Namangan shaxridagi shereshevskiy-terner sindromi bilan kasallanganlar soni va ko’rsatgichi. Bugungi kunda, ilm-fan va tibbiyot rivojlanayotgan bir davrda, irsiy kasalliklar havfi ham oshib bormoqda. Hozirda mamlakatimizda va bosha mamlakatlarda ham bu muoammoga katta e’tibor qaratilmoqda. Shereshevskiy-terner havfli bo’lgan irsiy kasallik hisoblanib, u ayollarda ko’plab patalogik anomaliyalarni keltirib chiqaradi. Shereshevskiy-terner sindromi – genetik jihatdan aniqlangan jinsiy gomologik X-xromosomasining bittaga kamayib (XO) monosomiya xolatiga kelishi tufayli ayollarda yuzaga keladigan xromosom kasallik hisoblanadi[1].Ushbu kasallik ikki qiz o’rniga bitta jins X xromosomasiga ega bo’lgan qizlarda rivojlanadi[2]. Shereshevskiy-terner sindromiga ega qizlar kariotipi 45 ta (44+XO) xromosomadan iborat, “YO” tipida zigotalar rivojlanmaydi[3]. Bolalar ko’pincha xavfli anomaliyalar bilan tug’iladi. Xususan, bo’yning juda past bo’lishi, boshning orqa qismidagi teri burmalarining qalinlashishi, qo’l va oyoqlarning odatiy shishishi, tug’ma yurak nuqsonlari, bepushtlik (naslsizlik), ikkilamchi jinsiy belgilarning kam rivojlanganligi, tuxumdonlarning rivojlanmasligi kabi bir qancha o’zgarishlar kuzatiladi[4].
Ushbu kasallikni o’rganish bo’yicha tadqiqotlarimiz davomida Namangan shaxri bo’yicha olib, taxlillar o’tkazganimizda quydagi natijalarni oldik. (1-jadval)
1-jadval. Namangan shaxridagi Shereshevskiy-terner sindromi bilan kasallanganlar sonini yil davomidagi ko’rsatkichi. (2018-2022yillar)
Namangan shaxri bo’yicha shereshevskiy-terner sindromi bilan kasallanganlar sonini yillar kesimida o’rganganimizda 2018-yidan 2022-yilga qadar Namangan shaxrida shereshevskiy –terner sindromi bilan kasallangan bemorlar soni keltirilgan. Bundan ko’rishimiz mumkinki, 2018-yilda 5 ta, 2019-yilda 11 ta, 2020-yilda 15 ta, 2021-yilda 17 ta va 2022-yilda esa 9 ta sindromga chalingan chaqaloqlar tug’ilgan. Kasallikni eng kam davri o’ganishlarimizcha 2018-yilda (5 ta) qayd etilgan. 2021-yilda (17 ta) esa eng yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan.
Ushbu o’rganishlar shuni ko’rsatadiki 2018-yilga nisbatan 2019-yilda 37,5%ga o’sdi, 2019-yilga ko’ra 2020-yilda 14,5%ga o’sdi, 2020-yildagidan 2021-yilda 4,25%ga o’sdi, 2021yildagi o’rganilgan natijalarga qaraganda shereshevskiy-terner kasalligi 2022-yilda 30,8% ga kamaydi.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2018-yilga nisbatan 2022-yilda kasallik 28,5%ga oshdi. 2019-yildan 2022-yilga nisbatan 10%ga kamaydi.2020-yildan 2022-yilga qadar 25%ga kamaydi. 2021-yilga nisbatan 2022-yilda 30,7%ga kamaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, shereshevskiy-terner sindromi bilan kasallanganlar Namangan shaxri bo’yicha 2018 yildan 2021 yilgacha o’sib borganligini kuzatish mumkin. 2022 yilga borib kasallanganlar soni 17 tadan 9 taga kamaydi. Ushbu kasallik bilan kasallanganlar sonining kamayishi respublikada sog‘lom bolalar tug‘ilishi, homilador ayollar va chaqaloqlarda patologiyani barvaqt aniqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan zamonaviy perinatal markazlar hamda “Ona va bola skrining” markazlari tarmog‘i yaratildi, tug‘ruqqa yordam beruvchi va pediatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlandi, tug‘ma va irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash hamda ular profilaktikasining zamonaviy usullari joriy etildi.
……………
i