Boshlang’ich sinflarda geometrik
materiallarni o’rganish uslubiyati
Reja:
Nuqta, to‟g‟ri chiziq, egri chiziq, to‟g‟ri chiziq kesmasi, siniq chiziq.
Ko‟pburchaklar va ularning elementlari.
To‟g‟ri va noto‟g‟ri burchaklar.
Geometrik figuralarni belgilashda xarflardan foydalanish.
Aylana va doira.
Birinchi sinfdan boshlab o‟quvchilarda nuqta, to‟g‟ri chiziq va egri chiziq, to‟g‟ri chiziq kesmasi, siniq chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptiriladi. Ma‟lumki, nuqta, to‟g‟ri chiziq tushunchalari maktab geometriya kursining ta‟riflanmaydigan asosiy shunchalardan biridir. Nuqta, to‟g‟ri chiziq deb nimani aytiladi degan savollar berilmaydi, lekin ular yuzasidan tasavvur beriladi. Masalan: qalam uchining qog‟ozdagi izi, bo‟rning doskadagi izi nuqta haqida tasavvur beradi. I sinf o‟quvchilarida to‟g‟ri chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptirish ularning har xil amaliy ishlarni bajarishlarida sodir bo‟ladi. Masalan: bo‟r surtilgan ipni, kanotni tarang tortib turib qo‟yib yuborilsa, doskada to‟g‟ri chiziq bir qismining obrazi hosil bo‟ladi. Uni har ikkala tomonga davom ettirish mumkin. CHizg‟ich yordamida ham boshqa usullar bilan ham to‟g‟ri chiziq yasash mumkin.
Masalan: qog‟oz varag‟ini buklash yo‟li bilan to‟g‟ri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizig‟i to‟g‟ri chiziq bo‟ladi. Qog‟oz varag‟ini har xil yo‟nalishda bukilganda ham natija bir xil bo‟lib, to‟g‟ri chiziq tasviri hosil bo‟ladi. Doskada to‟g‟ri chiziq vaziyatini o‟zgartirish, ya‟ni uni gorizontal, vertikal va qiya holatda chizish ham muhimdir. To‟g‟ri chiziq bilan bir vaqtda bolalarni egri chiziq bilan ham tanishtiriladi. Agar tarang tortilgan ip doskada to‟g‟ri chiziq izini qoldirgan bo‟lsa, shu ipni bo‟shatib salqi holga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur beradi. O‟quvchilar atrof muhitdan egri chiziq va to‟g‟ri chiziqlarni izlash bo‟yicha mashq qiladilar.
Masalan: sinf doskasining chekkalari, eshik, deraza, parta qirg‟oqlari to‟g‟ri chiziq haqida tasavvurni bersa, sinf xonasidagi tuvak qirg‟oqlari, gul yaproqlari, barglar, deraza, parda gullari egri chiziq tasavvurini beradi. Mashqlar bajarish prosessida o‟quvchilar to‟g‟ri va egri chiziqlarning ba‟zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan: nuqtadan chiziqlar o‟tkazish bo‟yicha mashq qilish, bir nuqta orqali istalgancha to‟g‟ri va egri chiziq o‟tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‟g‟ri chiziq, istalgancha egri chiziq o‟tkazish mumkin degan xulosaga kelinadi. Kesma bilan ham o‟quvchilar amaliy tanishadilar. Agar to‟g‟ri chiziqqa ikkita nuqta qo‟yilsa, to‟g‟ri chiziqning chegarasi shu nuqtalardan iborat qismi to‟g‟ri chiziqning kesmasi yoki kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar bilan belgilash mumkin. Atrof-muhitdan to‟g‟ri chiziq kesmasini ko‟rsatishga doir mashqlar kesma haqidagi tasavvurni mustahkamlaydi. O‟quvchilarni siniq chiziq bilan tanishtirishda bir bo‟lak sim olinadi, uni bolalarning ko‟z oldida sindirib bir necha qismlarga ajratiladi. Men simni, chiziqni, kesmani bir necha qismga sindirdim, yangi figura hosil bo‟ldi, buni siniq yoki sindirilgan chiziq deb aytiladi. Siniq chiziq kesmalardani iborat bo‟ladi, uni siniq chiziqning bo‟g‟inlari deyiladi. Siniq chiziqlar ochiq va yopiq bo‟lishi mumkin. YOpiq siniq chiziqlar uchburchak, to‟rtburchaklarning chegaralaridir. Masalan: uchta bo‟g‟indan iborat yopiq siniq chiziq uchburchakning chegarasidir degan tushunchalar bolalarga o‟rgatiladi. SHundan keyin o‟quvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun uning har bir bo‟g‟ini uzunligini topish va topilgan sonlarni qo‟yish kerakligi o‟rgatiladi. Siniq chiziq uzunligini topishga oid mashqlar o‟quvchilarni ko‟pburchak perimetri tushunchasini idrok qilishga olib keladi.
Ko‟pburchaklar bilan bolalar ham maktabgacha bo‟lgan yoshlaridayoq o‟rganishgan. Bolalarda bu figuralar haqida tushunchalar asta-sekin boshlang‟ich ta‟lim jarayonida va yuqori sinflarda shakllanib beradi. Dastlabki paytda birinchi o‟nlik o‟rganilayotganda geometrik figuralardan didaktik material sifatida foydalaniladi. Bolalar unga tayanchi holda sanashni, masalalarni echishni, hisoblashni taqqoslashni va boshqalarni o‟rganadilar. Ayrim figuralar haqida tasavvurlar almashtiriladi, ularning nomlari, doira kvadrat, uchburchak eslab kilinadi. O‟qituvchning keyingi vazifasi o‟quvchilarning geometrik figuralar haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularni figura elementlarini ajrata olishga o‟rgatish, figuralarni chizishga o‟rgatish, figuralarning ba‟zi xossalari bilan tanishtirishdan iborat. O‟qituvchi qog‟ozdan qiyilgan har xil ko‟rinishdagi, har xil rangdagi va har xil kattalikdagi uchburchaklardan foydalanish bolalarni uchburchak bilan tanishtiradi. Tanishtirishni quyidagicha olib borish mumkin. Uchburchaklarni ko‟rsatib bular uchburchaklardir. Ularning uchtadan uchi, tomoni va burchagi bor. Uchburchakni uchi nuqtadan, tomoni esa kesmadan iborat. Uchburchakning burchagini ko‟rsatish uchun uning bir burchagini uzib olish kerak. SHudan keyin bolalarni to‟rtburchaklar, beshburchaklar, oltiburchaklar bilan tanishtirishda shu plan asosida ish bajariladi. Figuralarni belgilarini ajratishga doir ikki va undan ortiq figuralarni taqqoslashga doir berilgan belgilari bo‟yicha figuralarni bilishga doir bir qator mashqlarni bajarishda figuralar modellaridan foydalanish mumkin.
Masalan:
To‟rtta tomoni va to‟rtta burchagi bo‟lgan figurani, beshta tomoni va beshta burchagi bo‟lgan figurani ko‟rsating.
O‟qituvchi uchburchak, to‟rtburchakni tomonini, uchini, burchagini ko‟rsatib “Men nimani ko‟rsatyapman?” deb savol beradi.
Sariq, qizil figuralarning nechta uchi, nechtadan burchagi, tomoni borligini sanang. Katta figuralarni nima deb atash mumkin? Kichik figuralarni nima deb atash mumkin?
Figuralar to‟plamidan uchburchaklarni ajratib, bunda nima ko‟p, hamma uchburchaklarmi yoki qizil uchburchaklarmi?
Dostları ilə paylaş: |