2. Zidlov bog‘lovchilar mazmunan bir-biriga zid bo‘lgan gap va gap bo‘laklarini o‘zaro teng bog‘laydi. Ularga ammo, lekin, biroq so‘zlari kiradi. Bundan tashqari, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni va undagi uyushiq bo‘laklarni zidlash asosida teng bog‘lashda - u, (-yu) yuklamalari ham zidlov bog‘lovchilarga sinonim sifatida qo‘llaniladi: O‘qidi, biroq yozmadi - o‘qidi - yu, yozmadi.
O‘zbek tilida lekin, ammo, biroq, balki, holbuki kabi zidlovchi borg‘lovchilardan keng foydalaniladi:Uy kichkina, lekin yorug‘ va toza edi. (O.) Tiniq osmonda yulduzlar miltirar, biroq oy ko‘rinmasdi. (O.)
Shuningdek, badiiy adabiyot tilida a zidlov bog‘lovchi ham uchraydi. Bu bog‘lovchi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lab, ular orasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi: Men-ku boraman, a siz-chi?
Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilar bilan grammatik sinonim bo‘ladigan –u, -yu, -da, ham, bilan yordamchilari vazifadosh bog‘lovchilar deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |