4-§. Nutq tovushlari tasnifi. Nutq tovushlarini tasnif etishda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan ovozning hamda og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan shovqinning ahamiyati kattadir. Shunga ko‘ra, ular ikki turga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar.
Unli tovushlar faqat ovoz (un) ishtirokida hosil bo‘lib, ularni talaffuz qilish jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi. Masalan, o, a, i kabi. Shuning uchun unli tovushlarda ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm deyiladi. Vokalizm - lotincha vokalis so‘zidan olingan bo‘lib, unli (ovozdor) demakdir.
Undosh tovushlar o‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi natijasida yuzaga keladi. Bunday tovushlar faqat shovqindan yoki ovoz hamda shovqindan iborat bo‘lishi mumkin. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm deb ataladi. Bu termin inglizcha konsonontism so‘zidan olingan bo‘lib, undoshlar tizimi demakdir.
Dostları ilə paylaş: |