Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə215/278
tarix04.12.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#138102
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   278
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

Mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi – ya’ni amaldagi qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yosh chegaralari oralig‘ida shaxslar va II guruh ishlamayotgan nogironlardan va ishlamayotgan, yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolardan iboratdir.
Mehnat yoshidan o‘tgan ishlayotgan shaxslar va ishlayotgan o‘smirlar mehnat yoshiga etmagan shaxslar.
Iqtisodiy faol aholi (ish kuchi) – bu aholining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun o‘z ishchi kuchini taklif etishni ta’minlaydigan qismi. Iqtisodiy faol aholi soni ish bilan bandlarni va ishga joylashishga muhtoj shaxslarni o‘z ichiga oladi.
Ish bilan bandlar. Ish bilan band bo‘lmagan.
Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Ish xaqi - xar bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taksimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir.
Xodimlar mehnatiga xaq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb kilingan mehnat resurslarining baxosidir. Ish xaqi - maxsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga xaq to‘lash uchun sarflanuvchi qismi.
Ish xaqining nominal va real turlari mavjud:
Nominal ish xaqi - xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun xisoblangan va to‘langan ish xaqidir.
Real ish xaqi - nominal ish xaqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori: real ish xaqi - nominal ish xaqining "iste’mol qobiliyati"dir.
Mehnatga xaq to‘lashning ishbay va vaqtbay usullari mavjud.
Mehnatga ishbay xaq to‘lash ishlab chikarilgan maxsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan xaqni anglatadi.
Korxonalarda fakat ishbay emas, balki ishbay - mukofotli xaq to‘lashdan foydalaniladi. Mehnatga ishbay - mukofotli xaq to‘lashda ishchi bajargan ishiga xaq olishdan tashkari, mukofotga xam ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, maxsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   278




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin