4-§. Ravishlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Ravishlar tuzilishiga ko‘ra: sodda, qo‘shma, juft, takroriy ravishlarga bo‘linadi.
1.Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘ladigan a) tub: tez, sekin, kam; b) yasama: qahramonlarcha, ojizona, yangicha, ko‘plab singari so‘zlardan iborat bo‘ladi.
2.Qo‘shma ravishlar mustaqil so‘zlarning birikishi orqali hosil bo‘ladi: har vaqt, bir zum, hech qachon, allamahal.
3.Juft ravishlar umumlashtirish, taxmin kabi ma’nolarga ega bo‘ladi va quyidagicha tuziladi: 1) sinonim so‘zlardan: eson-omon, asta-sekin, ochiq-oydin, uzul-kesil; 2) antonim so‘zlardan: erta-kech, tunu kun, yozin-qishin.
4. Takroriy ravishlar ma’noni kuchaytiradi va quyidagicha tuziladi: 1) tub ravishlarning takroridan: tez-tez, endi-endi, asta-asta, kam-kam, keyin-keyin; 2) –ma\ -ba unsurlari yoki chiqish va jo‘nalish kelishiklarini olgan so‘zlar takrori asosida: yuzma-yuz, ketma-ket, bekordan-bekor, kamdan-kam, zo‘r-bazo‘r, naridan-beri.
Dostları ilə paylaş: |