Alyuminiyning kompleks birikmalari. Eritmada alyuminiy ioni akva komplekslar hosil qiladi(Al(H2O)63+).Qiyin eriydigan ftoridli komplekslar keng tarqalgan: Na3[AlF6], Na2[AlF5],Na[AlF4]. Tarkibida xlor,brom va iod ionlari tutgan komplekslarning eruvchanligi yaxshi: K[AlCl4], K[AlBr4], K[AlI4].AlH3 ni asosli gidridlar ta‘siridan tetragidridialyuminatlar hosil bo‘ladi:
LiH+AlH3=Li[AlH4]
Bunday birikmalar kristall tuzilishga ega, oq rangli moddalar, ular organik kimyoda katalizatorlar sifatida ishlatiladi.
Al(CH3COO)3–birikmasi 8 % li eritma holatida “Burov suyuqligi” deyiladi va tibbiyotda ishlatiladi.
Alyuminiy qotishmalari. Alyuminiyga qo’shimchalar qo’shilganda uning qattiqligi ortadi, ammo korroziyaga chidamliligi pasayadi. Odatda alyuminiyli qotishmalarda 90% dan ortiqroq asosiy metall bo’ladi. Eng muhim legirlovchi qo’shimchalar: Cu, Mg, Si, Mn hamda Ni va Zn bo’ladi. Deformasiyalanadigan va quyma qotishmalar farqlanadi. Oxirgisida 10% Si bo’ladi.
Alyumo. Magniy qotishmalar (5% gacha Mg) korroziyaga va dengiz suvlariga chidamli. Tarkibida miz va ozroq miqdorda magniy va boshqa qo’shimchalari bo’lgan alyuminiy qotishmalari mustahkam va juda qattiq. Ulardan ma’lum bo’lgan qotishma duralyumin (dyurol, dyuroliyuminiy 5% gacha mis, 2% gacha Mg).
Alyuminiy bronzalar. 5-10% Al va Cu asosidagi qotishmalar sariq rangli, korroziyaga va dengiz suviga chidamli undan konstruksion materiallar, mayday almashinish tangalari chekanka qilinadi va kukun holiday buyoqlarga pigment sifatida foydalaniladi.
Alyuminiy qotishmalari va sanoatdagi ahamiyati. Jahon bo‘ylab asosiy alyuminiy konlari asosan boksit rudalari markazlashgan hududlar bilan bog‘liq. Dunyodagi eng yirik boksit konlari Gvineya (g‘arbiy Afrika), Braziliya, Surinam, Gayana, Venesuela, Yamayka, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Gretsiya, Turkiya, hamda, Rossiyaning Ural mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Alyuminiy qazib olish va qayta ishlash ko‘lami bo‘yicha esa jahonda Xitoy davlati yetakchilik qiladi. Bu mamlakat butun dunyo alyuminiy ishlab chiqarish hajmining taxminan 48-50 % ulushini yetkazib beradi. Rossiya, Kanada, BAA, Avstraliya, Hindiston, Norvergiya, Baxrayn va Tojikiston davlatlari ham alyuminiy ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yetakchilar sanaladi. o‘rta hisobda, bir kunda butun dunyoda 130 ming tonna alyuminiy ishlab chiqariladi.