Qat’iy reglamentlashgan mashqlar uslublari Bu metodlar harakatlarni ko‘p marotaba bajarish bilan yoki uning qismlari, q a t’iy reglamentlashganlikda harakat formasi, yukning hajmi, uning ortib borishi, dam olish bilan navbatlashishi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Bu guruhga kiruvchi metodlar bir-birini toidiradi va aniq o ‘quv vazifasini aniqlovchi ko‘pgina shartlar asosida qo‘llaniladi: o ‘quvchilarni guruhli va shaxsiy xarakteriga qarab o ‘rgatish bosqichlariga, o'quv materialining mazmuniga, darsning davomiyligiga,
o'rgatish joyining sharoitga, o ‘quv manbalarining mavjudligiga (anjom, uskunalar) va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qismlar bo‘yicha o ‘rgatish uslubi Bu uslub alohida faoliyat qismlarining b oshlang‘ich o ‘rganilishini, so‘ng ularni qo‘shib bir butun o ‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bu uslub shug‘ullanuvchi imkoniyatini tushunish va harakat faoliyatlarini alohida o ‘rganishga bog'liq hamda uni o'rgatish vazifalariga muvofiq amalga oshiriladi. Mashqlarni bo'lib yuborish, qismlar bo'yicha o'rganish uslubining xarakterli tomoni hisoblanadi, lekin qismning o'zini o'rganish asosiy maqsad emas. U faqat bir butun faoliyatni o'rganishni yengillashtiruvchi boshlang'ich davr bo'lib xizmat qiladi. Bir butun asosiy faoliyat yakunlovchi hisoblanadi. Faoliyatni qismlarga bo'lish usuli xilma-xil bo'lishi
mumkin, lekin barcha yordamchi mashqlar vujudga kelishiga
xizmat qiladi.
Yordamchi mashqlardan bir butun harakat mashqini yengil o'zlashtirib olish uchun, qisman, ta’lim vazifalarini hal etish uchun foydalaniladi. Yordamchi mashqlar markaziy nerv sistemasida shunday samaradorlik izlarini, oddiy vaqtincha
aloqalarni to'plashga yordam beradi va oxirida asosiy mashqni
to'liq o'zlashtirib olishni ycngillashtiradi.
Yordamchi mashqlar sistemasini tuzish o'rganish uchun belgilangan faoliyatni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.Faoliyatlarni bo'lish xarakteri, yordamchi mashqlarning soni, ularning navbati va qo'llanilish davomiyligi — bularning hammasini o'qituvchi aniqlashi kerak. O'rgalishga aniq vazifalar qo'yilganda, o'quvchilarning tayyorgarligini va faoliyatining murakkabligini, albatta, hisobga olish zarur.