Alyuminiy oksidi va gidroksidining amfoterligi Al2O3 xarakterli oksid, alyuminiyning eng muhim kimyoviy birikmasi bo’lib hisoblanadi. Al2O3 oq juda isiqqa chidamli modda (tc=2953oC, tk=3000oC). Toza Al2O3 achchiq toshlarni termik parchalab olinadi:
2NH4Al(SO4)2 = Al2O3 + SO3 + H2O
yoki 600-800oC da Al(OH)3-qizdirib olinadi:
Bu holda γ-Al2O3 olinadi, u 900oC da monotrop (monotrop aylanish-bir modifikasiyadan boshqasiga qaytmas fazoviy o’tish) aylanish bilan γ-Al2O3 ga o’tadi. γ- Al2O3 korund yoki rubin ko’rinishida tabiatda uchraydi, uni sun’iy usulda ham olinadi.
Sanoat miqyosida alyuminiy oksidi boksit (Al2O3∙nH2O), nefelin kaolindan olinadi.Korund (qumtuproq) Al2O3 jilvir notoza korund, aralashmalar hisobiga rangli korund (qimmat baho toshlar) qizil rubin (0,3% Cr2O3 ) ko’k sampfir(0,2 Ti2O3 va Fe2O3 izlari), sariq topaz, rangsiz leykosaprif. Alyuminiy oksidining gidrat shaklida Al2O3∙nH2O-boksit, kremniy, temir, titan oksidlari aralashmasi bo’ladi. Minerologik shakllari bo’yicha Al2O3. 3H2O-gidraligit va Al2O3∙nH2O-diasperlar farqlnadi. Alyuminiyning madanlari ichida boskit eng ahamiyatli bo’lib, unda 50% dan ko’proq Al2O3 bo’ladi. Ftorid holiday- kriolit Na3[AlF6].Al2O3-glinozem. Al2O3 bir necha allotropik shakl o‘zgarishlarga ega.
Uy temperaturasida alyuminiy oksidi amalda elektr tokini o’tkazmaydi va dielektrik 1000oC dan yuqorida sezilarli darajada elektr tokini o’tkaza boshlaydi va yarim o’tkazgich xossasini namoyon qiladi. Temperaturani ortishi bilan elektr o’tkazuvchanligi ortib boradi, bu sharoitda Al2O3 o’zidan kislorod chiqarishi natijasida stixiometrik tarkibi buziladi. Bu esa unda elektron o’tkazuvchanlikka olib keladi.
Kimyoviy jihatdan Al2O3 ancha inert faqat γ- Al2O3 ni komyoviy aktivligi ancha yuqori. Shuni esda tutish lozimki, alyuminiy metallik amfoter xosaa ega bo’lganligi uchun uning oksidi (Al2O3) va gidroksidi Al(OH)3 lar ham amfoter xossaga ega. Shu sababli Al2O3 kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishadi:
Al2O3 +6HCl = 2AlCl3 + 3H2O
Al2O3 + 6NaOH = 2Na3AlO3 + 3H2 Alyuminiy oksidini asosiy ishlatilish sohasi alyuminiy ishlab chiqarish sanoatidir. Metall sirtini yaltiratishda pol yuvuvchi kukun, katalizator, xromatografiyada adsorbent, abraziv material. Al2O3-monokristallari qimmatbaho tosh, zargarlikda, soatsozlikda ko’p ishlatiladi.
Alyuminiy va azot asosida juda qiziq birikmalar mavjud. Tarkibi jihatdan bu birikmalar uglevodorodlarga o‘xshab ketadi:
CH3-CH3 CH2=CH2 CH≡CH C6H6 NH3-AlH3 NH2=AlH2 NH≡AlH N3Al3H6 Alozan alozen alozin alazol