O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
Mustaqil ish
O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g’risida”gi qonunini o’rganish. Reja: 1.Qonun ishlab chiqish tarixi.
2.Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar.
3.Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari
4. Xulosa
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 11 noyabrda qabul qilingan.Senat tomonidan 2009 yil 27 martda ma’qullangan.
«Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi qonun 2009 yil 23 aprelda kuchga kirgan bo'lib, u 4 ta bob, 28 ta moddadan iborat.
Ushbu qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo'llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (1-modda).
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
texnik jihatdan tartibga solish - mahsulotlar, ishlar va hizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo'llash va bajarish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi - mahsulotning, uni ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), saqlash, tashish, realizaciya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining; bajariladigan ishlar, ko'rsatiladigan hizmatlarning holati bo'lib, bunda insonning hayotiga, sog’ligiga, atrof-muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimoli bilan bog’liq yo'l qo'yilmaydigan xavf mavjud bo'lmaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar - texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
umumiy texnik reglament – texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat
texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
umumiy texnik reglament – texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat
maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
savdodagi texnik to'siqlar - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo'lgan tafovutlari yoki o'zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to'siqlar.