“KORXONA XO‘JALIK FAOLIYATINI TAHLIL QILISH” O‘yinning maqsadi: Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar (tashkilotlar)ning uslub va tamoyillarini chuqur o‘zlashtirish. Bozor sharoitida korxona (tashkilot)ning xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish, korxonaning faoliyat ko‘rsatishini o‘rganishda amaliy mahorat uyg‘otish. Xo‘jalik yuritishning iqtisodiy uslublarini joriy etish, korxona faoliyatini qayta takomillashtirish hisobiga korxona foydasini (daromadini) ko‘paytirish uchun korxona faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida qo‘shimcha imkoniyatlarni qidirib topish. Korxona foydasini (daromadini) taqsimlash bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni ishlab chiqish hamda mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirishni, marketing va ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Dastlabki ma’lumotlar, 1-variant. Korxona rentabelli (daromadli) korxona. Ammo bozor munosabatlari iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilashning yangi yo‘llarini talab qilmokda.
Foydani normativ (belgilangan miqdor bo‘yicha) taqsimlanishini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar:
(ming so‘m)
Foyda miqdori (yig‘indisi)
5000,0 so‘m.
Ishlab chiqarish fondi uchun to‘lov normativi
8%
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati
12500,0 so‘m
Ishchilar soni
2500,0
Korxona kreditdan foydalangan
yiliga 5% dan 2000,0 so‘m.
Byudjetga ajratmalar normativi
hisoblangan foydaning - 15%
Hisoblangan foydadan vazirlikka ajratmalar normativi
10%
Korxona to‘lagan
100,0 so‘m
Jarima tariqasida boshqa korxonalardan olgan
500,0 so‘m
Korxona moliyaviy rezervini tashkil etadi
100,0 so‘m
Qolgan foydadan rag‘batlantirish fondini tashkil qilish normativi: ishlab chiqarish taraqqiyoti
Fond
50%
Iste’mol
30%
Rezerv fondi
20%
Hisoblarni jadvalda ifodalang, unda: umumiy foyda miqdorini (summasini), hisoblangan foyda, korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda, rag‘batlantirish fondlariga yuboriladigan foydani ko‘rsating.
Korxona rezervlarini izlash va tahlil qilish uchun dastlabki ma’lumotlar:
- maxsulotning sifat belgisi bilan ishlab chiqarish umumiy hajmining 60%;
- davlat buyurtmasi ishlab chiqarish imkoniyatining 90%i;
- vazirlikning ichki uyushmasi bo‘yicha buyurtma – 10%;
- korxona iste’molchi talabini to‘la qondiruvchi, lekin hali jahon namunalaridan uzoq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaradi;
- yil rejasiga mahsulot ishlab chiqarish uchun hali asbob-uskunasi yo‘q bo‘lgan, xatto yangi sexlar qurish zarur bulgan mahsulot ishlab chiqarishning kiritilishi mo‘ljallanmoqda;
- korxona bitimlar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajardi – 98,5% ga;
- jamoa ijtimoiy sohaning turli ob’ektlariga muxtoj;
- asbob-uskunalar bilinadigan darajada eskirgan;
- boshqaruv apparati xodimlarining soni – ishchilar umumiy sonining 25%
Mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirish tizimini qayta qurish, ishlab chiqarish texnologiyalari va ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish, xo‘jalik yuritishning iqtisodiy uslublarini kuchaytirish, yuqori turuvchi boshqaruv tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatni yaxshilash hisobiga daromadni ko‘paytirish uchun korxona rezervlaridan foydalanish, ishda kamchiliklarni yo‘qotish imkoniyatlariga egami?