N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə178/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250
4. Necha (ne + cha) olmoshi ne o‘zagi bilan bog‘liq bo‘lib, narsaning miqdoriga nisbatan so‘roq ifodalaydi va quyidagi xususi-yatlarga ega bo‘ladi: 1) ot oldidan yakka va takror holda kelib, deyarli hamma vaqt birlik shaklda qo‘llanadi: Necha voqealar bo‘lib o‘tmadi. Necha-necha dovonlar oshdik; 2) bu olmosh sonlarga o‘xshash tartibni ko‘rsatish uchun -nchi, donalikni ifodalash uchun -ta, taqsimlash ma’nosini bildirish uchun -tadan affikslarini oladi: Nechanchi, nechta, nechtadan; 3) necha olmoshi otlashib, kelishikning hamma shakllarida kela oladi: nechanchi, nechaga, nechaning, necha-dan, nechaga; 6) ko‘plik affiksini qabul qilganda noaniq taxminiy mrqdor va paytni ko‘rsatadi: Soat nechalarda yig‘ilshamiz? 7) bir so‘zi bilan birga kelib, noaniq ko‘plik ma’nosini bildiradi: bir necha kishi, bir necha kitob; 8) necha so‘zi narsa miqdoriga nisbatan so‘roqni ifodalaganda, sonlar kabi numerativlar bilan birga qo‘llanadi: Necha kilometr yul bosdim ekan.

Necha olmoshi gapda asosan aniqlovchi va kesim bo‘lib keladi: Necha kishi keldi? O‘quvchilarning soni nechta? Otlashib ega va to‘ldiruvchi vazifasida ham kela oladi: O‘quvchilarning nechtasi keldi? Kitobning nechtasini olasan?


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin