III. Ikkinchi sinf sonlarining hosil bo’lishi, o’qilishi va yozilishi bilan tanishtirish
Bunda cho‟tlar bilan xonalar va sinflar jadvali ko‟rgazmali qo‟llanma bo‟ladi. O‟rgatish ishini sonlarni cho‟tga solishdan boshlash mumkin. Oldin cho‟tga birinchi sinf sonlari (masalan: 5, 25, 375 ...) solinadi, so‟ngra ikkinchi sinf sonlari (masalan: 3 ming, 43 ming, 543 ming .... 900 ming) solinadi.
|
Minglar sinfi
|
|
|
Birlar sinfi
|
|
YUz minglar
|
|
O‟n minglar
|
Minglar
|
YUzliklar
|
O‟nliklar
|
Birliklar
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
|
2
|
5
|
|
|
|
|
3
|
7
|
2
|
|
|
|
3
|
0
|
0
|
0
|
|
|
4
|
3
|
0
|
0
|
0
|
2
|
|
8
|
9
|
0
|
0
|
0
|
6
|
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
O‟quvchilar e‟tiborini jadvalga yozilgan sonlarning yozilish xususiyatga qaratiladi (oxirida uchta nol birinchi sinf birliklari yo‟qligini bildiradi so‟ngra sondagi raqamlar miqdori shu sonlarning yuqori xonasining o‟rni bilan aniqlanadi. Masalan: 47000 sonida yuqori xona o‟n minglar 5-o‟rinda turibdi. Demak, bu son 5 ta raqamdan tashkil topishi va u besh xonali ekanligi o‟rgatiladi. Demak: 2-sinf sonlari xuddi 1-sinf sonlari birliklardan hosil bo‟lgani kabi, mingliklardan hosil bo‟ladi. 2-sinf sonlarini o‟qishda “Ming” so‟zi qo‟shiladi, yozuvda esa minglar sinfiga yoziladi, ya‟ni o‟ngdan chapga hisoblaganda to‟rtinchi, beshinchi va oltinchi o‟rinlarga raqamlar bilan yoziladi.
IV. Olti xonali sonlarning hosil bo’lishi, o’qilishi va yozilishi bilan tanishtirish Bu bosqichda ham cho‟tlar bilan nomerlash jadvali asosiy ko‟rsatma-qo‟llanma
hisoblanadi. Raqamlar naboridan foydalanib, nomerlash jadvalidan tanish bo‟lgan sonni belgilaymiz. Masalan: 257000 sonini belgilaymiz, so‟ngra berilgan sonning o‟ngdan birinchi noliga masalan raqamli kartochkani qo‟yamiz. 257004 soni hosil bo‟ladi. SHunday ish bajarib yana ikkita sonni masalan 257084, 257684 sonlarini hosil qilamiz. Nomerlash jadvaliga yana bir nechta son belgilanadi. Bolalar ularni to‟g‟ri o‟qishni va sonlarni jadvalsiz yozishni oldin o‟qituvchi yordamida keyin mustaqil o‟rganadilar. Bunda bir sinf ikkinchi sinfdan kichik oraliq bilan ajratiladi, so‟ngra teskari mashqlarni ya‟ni, ko‟p xonali sonni I va II sonlarni yig‟indisi bilan almashtirishga oid mashqlarni bajarish taklif qilinadi. 24605=24000+600+5.
Dostları ilə paylaş: |