-choq\\-chak affiksi toy, kelin, qo‘zi kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina kichraytish-erkalash shaklini hosil qiladi. Masalan: toychoq, kelinchak, qo‘zichoq kabi. Qo‘zichoq, toychoq so‘zlari ko‘chma ma’noda bolalarga nisbatan ishlatilganda erkalatish shakli kuchayadi. Bu affiks ba’zi so‘zlar tarkibida kichraytirish ma’nosi bilan birga ba’zi otlarni ham yasaydi: o‘yin+choq, bela+n+chak, ko‘m+ir+chak. Kichraytirish affikisning o‘zlik nisbatdagi fe’lga qo‘shilishi bilan sifat yasaydigan omonimi ham bor: kuy+in+chak, erin+choq .
2-§.Erkalash shakllari. –jon, -xon, -oy affikslari atoqli va turdosh otlarga qo‘shilib, erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat shakllarini hosil qiladi: ukajon, oyijon, kuzgujon, akaxon, Abrorjon, Hulkaroy, Halimaxon.
Bu affikslar ba’zi kishi ismlarining tarkibiy qismi sifatida ham uchraydi: Onaxon, O‘g‘iloy, Mamajon kabi. Shuningdek, oromijon, rohatijon kabi forsiy izofalar tarkibida jon mustaqil so‘z sifatida «jonning oromi», «jonning rohati» kabi ma’nolarga teng bo‘ladi; –xon affiksi esa, gazetxon, kitobxon kabi otlarning yasalishida ishtirok etib, -xon shakl yasovchisiga omonim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |