Musiqa pedagogikasi



Yüklə 324,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix01.06.2023
ölçüsü324,38 Kb.
#127514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


I Bob. 1.1- O’zbek mumtoz musiqa me’rosida Shashmaqomni o’rni
Shashmaqom – o’zbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqasi 
hisoblanadi. Shashmaqom Buhoro XVIII asrga kelib to’la shakllangan. Uning 
takibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud. Shashmaqom 
– olti maqom deganidir. Ular “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, 
va “Iroq” deb nomlanadi. 
Shashmaqomni maxsus bilimga ega bo’lgan sozanda va xonandalar ijro 
etishadi. Ularni biz “Maqomchilar” deb ataymiz. Azaldan Shashmaqomni ijro 
etiladigan maxsus ansambllar faoliyat ko’rsatib kelgan. Bunday ansambllarga 
Toshkentda “Badiiy jamoalar direksiyasi” tarkibida faoliyat olib borayotgan 
Yunus Rajabiy nomidagi “Maqomchilar”, Buhoro, Xorazm, Samarqand, 
Andijon va Farg’ona viloyatlaridagi maqomchilar ansambllari misol bo’la 
oladi.
Buhoro – Samarqand bastakorlik maktabi o’zbek xalqining mumtoz 
musiqa merosining eng mukammal janri bo’lgan maqomlar yaratilishida 
asosiy zamin bo’lgan. Buxoro maqomlari ta’sirida o’zbek mumtoz 
musiqasining , ijodiyotining boshqa vohalarda rivojlanishi, shakllanishi va 
turli janrlarga ta’siri va mumtozlik kasb etishini alohida qayd etish lozimdir.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoroning musiqa ijodiyoti va 
ijrochiligi amaliyotida Mirzo Hidoyat, Mullaboy, Abdurahmonbek, 
Abdulhayr Mahmud, Mirbobo, Mirvose’ kabi musiqa bilimdonlari faoliyat 
olib borganlari hususida manba’larda ma’lumotlar qayd etilgan.
Shuni aytish joizki, maqom san’ati Markaziy Osiyo miqiyosida aynan 
Buxoroda shakllangan. Uning shakllanish jarayoni bir qator o’ziga hos 
xususiyatlar doirasida qaror topgan. Mukammal asarlar turkumi yetuklik va 
moxirlik bilan ijro etilgan ijrolar bir qator chig’iriqlardan o’tgandan so’ng 
me’ros shaklida tarkib toadi. Asarlarning tarkib toppishida ijrochilik 
an’analarining 
ta’siri 
beqiyosdir. 
Ijrochilik 
musiqiy 
me’rosining 
shakllanishida bitmas tuganmas ilhom manbai sifatida muhim ahamiyat va 
kata manba bo’lib kelgan, chunki bir- biridan o’rnak rang olib va boshqa 
xususiyat va sifatlardan bahramand bo’lib, “O’xshatish”, “Savt”, “Nazira”, 
ilhomlanish qayta ishlash, moslashtirish kabi ijod uslublari orqali 


maqomlarni mumtoz musiqa namunalarining shakllanishida alohida o’rin 
kasb etib kelgan.
XIX asr ikkinchi yarmi- XX asr boshlarida yashab ijod etgan va 
ustozona musiqaning bilimdoni sifatida tarixga nomi bitilgan san’atkor, 
maqomdon hofiz Ota Jalol Nosirov Buxoro bastakorlik maktabining yorqin 
namoyondalaridan bir hisoblanadi. 
Maqomlar Sharq musiqasiga xos bo’lgan turkumli san’at turidir. 
Ulargasosan musulmon Sharqida keng tarqalgan bo’lib, turli mamlakatlarda 
har-xil nomlanadi. Jumladan, biz bilganimizdek o’zbek va tojiklarda maqom, 
uyg’urlarda muqom, Ozarbayjonda mug’om, arablarda va turklarda maqam, 
E’ronda Dastgoh, hindlarda raga kabi. Maqomlar, ya’ni turkumli musiqa 
janrining ildizi VII asrlarda yashab o’tgan Borbad Marvaziyga borib taqaladi 
degan ilmiy farazlar mavjud. U afsonaviy bastakor, mahoratli sozanda va 
tengsiz hofiz bo’lgan. Aynan uning ijodida birinchi marta turkumli asarlar, 
ya’ni, Husravoniy turkumi yaratildi. Shu tariqa zamonlar o’taverib turkumli 
musiqa butun Sharq bo’ylab rivojlana bordi. Tahminan IX asrlardan shakl ola 
boshlagan maqomlar butun Sharq davlatlari bo’ylab Duvozdaxmaqom, ya’ni, 
o’n ikki maqom tizimi shaklida nomlandi va rivojlanadi. O’n ikki maqom 
tizimi haqida ilmiy-tarixiy risolalarda bir qancha ma’lumotlar bitilgan bo’lib, 
ularning ma’lum bir qismi bizgacha yetib keldi. Lekin, musiqasi yetib 
kelmadi. Zamonaviy maqomshunoslik fani asoschisi, san’atshunoslik fanlari 
doktori Is’hoq Rajabovning ilmiy tadqiqotlaridan bizga ma’lum bo’lishicha 
Shashmaqom Duvozdaxmaqomdan kelib chiqqan ekan. Maqomshunos 
alloma I.Rajabov ta’kidlaganidek Shashmaqom XVIII asr o’rtalariga kelib 
uzil-kesil shakllangan. 


Yüklə 324,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin