Turkistonda ham paydo bo`lgan harbiy sanoat qo`mitalari faqatgina front ehtiyojlarini qondirish talablari bilan chеgaralanib qolinmadi. Shu bilan birga o`z faoliyatini davomida O`rta Osiyo o`lka tabiiy boyliklarini o`rganish va o`zlashtirishni, ishlab chiqish sanoatini yo`lga qo`yish kabi vazifalari bilan shug`ullandi.

1916-yil birinchi jahon urushining iqtisodiy asoratlari mehnatkash aholi bo`ynida og‘ir yuk bo`lib turgan vaqtda Nikolay 11 ning “Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya rayonlarida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo`lgan boshqa har qanday og‘ir ishlarga jalb qilish” haqidagi farmoni chiqdi. Ushbu farmonga ko`ra Sibir, O`rta Osiyo, Qozog‘iston, Kavkaz ortidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo`lgan 400 ming kishini mardikorlikka olish boshlanib ketdi. Bu farmonga ko`ra, o`lkadagi har besh xonadondan mardikor olinadigan bo`ldi.
. Qishloq xo`jaligida yig‘im terim ishlari boshlanib, ro`zg‘or yurituvchi, oila boquvchi erkaklarning noma’lum muddatga uzoq o`lkalarga mardikorlikka safarbar etilishi chorizmning mustamlaka siyosatidan, mahalliy boylarning siquvidan ezilib ketgan xalqning sabr kosasini to`ldirib yubordi. 1916 –yil 4-iyulda savdo va hunarmandchilik markazi bo`lgan Xo`jand shahrida, undan keyin Samarqand, Jizzax, Kattaqo`rg‘on kabi shaharlarda ham xalqning norozilik harakatlari bo`lib o`tdi. Bu yerlarda tezda yetib kelgan rus askarlari qo`zg‘olonchilar harakatini shafqatsiz ravishda o`qqa tutdilar.