N. S. Trubetskoyning ta’kidlashicha- fonetikaning o‘rganish ob’ekti bo‘lgan tovush ko‘p miqdordagi akustik va artikulyatsion belgilarga EGA bo‘ladi va ularning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi
4-mavzu:Ona tilining konsonantizmi
Fonetika – (gr. Phone - tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limi.
Umumiy fonetika- turli tipdagi tillarning nutq tovushlarining xilma-xilligini o’rganuvchi bo’lim.
Xususiy fonetika- muayyan bir tilning fonetik bazasini, fonetik qonuniyatlarini umumiy fonetika qonuniyatlariga bo‘ysunadi va uning qonuniyatlari asosida faoliyat olib boradi. Xususiy fonetika muayyan bir tilning amaliy fonetikasi hisoblanadi.
Tarixiy fonetika- ma’lum bir tilning tovush sistemasini tarixiy rivojlanishda o’rganadi, ya’ni til taraqqiyotining turli davrlarida tovush sistemasidagi tarixiy o’zgarishlarni, ularning o’zgarish sabablarini tekshiradi
N.S.Trubetskoyning ta’kidlashicha- fonetikaning o‘rganish ob’ekti bo‘lgan tovush ko‘p miqdordagi akustik va artikulyatsion belgilarga ega bo‘ladi va ularning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi.
N.S.Trubetskoyning ta’kidlashicha- ikki narsa birbiriga zidlanganidagina o‘zaro farqli belgisi namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin tovushlarning belgisiga zidlangandagina, uning ma’no farqlash (distinktiv) funksiyasi namoyon bo‘ladi.
Undoshlarning paydo bo‘lish usuliga ko‘ra oppozitsiyasi ikki belgiga asoslanadi: portlovchilik va sirg‘aluvchilik.
G‘.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning ta’kidlashlaricha, qadimgi turkiy tilda undosh fonemalarning hammasi palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega bo‘lgan.
Til oldi undoshlari ovozning ishtirokiga ko‘ra ikkiga – shovqinli [t, s, d, ch, sh, j] va sonorlar [r, l, n] ga bo‘linadi.
L.L.Bulanin rus tilidagi barcha undoshlar besh farqlovchi belgi asosida o‘zaro oppozitsiyaga kirishi mumkinligini, bu besh belgi, o‘z navbatida, uch guruhni: asosiy, korrelyativ, nisbiy belgilarni hosil qilishini ko‘rsatadi
5-Mavzu:Nutqning fonetik bo’linishi
Nutqning fonetik bo’linishi. Nutq fraza (jumla), takt, so’z, bo’g’in va tovushlardan tashkil tlpadi.
Fraza ko’pincha gapga teng bo’lib, nutqning ikki pauza orasidagi intonatsion butunligidir.
Fraza yoyiq va yig’iq bo’lishi mumkin. Fraza yig’iq bo’lsa taktga teng bo’lib qoladi
So’z – nutqning alohida bir urg’u bilan aytiladigan bo’lagi. So’z takt ichida yoki o’zicha mustaqil keladi.
Bo’g’in – bir tovush yoki tovushlar qo’shilmasidan iborat bo’lib, bir nafas zarbi bilan aytiladigan so’zning bo’lagidir.
Tovush – fonetik bo’linishning oxirgi nuqtasi bo’lib, boshqa bo’laklarga bo’linmaydi.
Fonologiya (gr. rhone - tovush, logos - ta’limot) termini tilshunoslikda XIX asr oxirida nutq tovushlarining fiziologik-akustik (fizik) tomonidan funktsional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo‘ldi.
Boshqa lisoniy birliklar kabi fonemalar ham paradigmatik va sintagmatik munosabatlarda yashaydi. Bular fonologik paradigmatika va fonologik sintagmatikadeyiladi.
Fonologik ziddiyat
(oppozitsiya)lar fonemalarning farqli belgilarini ifodalaydi. Masalan, o‘zbek tilidagi unli fonemalar bir umumiy belgi - «o‘pkadan kelayotgan havoning tovush paychalariga urilish natijasida hosil bo‘lgan ovozning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramay chiqishidan vujudga keladigan tovush tiplari» invariant xossasiga ega va u 6 ta unli fonema uchun ham amal qiladi. Biroq bu mohiyat ostida birlashgan fonemalar o‘zaro zidlanib, kichik guruhlar hosil qiladi.
Fonetikaning birligi bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari bo‘lganligi kabi, fonologiyaning birligi so‘zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir.
Har bir fonema kishilar ongida umumiy farqlovchi xususiyatlari asosida vujudga kelgan maxsus «akustik portret» yoki «tovush obrazi» sifatida yashaydi. Bu farqlovchi belgilar tovushlarning artikulyatsion va akustik belgilari asosida vujudga keladi va barqarorlashadi.
6-Mavzu:Nutq tovushlarining fonetik o’zgarishlari
Assimilyatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o`zaro moslashuvidir.