5-§. Farqlashga asoslangan yozuv.Tildagi shakli yoki talaffuzi bir xil (bir-biriga yaqin) bo‘lgan so‘zlar yozuvda turli belgilar yordamida (ba’zan ma’nosiga ko‘ra) farqlanadi. Masalan, 1) urg‘u vositasida: olma΄ (ot) o΄lma (fe’l); qo‘΄llar (ot) – qo‘lla΄r (fe’l); atla΄s (ot, mato) – a΄tlas (ot, xarita); 2) unlining cho‘ziq - qisqaligi farqlovchi vosita bo‘ladi: da’vo - davo, ayon - a’yon, a’lam - alam; 3) boshqa turli harflar faqlovchi vosita bo‘ladi: shox-shoh, xol - hol, urush - urish, o‘r-ur, tanbur - tambur, amr - amir. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Orfografiya nima? Orfografiyaning yozuv qoidalarini sanang.
Morfologik va fonetik yozuv qanday farqlarga ega?
Tarixiy - an’anaviy yozuv qoidasiga mal qilingan zamonaviy ijodkorlarning qanday asarlarini bilasiz?
Turli belgilariga ko‘ra farqlash mumkin bo‘lgan so‘zlardan misollar keltiring.
So‘zlarni to‘g‘ri yozishda eng muhim bo‘lgan yozuv qoidasi haqida ma’lumot bering.