Neft va gaz konlari geologiyasi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix22.03.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#124259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Inflyatsiya va ishsizlik

Kirish 
Bozor iqtisodiyoti nazariyasida ishsizlik va inflyatsiya bir biriga teskari 
bog’langan. Ishsizlik qancha katta bo’lsa, inflyatsiya shuncha tushishi va aksincha – 
bandlik ortishi narxlar ko’tarilishiga olib kelishi ko’zda tutilgan. Bu ish bilan 
ta’minlangan aholi iste’moli ortishi sabab ortadigan talab narxlarni ko’tarishi, 
ishsizlik tufayli daromadi kamaygan aholi yalpi talabi tushushi va bu narxlarni ham 
pastga olib tushishi bilan izohlanadi. 
Ammo nazariya bir – amaldagi holat boshqa. Iqtisodda bu ko’p uchraydi, shu 
bois iqtisodchilar o’z sohalari «tutqich bermas» ekanini aytib ko’p noliydilar. Bir 
narsani unutmaslik kerakki, ijtimoiy fandagi nazariyalar hayotda bo’layotgan 
jarayonlarni hech qachon to’la aniqlikda ta’riflab bera olmaydi, balki ana shu 
jarayonlarni yaxshiroq tahlil qilishga yordam berishi mumkin, xolos. 
Bizning iqtisodiyotga kelganda (boshqa ko’plab nazariyalar singari) ishsizlik 
va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik haqidagi nazariya ham «singan». Chunki bizda 
ishsizlik bilan inflyatsiya teng ortishi kuzatilmoqda. Bu holatni ko’pchilik o’tish 
davri qiyinchiliklari bilan izohlashga urinadi. Lekin vaziyatga turli xil «noiqtisodiy» 
sabablar etagiga mahkam yopishmasdan, sergak baho bersa – hammasi oddiy 
iqtisodiy tushunchalar bilan sodda qilib tushuntirilishi mumkinligi oshkor bo’ladi
1

Birinchi marta Yangi Zellandiyalik iqtisodchi olim U. A. Fillips tomonidan 
taklif qilingan ishsizlik-inflyatisya nazariyasi sanoatlashgan G’arb iqtisodiyotlari 
uchun amal qiladi (ularda ham doim ham emas). Bizning mamlakat kabi aholi asosiy 
daromadi qishloq xo’jaligidan keladigan agrar davlatlar sharoitida esa bu g’oya ish 
bermasligi mumkin. 
1
Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. 
– T. “Akademiya



O’zbekiston – agrar respublika. Bu juda yaxshi, chunki kelajakda aynan agrar 
mamlakatlar eng muhim o’yinchilarga aylanadi. Dunyo aholisi o’sib borar ekan
oziq-ovqat mahsulotlari eng qimmatli resursga aylanib boraveradi. 
Ammo agrar mamlakatda yuqori inflyatsiya ro’y bersa, bu aynan qishloq 
xo’jaligida band aholi real daromadi tushishiga, bu sohaning og’ir mehnati uchun 
to’lanadigan ish haqi o’zini oqlamay qolishiga olib keladi. Bunda odamlar o’z 
xohishlari bilan ishsiz bo’lishni tanlaydilar va aholi o’rtasida ixtiyoriy ishsizlik holati 
kuzatiladi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin