Mustaqillik yillarida qadriyatlarimizning tiklashi Ta’lim sohasida ilk islohatlar


-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi



Yüklə 26,75 Kb.
səhifə4/6
tarix15.12.2022
ölçüsü26,75 Kb.
#121107
1   2   3   4   5   6
16 mavzu

1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi N464-i qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq oydinlik kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha masalalar aniq va ravshan holda yoritilib berilgan. Jumladan 4-moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga solinganligidan dalolat beradi.
Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnologiyalari yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish yurtimiz taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda “Kadrlar tayyolash milliy dasturi to‘grisida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu dastur “Ta’lim to‘g‘rida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Uning ustuvor vazifalariga, milliy va xorijiy ta’lim tizimi asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu ikki qonun ta’lim tizimidagi chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor soha sifatida qonunan belgilab berdi.

Yüklə 26,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin