N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili


Chama son narsa miqdorini chamalab, taxminlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi va quyidagicha yasaladi: 1) –tacha



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə168/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250
5.Chama son narsa miqdorini chamalab, taxminlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi va quyidagicha yasaladi: 1) –tacha affiksi orqali: o‘ntacha, beshtacha; 2) –lab affiksi vositasida: o‘nlab, yuzlab; 3) –lar qo‘shim-chasi orqali: soat birlar bo‘ldi, o‘ntalar; 4) –larcha qo‘shimchasi orqali: o‘nlarcha, yuzlarcha; 5) sanoq yoki dona sonlarni juftlash orqali:bir-ikki, ikki-uch, uch-to‘rtta, besh–oltita; 6) chama sonlarni hosil qilishda ba’zi taxmin ma’nosidagi so‘zlar ham ishtirok etadi: o‘ttizga yaqin, yigirma chog‘li, kamida o‘nta, qariyb yuzta, yuzdan ortiq.

Chama sonlar hisob so‘zlari bilan qo‘llanadi. Bunda chama ma’nosini hosil qiluvchi affikslar hisob so‘ziga qo‘shiladi: Maktab uzog‘i bilan yuz metrcha narida edi. Oradan bir yilcha vaqt o‘tdi.

Chama sonning gapdagi vazifasi uning qaysi so‘z bilan birikishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: a) ko‘pincha otga bog‘lanib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Kuzgacha besh-oltita ketmon ishdan chiqdi. (A.Q) b) fe’lga bog‘lanib hol vazifasini bajaradi: Ro‘zimat qorong‘ida ko‘ziga yigirma besh yoshlarda ko‘ringan edi. (A.Q.) v) otlashgan holda shaxs ma’nosini ifodalaydi va gapda ega, vazifasini bajaradi: bitta-yarimta sezgani yo‘qmi, degan o‘y bilan atrofga alangladi. (S. Ahmad)


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin