Farģona Politexnika instituti Oziq ovqat tehnologiyasi yònalishi 90 -20 guruh talabasi Isaqova Gulira'noning Oziq-ovqqat sifatini baholash fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu: Standartlashtirish va metrologiya bo`yicha davlat nazorati.
Reja:
Standartlashtirish haqida umumiy ma`lumot.
Metrologiya bo`yicha davlat nazorati talablari va qonunlari.
Xalqaro standartlashtirish — standartlashtirish, unda ishtirok etish Jahondagi barcha mamlakatlarning tegishli organlari uchun ochiq hisoblanadi
Standartlashtirish deganda haqiqiy va potensial vazifalarga nisbatan umumiy va takroriy qoʻllash qoidalarini belgilash orqali maʼlum bir sohada tartibga solishga erishishga qaratilgan faoliyat holatlari tushiniladi. Ushbu faoliyat standartlarni ishlab chiqish, nashr etish va qoʻllashda keng qoʻllaniladi.
Xalqaro standart xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan standartdir. Standart mahsulot, foydalanish, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish xususiyatlarini belgilaydigan hujjatdir sanaladi. Standart shuningdek, terminologiya, belgilar, qadoqlash, markalash yoki yorliqlarga qoʻyiladigan talablarni va ularni qoʻllash qoidalarini oʻz ichiga olishi ham mumkin. Amalda xalqaro standartlar deganda koʻpincha ilmiy-texnika jamiyatlari tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoning turli mamlakatlarida norma sifatida qabul qilingan mintaqaviy standartlar va standartlar ham tushuniladi.
Xalqaro standartlarning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda yangi sifat tizimlarini ishlab chiqish va mavjud sifat tizimlarini takomillashtirish va ularni sertifikatlash uchun yagona uslubiy asosni yaratishdan iborat. Standartlashtirish sohasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik milliy standartlashtirish tizimini xalqaro, mintaqaviy va progressiv milliy standartlashtirish tizimlari bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan. Xalqaro standartlashtirishdan dunyodagi qoloq mamlkatlar ham va rivojlangan davlatlar ham birdek manfaatdor sanaladi.
Xalqaro standartlashtirish maqsadlari:
Turli mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifat darajasining yaqinlashishi;
Murakkab mahsulotlar elementlarining oʻzaro almashinishini taʼminlash;
Xalqaro savdoni rivojlantirish;
Ilmiy-texnikaviy axborotni oʻzaro almashish va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirishga koʻmaklashish.
Mahsulot, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarning texnik darajasi va sifatiga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek, mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish sohasidagi normalar, talablar va usullarni belgilash, ishlab chiqarishning ilgʻor usullarini joriy etishni jadallashtirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulotlar va turlar, markalar va oʻlchamlarning mantiqsiz xilma-xilligini yoʻq qilish;
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning eng muhim sharti sifatida sanoat mahsulotlarini unifikatsiyalash va agregatsiyalashni rivojlantirish; ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, bir-birini almashtirish darajasini oshirish, mahsulotlarni ishlatish va taʼmirlash samaradorligini oshirish;
Mamlakatda oʻlchovlarning birligi va ishonchliligini taʼminlash, fizik kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini, shuningdek, eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash usullari va vositalarini yaratish va takomillashtirish;
Hujjatlarning yagona tizimlarini, texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimlarini ishlab chiqish;
Fan, texnika, iqtisodiyot tarmoqlarining eng muhim sohalarida yagona atamalar va belgilarni qabul qilish;
Mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimini, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni takomillashtirish sohasidagi standartlar tizimini shakllantirish;
Tashqi savdo, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish.
Metrologiya to`grisidagi qonun
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
“metrologiya” — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
“yagona o‘lchov birligi” — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
“o‘lchov vositasi” — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
Oldingi tahrirga qarang. “birlik etaloni” — o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
(1-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) “davlat etaloni” — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
“metrologiya xizmati” — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
“davlat metrologiya nazorati” — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
“o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish” — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
Oldingi tahrirga qarang. “o‘lchov vositalarini kalibrlash” — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui;
(1-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) Oldingi tahrirga qarang. (1-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Foydalanilgan adabiyotlar:
<> ilmiy-texnika jurnali,<> agentligi.
www.gov.uz - O`zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy sayti.
www.lex.uz – O`zbeskton Resoublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlari.
www.standart.uz – “O`zstandart” agentligi.
www.smsiti.uz – Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish.