II. O‘tilgan mavzuni so’rash (mustahkamlash) Uyga berilgan vazifa- “Mukofot” ertagini so‘rab baholash.
O‘tilgan mavzu savol-javob orqali mustahkamlanadi.
1. O’rmonga qaysi hayvonlar bordi ?
2. Tovusxon ularga nima haqida gapirdi?
3. Mukofotni kimlar oldi va nima uchun?
III. Yangi mavzuni tushuntirish. Televizor orqali videorolik namoyish qilinadi.
Mana o’quvchilar videorolikdagi she`rni ham eshitdik. She`r nima haqida ekan?
Ha bolajonlar, she`r ona tilimiz haqida ekan. Demak bugungi mavzuyimiz “Ona tilim” she`ri ekan.
O’zbek tilimizga nechanchi yil Davlat tili maqomi berilgan?
1989-yil 21-oktabr O’ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN Vafo Fayzulloh 1963-yil 27- iyulda Navoiy viloyatida tug’ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Hut”, “Xabarsiz sevinch”, “Mangu lahza”,”Jon yo’li”, “Azaliy g’ussa” she`riy kitoblari nashr etilgan.
Ona tilim Bobolar hikmat bilgan, Ardoqlab lug’at qilgan, Qolishmas hech bir tildan, Chiroyli qizil guldan. Yayraydi hardam dilim, Sen sabab, ona tilim. Navoiy ulg’aytirdi, Qodiriy ko’zga surtdi. Sayroqi bulbul kuyi, Anvoyi gular bo’yi Sendadir, ona tilim, Yayraydi hardam dilim. O‘quvchilarga she`rini o’qituvchi o’qib tushuntirib beradi, dars davomida o’quvchilar 1 nuqtadan o’qib mazmunini birgalikda tahlil qiladilar.
She`r matni o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Y angi mavzuni mustahkamlash uchun mavzu asosida test sinovi o’tkaziladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. Mana o’quvchilar, biz ham ona tilimizni shu qizchalik sevaylik va qadrlaylik. Darsda ishtirok etgan o‘quvchilar baholari e’lon qilinadi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar namuna qilib ko‘rsatiladi.
VI. Uyga vazifa berish. She`rni ifodali o’qib kelish, til haqida maqollar yozish va yod olish.