Namangan xalqaro universiteti



Yüklə 0,54 Mb.
tarix26.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#128424
Ona tili o\'qish savodxonligi va uni o\'qitish met sillabus


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN XALQARO UNIVERSITETI



TASDIQLAYMAN”
Namangan xalqaro universiteti oʻquv ishlar boʻyicha prorektor
A.V.Inomiddinov
______________________

“___”___________2023-yil









Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanining
O’QUV DASTURI (SILLABUS)
2022-2023 o‘quv yili – sirtqi ta’lim shakli (1-kurs talabalari uchun)















Bilim sohasi:


Ta’lim sohasi:


Ta’lim yo‘nalishi:

100000 –


110000 –


60110500 –

Ta’lim

Ta’lim

Boshlang‘ich ta’lim



















Namangan – 2023

Fanning sillabusi Namangan Xalqaro universiteti Kengashining 2023-yil “___” ________, __- sonli majlisida tasdiqlangan. (_ -bayonnoma)





Tuzuvchi:

G.G’.Mo’minova - NamXU Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish” kafedrasi oʻqituvchisi







Taqrizchi:



R.X.Lutfetdinova – NamDU Boshlang’ich ta’limda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsent v.b., PhD.





Fanning sillabusi Namangan Xalqaro universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Kengashining 2023-yil “ ___ ” _____dagi ___ - sonli majlisida muhokamadan o’tkazilgan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Fakultet dekani: D.D.Boymirzayeva
Fanning sillabusi Namangan Xalqaro universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti, “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish” kafedrasining 2023-yil «____» ___________ dagi ____- sonli yigʻilishida muhokamadan o’tkazilgan.
Kafedra mudiri: X. A.Umarov



O’QUV DASTURI (SILLABUS)
Ijtimoiy gumanitar
fakulteti
60110500 – Boshlang’ich ta’lim







Semestrlar

Ma’ruza

Amaliy

Seminar

Laboratoriya

Kurs ishi

Mustaqil ta’lim

Jami

1

2

8

8




-




44

60




Umumiy

























  1. Umumiy ma’lumotlar

Fan nomi: Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi

Fan kodi:
OTO'SUO'М105

Kredit miqdori: 2

Semestr: 2

Kafedra nomi: Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Fan o’qituvchisi: Mo’minova Go’zalxon G’ulamjanovna

Email: mominovagozalxon09@gmail.com

Fan turi: Majburiy

Ta’lim shakli:

Sirtqi

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

O‘zbek




Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

2-semestr




Ma’ruza

8




Amaliy mashg‘ulot

8




Mustaqil ta’lim

44




Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari

60




Jami

60




  1. Fanning qisqacha mazmuni


  1. Ta’lim natijalari:

Talaba bilishi kerak:
Fanning o’qitishdan maqsad – talabalarni boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish hamda amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. Fan doirasida o’rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, ona tili didaktikasi va metodikasi haqida ma’lumot berish hamda ona tilini o’quv predmeti sifatida qanday o’qitish kerakligiga oid kasbiy kompetentlikni shakllantirishdan iborat. Talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga o’rgatish, ularda ona tili va o’qish savodxonligini o’qitish metodikasining nazariy va amaliy muammolarini hal etish ko’nikmalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarda boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni, shuningdek, davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, maktab darsliklarining mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish orqali boshlang’ich ta’limda o’qitishning zamonaviy ilg’or metod, usullari haqida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.






  1. O‘qitish va o‘rganish usullari

Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi kursi muammolari (misol va masalalari) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.



2-semestr Fan mazmuni

Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M), amaliy mashg‘ulot (A), Laboratoriya (L), Seminar (S), Kurs ishi (K), Mustaqil ta'lim (MT)

soat

M1

Boshlang‘ich sinflarda ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.

2

A1

Boshlang‘ich sinf ona tili-o‘qish savodxonligi dasturlarining tahlili.



2

MT1.1.

Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasining ilmiy asoslari, o‘zaro bog‘liq fanlarni dalillash

4

MT1.2.

Boshlang‘ich ta’lim DTS va MO’D mazmuni negizini belgilovshi ko‘rsatkichlar, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar.

4

MT1.3.

Savod o‘rgatish metodlariga qiyosiy-tanqidiy tahlil.

4

MT1.4.

Boshlang‘ich ta’limda yaratilgan barcha «Alifbe», «Yozuv daftari»ni qiyosiy-tanqidiy tahlili.

4

MT1.5.

Savod o‘rgatishdan yaratilgan metodik qo‘llanmalarning qiyosiy-tanqidiy tahlili.

4

M2

Savod o‘rgatish metodikasi.

2

A2

Savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish.

2

MT1.6

Savod o‘rgatishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash.

4

MT1.7.

Husnixatga o‘rgatish tarixidan ma’lumot.

4

MT1.8.

Ona tili o’qish savodxonligi dasturi tahlili. Ona tili o’qish savodxonligi kitoblari (1,2,3,4-sinf) tahlili.

4

MT1.9.

Ona tili o’qish savodxonligi darslarida qo‘llanadigan metodlarga tavsif.

4

MT1.10.

Boshlang’ich sinflarda o’qish turlari va usullari.

4

M3

Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati, tamoyillari va usullari.

2

A3

Savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish va yozuv darsi ishlanmasini tuzish.

2

MT1.11.

Ongli va ifodali o‘qishni ta’minlash usullari.

4

M4

Sinfda ona tili-o‘qish savodxonligi darslarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari.

2

A4

Harf elementlarini yozish.

2




Oraliq nazorat







Yakuniy nazorat







Jami

60




UMUMIY JAMI

60

Amaliy mashg’ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi ishatiladi, keyslar mazmuni o’qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko’rgazmali materiyallar va axborotlar multimediya qurilmalari yordamida uzatiladi.


VII. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

  • esse – dolzarb mavzu bo’yicha shaxsiy fikrini tanqid, publisistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;

  • tezis va ma’ruzalar tayyorlash;

  • konspekt yozish;

  • glossariy tuzish;

  • individual va guruhiy o’quv loyihasi;

  • keys-topshiriqlarini bajarish;

  • guruhiy va individual taqdimotlar

  • mavzuli portfoliolar tuzish;

  • axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;

  • manbaalar bilan ishlash;

  • o‘quv adabiyotlarini o‘rganish va xulosa yozish

  • infografika tuzish;

  • chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;

  • multimediali taqdimotlar yaratish;

  • darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;

  • darsdan tashqari mashg’ulotlar ishlanmalarini tayyorlash;

Shuningdek, ta’lim yo’nalishi va ixtisoslikning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin. Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan seminar mashg’ulotlarga tayyorgarlik, darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.






VIII. Ta’lim natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)
Talaba bilishi kerak:
– Ona tili va o‘qish savodxonligi darslari jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari; O‘qish va ona tilini o‘qitish tarixi, rivojlanishi, fanning obyekti va subyekti; “Ona tilini o‘qitish metodikasi”ning tekshirish (ilmiy-tadqiqot) metodlari, boshqa fanlar bilan aloqasi; Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar; Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish metodlari; Ona tili va o‘qish savodxonligidan dars turlari va unda qo‘llanadigan innovatsion texnologiyalar; til bo‘limlarini o‘qitishdagi o‘ziga xos yondashuvlar haqidagi bilimlarga;
– Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini loyihalashtirish va tashkil etish, Ona tili va o‘qish savodxonligi ta’limi mazmuni, bu fanlarni o‘qitishda uning qismlari, boblariga xos xususiyatlarini tahlil qila olish, Ona tili va o‘qish savodxonligi ta’limida an’anaviy va noan’anaviy dars shakllarini qo‘llash, o‘quvchilar o‘quv biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan dars usullaridan foydalanish ko‘nikmalariga;
– o‘quv ishlarini loyihalashtirish; darsdan tashqari mashg‘ ulotlarni aniq va maqsadli tashkil eta olish; o‘z shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
“Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi ” fani bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun quyidagi talablar qo’yiladi:

  • “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi” fanini o’rganish jarayonida talabalar har bir o’tilgan mavzu bo’yicha belgilangan miqdordagi reyting ballarini to‘plashlari, kursning tayanch iboralarini chuqur o’zlashtirishlari, test savollari asosida o’z bilimlarini sinab borishlari lozim;

  • o’qitish jarayonining joriy, oraliq, yakuniy baholash haftalarida yozma nazorat ishlarini bajarishlari, mustaqil ish sifatida referatlar tayyorlashlari, kursga oid chizma va jadvallar tayyorlab kelishlari lozim;

  • fan bilan bog’liq boshqa ijtimoiy – iqtisodiy fanlarni mukammal o’rganishlari lozim.

Bajara olishi kerak:

  • Prezident asarlari va ma`ruzalarini, Respublika Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan ta’limga tegishli Qonunlar va Vazirlar Mahkamasi chiqargan me`yoriy hujjatlarni o’rganish;

  • darslik va o’quv qo’llanma xarakteridagi adabiyotlarni o’zlashtirish;

  • tasavvurga ega bo’lishi kerak;

  • fanning vujudga kelishi, uning rivojlanishini asosiy yo’nalishlari va g’oyalari to’g’risida.




IX. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • interfaol keys-stadilar; (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • amaliy mashg’ulotlar

  • taqdimotlarni qilish;

  • individual loyihalar;

  • jamoa ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

  • ijodiy ishlar yaratish




X. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat har semestrda fanning xususiyatidan kelib chiqib bir yoki ikki marta yozma ish, test, og’zaki shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestrlar davomida fanga ajratilgan amaliy (seminar) hamda mustaqil ta’lim topshiriqlari muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy (seminar) mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy (seminar) mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestrlar yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha belgilangan shaklda o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

Asosiy adabiyotlar:

  1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.

  2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.

  3. Matchanov S., G’ulomova X., Yuldasheva SH., A. Nisanbayeva. Ana tilin oqыtu әdіstemesі.–T.: TDPU, 2013. – 277 b.



Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti. –T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010.

  2. Abdullayeva Q. va boshq. O‘qish kitobi (2-sinf uchun darslik). –T.: O‘qituvchi, 2010.

  3. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari. - T.: O‘qituvchi, 2003.

  4. Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2013.

  5. Jumayev M.E. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. “Fan va texnologiya”, 2005 yil.

  6. Abdullayeva B.S. va boshq. Matematika 2. 2-sinflar uchun ilg‘or va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyoti. 11 b.t.Toshkent-2015

Elektron ta’lim resurslari

  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. ziyonet. uz

  4. www. edu. uz

  5. tdpu-INTRANET. Ped




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin