Maktabgacha tarbiya muassasalariga boradigan bolalar; mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda tarbiyalanuvchi bolalar va o‘smirlar maktabdan tashqari muassasalarda shug‘ullanadigan bolalar.
Tarbiyachi
Tarbiyani amalga oshiradigan , o‘zga kishi shaxsining hayot tarzi va rivojlanishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs.
Ta’lim muassasasi-ni boshqarish
Faoliyat subektlarining alohida faoliyati bo‘lib, u rejalashtirish , tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish vositasida bolalar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xamkorlikdagi faoliyatining ta’limni takomillashtirish va ta’lim mussasasini rivojlantirish maqsadlariga yo‘nalganligini ta’minlaydi.
Ta’lim sifati
Ta’lim jarayoni va uning natijalarini tavsiflaydigan kategoriya, ta’lim jarayoni qanday bo‘lishi kerak, qanday maqsadlarga xizmat qilishi kerakligi to‘g‘risida jamiyatda tarqalgan tasavvurlarga qanchalik mosligini belgilaydi. Ta’lim sifati ta’lim oluvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari, atrof-olamga va bir birlariga nisbatan qadriy- emotsional munosabatlar normalari bilan o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar tizimida ifodalanadi.
Farmon
Birqator mamlakatlarda davlat boshlig‘ining normativ akti. O‘zbekistonda Prezident farmoni.
Innovatsiya
yangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati
Vaziyat
Vaziyat- situation (situatsiya) (lotinchadagi situation - ahvol) muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart-sharoitlar va holatlar uyushmasi.