻriqlayotgan uchastkada faqat bitta modasi yashaydi. Aprelning birinchi yarmidan boshlab juftlashishga kirishadi. Yilda 3-4 martagacha tuxum qoʻyadi. Aprel-mayning oʻrtalarida birinchi marta tuxum qoʻyadi. Oxirgi tuxum qoʻyishi iyunning oxiri-iyulda kuzatiladi. Diametri 3,5 sm. Chuqurligi- 3-5sm oʻzi qazigan konussimon chuqurlikda 5-6 tuxum qoʻyadi. Iyunning oxiridan boshlab sentabr oyida tuxumlardan yosh agamalar chiqadi. Yoshlari shu yilning oʻzida yoki kelgusi yilning boshiuda jinsiy voyaga etadi. Tabiatda kamida ikki yil, ayrim hududlarda bir yil umr koʻradi. Uning tullash alomatlarini may-sentabr oylarida koʻrish mumkin. Dasht agamasi qattiqqanotlilar va pardaqanotlilar bilan oziqlanadi. Ulardan tashqari oʻrgimchaklar, hasharotlardan chigirtkalar, yarimqattiqqanotlilar, qoʻshqanotlilar va boshqalarning qurtlari hamda lichinkalari ham ozuqa ratsioniga kiradi. Agamaning tabiiy dushmanlari qatoriga oʻqilon, boʻgʻma ilon, tulki, olaqoʻzon, sorlar, buktargar, boyo`gʻlilar hisoblanadi.
Taroqbarmoqli gekkon - Crossobamon eversmanni (Wiegmann,1834)
Maqomi: Kam oʻrganilgan tur.
Tarqalishi: Ustyurt, Qizilqum, Zarafshon, Surxondaryo vohasi, Fargʻona vodiysi, Xiva vohasi, Mirzachoʻl, Qarshi choʻllarida uchraydi.
Yashash joylari: Mustahkamlangan va yarim mustahkamlangan qumlarning past- balandli va doʻngli hududlarida kuzatiladi.
Biologiyasi: Tungi faol hayot kechirish tarziga ega. Qorongʻi tushgandan to tong otguncha er yuzasida ozuqa qidiradi. Yashirinish va qishlash uchun tipratikan ini va boshqa katta boʻlmagan inlardan foydalanadi. Iyun oyida 1-2 tuxumni 15 sm chuqurlikka qoʻyadi. Tutqunlikda inkubatsiya davri 45-53 kun, oʻrtacha 48 kun davom etadi. Oʻrgimchaklar, mayda hasharotlardan- termitlar, qoʻngʻizlar va ularning lichinkalari, tangaqanotlilar-ning qurtlari uning uchun ozuqa manbayi hisoblanadi. Bu gekkon koʻndalang yoʻlli chipor ilonning ozuqa obektlaridan biri hisoblanadi.
Kaspiy gekkoni - Cyrtopodion caspius (Eichwald, 1831)
Maqomi: Kam sonli va kam oʻrganilgan tur.
Tarqalishi: Qoraqalpogʻiston, shu jumladan Ustyurt, Orol boʻyi, Qizilqum, Xorazm vohasi, Zarafshon daryosining quyi oqimi, Surxondaryo vodiysida uchraydi. Fargʻona vodiysida arealdan ajralib qolgan populatsiyasi topilgan.
Yashash joylari: Tekislik va togʻoldi hududlarning toshli qismida, turli qurilishlar, shu jumladan eski binolarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Kaspiy gekkoni katta qumsichqon kaloniyalari, jarlik yoriqlari, tosh uyumlari, turli qurilishlardagi boʻshliqlardan xavf-xatardan saqlanish va qishlash uchun foydalanadi. Gekkonning bu turi martning oxi-rida kamsonda, aprelda yoppasiga qishki uyqudan uygʻona-di. Oktabr oxiri - noyabr boshlarida yana qish-ki uyquga ketadi. Odatda yoz oyla-rida quyoshning botish paytida er yuzasida paydo boʻladi. Bahor va kuzda ertalabki soatlarda oftobda isinadi, keyin soyada ozuqa qidiradi. Kunduzlari qorongʻi joylarda ham koʻrish mumkin. Turkiston gekkoni bilan yonma-yon yashay oladi. Aprelda, balki undan oldin juftlashadi. Mayning birinchi kunlaridan avgustning birinchi yarmigacha 1-2 tuxum qoʻyadi. Oʻzbekiston sharoitida iyul- avgustda topilgan tuxumlar kaspiy gekkonining ikkinchi koʻpayish sikli borligidan dalolat beradi. Bi joyga bir necha moddalarining tuxum qoʻyishi kuzatilgan. Tutqunlik sharoitida inkubatsiya davri 68-81 kun davom etishi aniqlangan. Yoshlari tuxumdan iyulning oxirida chiqadi. Endigina tuxumdan chiqqan yoshlari kech kuzgacha qayd etiladi. Ozuqasining tarkibi asosan hasharotlardan iborat. Koʻproq qattiqqanotlilar, qoʻshqanotlilar bilan oziqlanadi. Ulardan tashqari ratsionida eshakqurt, chayon va falangalar ham uchraydi.
Turkiston gekkoni - Cyrtopodion fedtschenkoi (strauch,1887)
Maqomi: keng tarqalgan va koʻp sonli tur.
Tarqalishi: Qizilqum, Mirzachoʻl va Qarshi choʻli, Turkiston, Zarafshon, Bobotogʻ, Koʻhitang, Nurota togʻlari, Zarafshon vodiysi, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Yashash joylari: Togʻ dalalarining qoyalari, jarliklari,gʻorlar, togʻoldi va tekislikl;arda turli qurilishlar,devvorning soya tushadigan qismida, tepalik etaklaridagi eski quduqlar, suv oʻyib ketgan tuproq chuqurliklarida kuzatiladi.
Biologiyasi: Qoyalar, jarliklardagi yoriqlar va boʻshliqlar, binoning gʻishtlari oraligʻida xavfdan saqlanadi.Oʻsha joylarda 20-30 sm chuqurlikda qishlab qoladi. Respublika janubiy togʻoldi hududlarida fevralning oʻrtalarida, markaziy hudud togʻlarida aprelning boshlarida va keyinroq qishki uyqudan uygʻonadi. yer yuzasiga chiqqan kaltakesaklar bir necha vaqt quyosh nuridan isinadi, keyin ba’zan erdagi uchib yurgan hasharotlarni tutib oziqlanadi. Qishdan chiqqan gekkonlarning harakatlanishi noyabrning oxirigacha davom etadi. Qishlash uchun 5-10 va undan koʻproq gekkon bir joyga toʻplanadi. Bahorda havo harorati koʻtarilgandan keyin faolligi oshsa, yoz oylarida butun sutka davomida faol hayot kechiradi. Aprelda juftlashadi.Tuxumining rivojlanishi boshlangandan to tuxum qoʻyguncha 1,5 oy oʻtadi. Yilda 3-4 martagacha 2 donadan tuxum qoʻyadi. Gekkonlarning bir guruhi may oxiri-iyun oyida, ikkinchi va uchinchi guruhlari iyulning ikkinchi yarmi va avgustda tuxum qoʻyadi. Inkubatsiya davri 60 kundan koʻproq qavom etadi. Yosh kaltakesakchalar iyunning oxirida paydo boʻladi. Kech tuxumdan chiqqan yoshlari oktabrning oxirgi kunlarida qayd etilgan. Ozuqasining tarkibi asosan hasharotlardan iborat:termitlar, eshakqurtlar, arilar, iskabtoparlar,chigirtkalar, mayda qoʻngʻizlar va boshqa hasharotlar, lichinkalar. Kam miqdorda oʻrgimchaklar falangalarni ovlaydi. Sholipoyalarda koʻplab pashshalarni tutadi. Bitta individ oshqozonida 70 dan ortiq pashsha uchraganligi ma’lum. Bu gekkon tulki, chipor ilon, koʻndalang yoʻlli chipor ilon, agamalar uchun ozuqa boʻlib xizmat qiladi. Bahor va kuz oylarida tullaydi. Nurota, Surxon,Hisor qoʻriqxonari hududlarida muhofaza qilinadi.
Kulrang gekkon – Mediodactylus russowi (Strauch,1887)
Maqomi: Keng tarqalgan, koʻp sonli tur.
Tarqalishi: Orol dengizi boʻylari, Ustyurt,Qizilqum, Xorazm vohasi, Fargʻona vodiysi, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, Chotqol, Turkiston toʻglarida uchraydi.
Yashash joylari: Aholi punktlari, jarliklar, qurilish devorlari yoriqlari, mayda toshlar ostida kuzatiladi.
Biologiyasi: epchil va tez harakatlanadi, xavf tugʻilganda sakraydi. Jarliklar, qurulish devorlari yoriqlari, inlarda qishlaydi. Odatda 8-25 sm chuqurlikdagi qishlash joylaridan uzoqqa ketmaydi. Kuzda oktabr oxiri noyabrda faolligi susayib boradi va qishki uyquga ketadi. Bahorda quyosh koʻtarilib, tuproq qiziganda kun boʻyi isinadi va hasharotlarni tutib oziqlanadi. Yozda kunning ertalabki va kechki soatlari faolligi oshadi. Havo harorati koʻtarilganda soyada yoki inida dam oladi. Yozda ozuqa qidirib inidan 100-200 m uzoqlashadi. May oyining ikkinchi yarmidan juftlashishi kuzatiladi va iyunda 1-2 tuxum q’yadi. Odatda yoshalri 1 tuxum qoʻyadi. Bir necha urgʻochi gekkonlar tuxumlarini bir joyga qoʻyishi mumkin. Yer yoriqlarida 3-5, hatto 8 ta tuxumning qator boʻlib yotishini tadqiqotchilar koʻplab kuzatgan. Kulrang gekkon tuxumining inkubatsiya davri 1,5 oydan ziyod vaqt davom etadi. Iyulning oxirgi kunlarida ham tuxum qoʻyishga ulguradi. Iyulning oxiri avgust boshlarida tuumdan yosh gekkonchalar chiqadi. Bu turning ozuqasining tarkibi rang barang. mingoyoqlar, oʻrgimchaklar, toʻgʻriqanotlilar, tengqanotlilar, qattiqqanotlilar, pardaqanotlilar va toʻrqanotlilar uning ozuqa ob’ekti hisoblanadi. Gekkonning ayrim individlarining tullashi fevraldan to noyabrgacha davom etishi mumkin. Lekin yoppasiga tullash davri aprel-may oylarida kuzatiladi. Bu turning tabiiy dushmani – koʻndalang yoʻlli boʻritish hisoblanadi. Qish sovuq kelgan yillari qishki uyqudagi jonivorlar halokatga uchrashi mumkin.
Toʻr kaltakesakcha- Eremias grammica (Lichtenstein,1823)
Maqomi: Keng tarqalgan odatiy tur.
Tarqalishi: Amudaryo quyi oqimi, Xorazm vohasi, Qizilqum, Qarshi choʻli, Zarafshon vodiysi, Surxondaryo viloyati qumlarida uchraydi.
Yashash joylari: Choʻllarning yakka oʻsimlikli qisman mustahkamlangan va sochiluvchan qumliklar qisman kuzatiladi.
Biologiyasi: Asosan chuqurligi 70 sm gacha, uzunligi1m dan ziyod oʻzi qazigan va ingichka barmoqlari yumronqoziq inlarida bekinadi, lekin katta xavf tugʻilganda yumronqoziq, qoshoyoqlar, qumsichqonlar inlaridan ham foydalanadi. Oʻsha joylarda 2-3 kaltakesakchalar qishlab qolishi mumkin. Ba’zan shox va butoqlar bilan oʻralgan yirik butalar tanasi vaqtinchalik berkinishi uchun xizmat qiladi. Qishki diapauzadan keyin fevralning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq yuzasiga chiqadi. Kunduzi havo haroratining oʻzgarishiga bogʻliq ravishda faolligi oshadi. Fevral va martning birinchi yarmida kunning oʻrtasida, oyning ikkinchi yarmi aprelda kun boʻyi faol harakatda boʻladi. Yozda ertalab va kechki soatlarda koʻp harakat qilsa, kunning oʻrtasida dam oladi. Noyabrda haroratning pasayishi bilan uch oylik qishki uyquga ketadi. Odatda may oyida tuxum qoʻyadi. Ayrim yillarda aprelning birinchi oʻn kunligida urgʻochilari tuxum qoʻyishga tayyor boʻladi. Ular aprel-iyul oylarida 3-6 dona tuxum qoʻyadi. Birinchi marta aprel-may oylarida 5-6 dona tuxum qoʻysa, ikkinchi marta iyunda 3-4 dona tuxum qoʻyadi. Iyun-iyul oylarida yosh kaltakesakchalar paydo boʻladi,ular hayotining ikkinchi yilida may-iyun oylarida jinsiy voyaga etadi va koʻpayishda ishtirok etadi. Ozuqasuining tarkibi hasharotlardan tashkil topgan boʻlib, uning asosini qattiqqanotlilar, pardaqanotlilar tashkil qiladi. Tullash davri martdan sentabrgacha davom etadi. Yoppasiga tullash jarayoni aprel-may va avgustda oʻtadi. Qizilqum kaltakesak, qumboʻgʻma iloni, oʻqilon, koʻndalang yoʻlli chipor ilon, sharq boʻgʻma iloni hamda yirtqich qushlar bu turning tabiiy dushmanlari hisoblanadi.
Oʻrtacha kaltakesakcha- Eremias intermedia (Strauch,1876)
Maqomi: Odatiy tur.
Tarqalishi: Ustyurt, Amudaryo quyi oqimi, qizilqum, Qarshi choʻli, Surxondaryo vohasida uchraydi.
Yashash joylari: Kam oʻsimlikli mustahkamlangan qumli, mayda toshli qum tuproqlarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Qumsichqon va qoʻshoyoqlarning inlari va diametri 2-3 sm, uzunligi 20-40 sm oʻzi qazigan inlaridan yashirinish uchun foydalanadi. Aynan shu joylarda qishlab qoladi. Qishki uyqudan vaqtli uygʻonadi va fevralning ikkinchi yarmida er yuzasiga chiqadi. Martning boshlaridan faol hayot kechiradi. Bahorda kun boʻyi harakatda boʻlsa, may oyidan boshlab butun yoz oylarida ertalabki va qorongʻI tushishdan oldingi soatlarda faol boʻladi. Aprelning oʻrtalarida tuxum qoʻyishga kirishadi va bu avr iyunning boshlarigacha davom etadi. Kaltakesakchaning organizmida tuxumi 1 oyga etmasdan etiladi. Tuxumlarning soni 3-4, ba’zan 5 tagacha etadi. Koʻpayish mavsumida 2 marta tuxum qoʻyadi, biroq koʻpayish sikli qisqa muddat ichida yakunlanadi. Inkubatsiya davri taxminan 35-40 kun davom etadi. Mayning ikkinchi yarmida tuxumdan yosh kaltakesakchalar chiqadi. Ular kelgusi yilning bahorida jinsiy voyaga etadi. Qish nisbatan iliq kelgan yillarda dekabr- fevral oylarida ham uchratish mumkin. Surxondaryo viloyatida dekabrning quyoshli kunlarida er yuzasiga chiqib, inidan uzoqlashmasdan chumolilar bilan oziqlanganligi qayd etilgan. Oʻrtacha kaltakesakcha ozuqasining tarkibi oʻrgimchaklar, chumolilar, saratonlar, qoʻngʻizlar, arilar, chivinlar, hasharotlarning lichinkalaridan iborat. Tullash davri aprel-oktabr oylarida oʻtadi. Echkemar, oʻqilon va boshqa ilonlar uning tabiiy kushandalari boʻlishi mumkin. Bu kaltakesakcha tabiatda bir yil umr koʻradi, xolos. Terrarium sharoitida 20 oy yashaganligi aniqlangan.
Chiziqli kaltakesakcha - Eremias lineolata (Nikolsky, 1896)
Maqomi: Lokal hududlarda koʻp sonli tur.
Tarqalishi: Ustyurt, Amudaryo quyi oqimi, Qizilqum, Qarshi choʻli, Buxoro vohasi, Surxondaryo viloyati janubida uchraydi.
Yashash joylari: Asosan buta va efemerli oʻsimliklar joylashgan mustahkamlangan qumliklar, kamdan-kam shoʻr tuproqli va sertuproqli erlarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Yaxshi yugurish, buta shoxlariga chiqish, shoxdan-shoxga sakrash qobiliyatiga ega. Havo harorati koʻtarilganda qizigan qum ustidan yugurib, singan novdalar ustida dam oladi. Hasharotlar, kemiruvchilar va oʻzlari qazigan inlarida xavf-xatardan saqlanadi. Bahorda mart-aprel oylarida qishki uyqudan keyin er yuzasiga chiqadi. Oktabrda qishki uyquga ketadi. Faolligi kunduzi havo harorati koʻtarilganda boshlanib, jazirama issiqda bir muncha pasayadi. Quyosh botishidan ilgariroq tungi dam olishga ketadi. Apreldan iyungacha juftlashishi qayd etilgan.Tuxum qoʻyish davri may oyidan boshlanadi va avgustning birinchi yarmida ham davom etadi. Bu esa koʻpayish mavsumida bir necha marta tuxum qoʻyishga ulgurishidan dalolat beradi. Urgʻochisida 1-6 follikula rivojlanadi, lekin qoʻyiladigan tuxumlarining soni 1-2 tani tashkil qiladi. Iyulda yoshkaltakesakchalarni koʻrish mumkin. Ozuqasining tarkibi umurtqasizlardan, hasharotlar, oʻrgimchaklar, falangalardan iborat. Koʻproq chumolilar, saratonlar, qoʻngʻizlar bilan oziqlanadi. Termitlar, chigirtkalar va boshqa hasharotlar ham ratsionida uchraydi. May-iyun va sentabr oylarida tullashi kuzatilgan. Bu tur oʻqilon, sharq boʻgʻma iloni, toʻr kaltakesaklar uchun ozuqa ob’ekti boʻlib xizmat qiladi.
Tez kaltakesakcha - Eremias velox (Pallas, 1771)
Maqomi: Koʻp sonli va keng tarqalgan tur.
Tarqalishi: Ustyurt, Orol dengizi, Nukus va uning atroflari, Xorazm vohasi,Qizilqum, Zarafshon vodiysi, Mirzachoʻl, Fargʻona vodiysi, Toshkent vohasi,Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Yashash joylari: Adirlar , koʻchib yuruvchi qumlar, oʻzlashtirilga erlar, paxta va boshqa ekin maydonlaricchekkalari va toʻqayzorlarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Adirlarda kichik qoʻshoyoq, qizil dumli qumsichqon, qumliklarda katta qumsichqonlarning inlaridan himoyalanish maqsadida foydalaniladi. Yumshoq tuproqli erlarda oʻzi in qaziydi. Butalar ildizining chirmashib ketgan joylari, oʻtlar yigʻilib qolgan uyumlar vaqtinchalik in sifatida xizmat qiladi. Janubiy hududlarda fevralda qishki uyqudan uygʻonib er yuzasiga chiqadi, martning oʻrtalari va ikkinchi yarmida yoppasiga chiqadi. Boshqa hududlarda mart-aprelning birinchi yarmida sekinlik bilan paydo boʻladi. Yoshlari bir oy va undan ham koʻproq vaqt kechikib qishlashdan uygʻonadi. Kunning oʻrtalarida havo harorati koʻtarilgandan soʻng faol harakatga oʻtadi. Yoz oylarining ertalabki va kechki soatlarida faol hayot kechiradi. Lekin kunning issiq paytida ham faolligini buta soyasi ostida ozuqa qidirishida kuzatish mumkin. Sentabr-oktabr oylarida butun kun boʻyi er ustida hayot kechiradi. Oktabrning oxiri noyabrning boshlarida qishki uyquga ketadi. Aprelning oxiri-mayda juftlashadi, bu jarayon iyulda ham davom etadi. Juftlashish davrida erkagi ancha agressiv harakatda boʻladi. Yil davomida bir necha marta tuxum qoʻyadi. Toʻliq tuxumlarining minimum soni 2-3, maksimum 5-6 ga etadi. Birinchi tuxum qoʻyish may-iyun oylarida, ikkinchisi-iyun-iyulda kuzatilib, avgustda ham davom etadi. Iyul oyining boshlaridan boshlab tabiatda yoshlarini koʻrish mumkin. Tuxumdan chiqqan kaltakesakchalar tanasining uzunligi 25 mm, ogʻirligi 0,33 g ni tashkil etadi. Tez kaltakesakcha asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. Ozuqasining asosiy komponentlari toʻgʻriqanotlilar, qattiqqanotlilar va pardaqanotlilar hisoblanadi. Hashsarotlarning tarkibiy va miqdoriy nisbati mavsumiy oʻzgarib turishi tabiiydir. Aprelning boshlaridan tullashga kirishadi, yoppasiga tullash aprel-may, sentabr oylarida oʻtadi va oktabrning oxirigacha davom etadi. Sudralib yuruvchilardan oʻqilon, sharq boʻgʻma iloni, naqshdor, rang-barang, qizil yo`lli, koʻndalang yo`lli chipor ilonlar, kapcha ilon (kobra), koʻlvor ilon, charx ilon, echkemar, qushlardan sor, koʻk qargʻa, sutemizuvchilardan tipratikanlar tez kaltakesakchaning tabiiy dushmanlari hisoblanadi. Bu turda kannibalizmga moyillik borligi qayd etilgan.Oila. Echkemarlar- Varanidae. Oʻzbekistonda 1 turi uchraydi.
Boʻz echkemar- Varanus griseus (Daudin, 1803)
Maqomi: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur toifasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ga kiritilgan. Sitesning I-ilovastarkibiga kirgan.
Tarqalishi: Janubiy Orolboʻyi, Qizilqum, Qarshi choʻli, Sirdaryoning oʻrta oqimi, Fargʻona vodiysi tekisliklarida uchraydi.
Yashash joylari: Choʻlning qumli va tuproqli erlari, togʻlarning pastki qism teksiliklarida va daryo vohalarida kuzatiladi.
Biologiyasi: XX asrning 70-yillarida lokal populyattsiyalarda har gektariga 3-6 echkemar hisobga olingan. 1990-yillarning boshlarida Oʻzbekistonda umumiy soni 45 mingga, alohida fargʻona populyasiyasi soni esa 200 ga yaqin boʻlgan. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo`q boʻlib ketgan, qolganlarida esjuda kam sonli hisoblanadi. Mustahkamlangan qumlarda oʻz inining chuqurligi 4-5 m, boʻz tuproqlarda 2 m ga etadi. Undan tashqari katta va tushki qumsichqonlarning inlarini kirish yo`laklarini kengaytirib va tulkilar tashlab ketgan inlarini band qilib jon saqlaydi va oʻsha erda qishlaydi. Janubiy hududlarda martning ikkinchi dekadasi qishki uyqudan keyin er yuzasiga chiqadi, keyin soatlab quyosh nuri ostida yotadi. Shunday qilib, bir necha kundan soʻng ozuqa qidirishga tushadi. Aprel-oktyabrda faol hayot kechiradi. Aprel-may oylarida butun kudavomida faol harakat qiladi. Iyun oyida koʻproq ertalab va kechki paytlarda faolligi oshadi. Iyulda kam harakatchan boʻladi. Avgustda soni kamayib, bir muncha kam uchraydi. May-iyun oylarida juftlashadi. Iyun-iyulda 6-20 va undan ortiq tuxum qoʻyadi. Urgʻochisi 10 kun davomida 28 tagacha tuxum qoʻyganligi ma’lum. Tuxumdan chiqqan bolalari er yuzasiga bir qishlovdan soʻng chiqadi. YOshlari 3 yoshdan oshganda jinsiy voyaga etadi. Hasharotlar, falanga, sudralib yuruvchilardan oʻrtacha kaltakesakcha, yosh toshbaqa, qushlar va ularning tuxumlari, mayda sutemizuvchilardan-qumsichqonlar, koʻrsichqonlar bilan oziqlanadi. Echkemar oshqozonidan quyoncha ham topilgan. Choʻl zonalarida qoʻriq erlarning oʻzlashtirilishi, ayniqsa shudgorlash va sugʻorish yashash joylarining qisqarishiga, inson tomonidan ta’qib qilinishi, yo`llarda avtotransport vositalaridan nobud boʻlishi sonining kamayishiga olib keladigan omillar qatoriga kiradi. Dalvarzin, Mirzachoʻllarning oʻzlashtirilishi tufayli u erlarda echkemar butunlay qirilib ketdi. Hozirgi vaqtda Fargʻona vodiysida qariyib yo`qola borgan.Avtotransport gʻildiraklari ostida halokatga uchragan echkemarlar tulki, tipratikan, joʻrchi kabi umurtqali hayvonlarga bir kun ozuqa boʻlib xizmat qiladi. Bu turda kannibalizm xususiyati borligi qayd etilgan. Echkemar Qizilqum, Nurota qoʻriqxonalari va Quyi Amudaryo rezervatida muhofazaga olingan.
XULOSA Oʻzbekiston faunasida sudralib yuruvchilar sinfining 58 turi uchraydi. Vakillari togʻ va togʻoldi, dasht, choʻl, toʻqay, oʻzlashtirilgan hududlar hamda aholi punktlarida qayd etiladi. Kaltakesaklar yilning sovuq davrida qishki uyquga ketadi. Bahor, yoz, kuz, oylarida hayot kechiradi.Ularning terisining shox bilan qoplanishi va teri orqali nafas olish funksiyasining yoʻqolishi, ularga nami kam erlarga ham yashashga imkon beradi. Shox bilan qoplangan teri reptiliyalarga shoʻr erlar bilan dengiz suvlariga , ya’ni suvda va quruqda yashovchilar mutlaqo yasholmaydigan makonlarga kirish uchun yoʻl ochdi. Shu bilan birga , oʻpkaning ichki tuzilishi murakkablashib va xalqum bilan nafas olish oʻrniga koʻkrak qafasining harakati orqali nafas olish qaror topib, nafas olish funksiyasi zoʻraydi. Kaltakesaklar qutblar oldidagi erlar hisobga olinmaganda, er yuzining barcha iqlimiy viloyatlariga tarqalib, juda turli-tuman hayot formalari hosil qildilar. Ularning orasida quruqda, er ostida, suvda va daraxtda yashovchi formalar bor.Qazilma reptiliyalarning qanotlari boʻlib, ular havoda ham uchgan. Biroq qadimgi ajdodlardan meros boʻlib qolgan va moddalar almashinuvining sustligi bilan aloqador boʻlgan poykilometrlik , ya’ni gavda temperaturasining atrofdagi muhit temperaturasiga bogʻliqligi kaltakesaklarning tarqalishdagi oʻziga xos xususiyatlarini, shuningdek, koʻpgina biologik belgilarni aniqlab berdi.Oʻrta mintaqalarda ham kunduz kuni tuproq temperaturasi optimum temperaturadan yuqori boʻladi. Oʻrta Osiyoda esa koʻpincha 600ga etadi va bundan ham yuqori boʻladi. bunday yuqori temperaturada barcha sudralib yuruvchilar issiqlik ta’siridan bir necha minut ichida halok boʻlishi kerak edi. Biroq kaltakesaklar sutka davomida turar joyini almashtirib yurib, biotopning temperaturasini ayni paytda optimumga yaqin boʻlgan erni topib oladi. Ular ertalab qum tepalarning oftob tushib turgan tomonida yuradi, keyin uning soya tomoniga oʻtadi, tuproq juda isib ketganda , qum tepaning choʻqqisiga yoki oʻsimliklar ustiga chiqib oladi va hokazo. Kaltakesaklar joylarini shu tariqa oʻzgartirish yoʻli bilan issiqlik ta’siridan saqlanadi va gavda temperaturasini yuqori hamda gomoyoterm (issiqqonli) hayvonlar gavda temperaturasiga yaqin boʻlgan ancha doimiy darajada tutib turadi, ya’ni ular “ekologik issiqqonli” hayvon boʻladi. Aktivlikning sutkali sikli biologik moslanish boʻlib, har faslda (mavsumda) temperatura sharoitiga qarab oʻzgarib turadi. Bahorda sudralib yuruvchilar kunning eng issiq soatlarida aktiv boʻladi. yozning oʻrtalarida esa, aksincha, kaltakesaklarning koʻp turlari ertalab va kechki soatlarda aktiv boʻladi.