Savol va vazifalar: 1. Inson tarbiyasida ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘rni qanday?
2. Shahlo va uning ota-onasi xulq-atvorini tahlil qiling.
3. Ushbu nizoni qanday hal qilish mumkin? Bunday vaziyatlarda ota-onalarning maqsadga muvofiq bo‘lgan harakatlari qanday bo‘lishi kerak?
2-vaziyat. Kech soat 2300 bo‘lishiga qaramay, qizi hali kelgani yo‘q. Ona juda besaranjom bo‘lmoqda, uning barcha sinfdoshlari, qarindosh-urug‘lariga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdi. Qizi hech qaerda yo‘q. Ona o‘zini qaerga qo‘yishni bilmaydi. Nigora yarim tunda uyga xursand holda kirib keldi.
— Qaerda daydib yuruvding? Uyga bunday kech kelishga kim ruxsat berdi? Kollejning 3-bosqichida bo‘lsang, o‘zingni bo‘yi yetgan deb hisoblaysanmi?... Qaerlardadir sang‘ib yurgandan ko‘ra, o‘qisang bo‘lar edi! — yurakdan gapirdi ona.
— Oyi, namuncha bezovta bo‘lmasangiz, men Alisher bilan, uning kollejidagi diskotekada bo‘ldim, — deb o‘zini himoya qildi qizi.
— Qanday yana Alisher bilan? Mana bu bilanmi? — u Nigoraning kundaligidan bolaning rasmini oldi. — Bitiruv imtihonlari oldidan xursandchilik qilib yurishni men senga ko‘rsatib qo‘yaman! — qichqirdi ona va g‘azab bilan Alisherning rasmini yirtib tashladi.
— Nima qilib qo‘ydingiz? — o‘z navbatida qichqirdi Nigora va xonadagi rasm bo‘laklarini to‘plashga otildi. Rasm bo‘laklarini yig‘ib olgan Nigora, ko‘z yoshi bilan xonasiga kirib, eshikni yopib oldi.
Savol va vazifalar: 1. Ona va qizning muloqotini tahlil qiling.
2. Ona va uni qizining xulq-atvori hamda harakatlariga baho bering.
3. Oiladagi keskinlikni yumshatish uchun nima qilish kerak?
4. Bolalar (o‘g‘il va qizlar)da dastlabki muhabbat tuyg‘usi paydo bo‘lganda ota-onalar ular bilan qanday munosabatda bo‘lishlari kerak?