Oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar (qarang Kollektorli mashina) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar uyroʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi.
Uch fazali asinxron dvigatelning tuzilishi: a – umumiy kesimi; b – qisqa tutashgan rotor; d – stator va rotorning ko‘ndalang kesimi: 1, 11 – podshipniklar; 2 – val (o‘qi); 3, 9 – podshipnik shitlari; 4 – sim uchlari chiqarilgan quticha; 5 – rotor serdechnigi; 6 – stator serdechnigining o‘zagi; 7 – stator korpusi; 8 – stator o‘ramlari; 10 – ventilator; 12 – kojux; 13 – qirralari; 14 – o‘qlari; 15 – yerga ulash bolti.v
Sinxron dvigatel qo‘zg‘olmas qism - stator va aylanuvchi qism - rotordan tarkib topgan. Sinxron mashina statori, aslida, asinxron mashina statoridan farq qilmaydi, ya’ni korpus (stanina), magnit o‘zak va chulg‘amdan iborat.
Sinxron dvigatel qo‘zg‘olmas qism - stator va aylanuvchi qism - rotordan tarkib topgan. Sinxron mashina statori, aslida, asinxron mashina statoridan farq qilmaydi, ya’ni korpus (stanina), magnit o‘zak va chulg‘amdan iborat.
Mashinaning vazifasi va gabaritiga ko‘ra sinxron mashina statori konstruksiyasining bajarilishi xar hil bo‘lishi mumkin. Masalan, katta quvvatli, ko‘p qutbli mashinalarda stator magnit o‘zagining tashqi diametri 900 mm va undan katta bo‘lganda, magnit o‘zak plastinalarini alohida segmentlardan yasaladi va yig‘ilgandan keyin magnit o‘zak silindrini hosil qiladi. Tashish va montaj qilishda qulaylik bo‘lishi uchun, katta gabaritli mashinalar statorining korpuslari yig‘ma shaklda quriladi.