4. Takroriy sifatlar bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: baland-baland, mayin-mayin, shirin-shirin. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil, limmo-lim. Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Sifat va uning ma’no turlarini misollar vositasida izohlang.
Sifat darajalari xususida nimalarni bilasiz?
Sifatlarning otlashishida qanday grammatik birliklar muhim o‘rin tutadi?
Sifatlarning gapdagi sintaktik vazifasi nimalar asosida belgilanadi?
Asliy va nisbiy sifatlarning farqini tushuntiring.