Name of presentation



Yüklə 2,88 Mb.
tarix25.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#134490
VI-XI ASRLARDA VIZANTIYA

VI-XI ASRLARDA VIZANTIYA

Imperiyaning tashkil topishi.


Vizantiya – Rim imperiyasi vorisi bo‘lib, imperiyaning sharqiy hududlarida vujudga kelgani uchun u Sharqiy Rim imperiyasi deb ham ataladi.

Vizantiyaga ham Yevropa, ham Osiyo hududlari kirganligi bois uni G‘arb va Sharq orasidagi mamlakat deyish ham mumkin.

Konstantinopol shahri o‘rnidagi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizantiy nomidan ko‘pincha Vizantiya deb ham atashgan.


Konstantinopol shahri

Sharqiy Rim imperiyasida yunonlar son jihatidan ko‘p bo‘lganidan davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqarib, davlat tiliga aylanadi.

Dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar.


Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog‘laydigan «Oltin ko‘prik» hisoblangan.
Romeylar bozori

Vizantiya oltin puli (numisma) ko‘p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan.


Vizantiya oltin puli

Vasilevs hokimiyati.


Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha, podsho) boshqargan.
Vasilevsga ko‘p sonli
sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amaldorlari, shuningdek,
maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha, senat) bo‘ysungan.

Boshlang‘ich va o‘rta maktablarning ko‘pchiligi G‘arbiy Yevropadagi cherkov va monastir o‘quv muassasalaridan farqliroq, xususiy yoki davlatniki bo‘lgan.

Vizantiyaning oltin asri.


Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga Yustinian I imperatorligi davri (527–565)da
erishadi. U kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan.
Imperator Yustinian

Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo‘shini vandallar qirolligini bo‘ysundirib, Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar.


Vizantiya qo‘shini

Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni tiklashgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan.


Shunga qaramasdan, vizantiyaliklar Italiyaning katta qismini bo‘ysundirib, poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi.

Vizantiyaga VI asrning o‘rtalaridan slavyan qabilalari kelib o‘rnasha boshladi.


Slavyan qabilalari
VII asrda Arab xalifaligi hujumlari natijasida vizantiyaliklar Suriya va Misrni ham boy beradi.

X–XI asrlarda imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar va monastirlarga ko‘plab yer-mulklar in’om etadilar.

Savol va topshiriqlar

1. Vizantiya imperiyasi qanday vujudga kelgan?

2. Vizantiyaning qaysi shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi?

3.Imperator hokimiyati qanday amalga oshiriladi?

4. Yustinian I imperatorligi davri haqida hikoya

qilib bering.

5.Darslikdagi 22, 23-rasmlarga qarab, xayolingizga qanday fikrlar keldi?


Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin