4-§. Takroriy otlar. Bir xil grammatik shakldagi so‘zlarni aynan
takrorlash orqali leksik-grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiluv-chi otlar takroriy otlar deyiladi. Takroriy otlar ko‘plik va umumlash-tirish, ma’no kuchaytirish kabi leksik-grammatik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan: Xo‘jalikning bu yilgi daromadi yaxshi. Ombor-ombor g‘alla, xirmon-xirmon paxta yetishtirib mo‘l hosil to‘plandi. Og‘riq tobora zo‘rayib, uning suyak-suyagigacha zirqiratardi.
Takroriy otlarning maxsus takror turi ham mavjud bo‘lib, bu turdagi takror otlar mustaqil so‘z va uning fonetik soyasi qolipida tuziladi hamda gumon, umumlashtirish, jamlash kabi qo‘shimcha ma’nolarni yuzaga keltiradi: ovqat-povqat, ilon-milon, non-pon, chang-chung, choy-poy, qand-qurs.
Dostları ilə paylaş: |