Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Mundarija: Kirish Asosiy qism



Yüklə 62,53 Kb.
səhifə1/8
tarix09.12.2023
ölçüsü62,53 Kb.
#138582
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………4
Asosiy qism
I.BOB. TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARI: ISTIQLOLGACHA VA
ISTIQLOL YILLARI.


    1. CHor Rossiyasi va sovetlar hukmronligi yillarida ta’lim tizimi……………….11

1.2 O’zbekiston mustaqilligi arafasida ta’lim muammolari……………………….16
II.BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI ISLOH
QILISHNING KONSEPTUAL, NAZARIY VA HUQUQIY-ME’YORIY
ASOSLARI

2.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ta’lim
sohasini isloh qilish to’g’risidagi g’oyalari…………………...……………………22
2.2. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga joriy etilishi………………………………………………………………………...31
Xulosa……………………………………………………………………………..33
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….35


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jahon tarixiy tajribasining guvohlik berishicha birorta ham xalq va millat ta’lim tarbiyaga e’tiborsiz taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda ma’naviyatga, ta’lim - tarbiyaga, milliy kadrlar tayyorlashga birinchi darajali ahamiyat bermaydigan jamiyat, davlat, xalq va millat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni bartaraf etolmaydi. Xalqi ma’naviy, ma’rifiy jihatdan yetuk bo’lmagan mamlakat tabiiy - iqtisodiy boyliklariga behisob, harbiy jixatdan qudratli bo’lgan taqdirda ham buyuk davlat bo’la olmaydi.El - yurtiga, Vataniga sadoqatli, iymon - e’tiqodli, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar, barkamol avlod har qaysi davlatning qudratli salohiyat manbasidir. Ana shunday noyob hislat va fazilatlarga ega bo’lgan insonlarni, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazgan xalq, albatta kelajakka ochiq ko’z, katta ishonch, umid va ixlos bilan qaray oladi. Ko’rinib turganidek, mustaqil O’zbekiston taraqqiyoti taqdirini ham ma’naviy jihatdan yetuk insonlar hal qiladi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi o’zgarishlari jamiyatimiz xayotining barcha soxalaridagi kabi istiqlol yillarida olamshumul axamiyatga ega bo’lgan o’zgarishlar amalga oshirildi.. YOsh mustaqil davlatimizning kelajak taraqqiyoti albatta uning intelktual saloxiyatli va ma’naviy yetuk yoshlariga bog’liq.Ushbu xolat mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xukumatimiz va prezidentimizning doimiy e’tiboridagi masala bo’lib kelmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov “YUksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”1, - deb ta’kidlaydi.
Mamlakatimizda buyuk kelajak qurishda ta’lim - tarbiya soxasiga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Uning natijasida O’zbekistonda ta’lim soxasida jahon andozasidagi kadrlarni yetishtirib berishga qaratilgan ta’lim tizimi ishlab chiqilib xayotga joriy qilindi.Bunda “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning eslashni o’zi kifoyadir. Mamlaktimiz xayoti uchun muxim bo’lgan mazkur dasturlarni qabul qilinishi xozirgi kunda ta’lim - tarbiya soxasida erishgan yutuqlarmiz uchun asos bo’ldi. Endilikdagi vazifa O’zbekiston ta’limi sohasidagi islohotlarga asos bo’lgan me’yoriy hujjatlarning mohiyatini anglash, ta’limning istiqlol yillari va istiqlolgacha bo’lgan davrdagi holatini tavirlash hamda tahlil qilish masalalari mavzuning dolzzarbligidan dalolat beradi.

Yüklə 62,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin