Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


-MA’RUZA Milliy til va adabiy til



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə23/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

2-MA’RUZA


Milliy til va adabiy til
REJA:
1.Xalq jonli tili va adabiy til
2.Adabiy tilning og`zaki va adabiy shakli
Qayеrda yashashidan qat'i nazar bir millatga mansub bo`lgan barcha insonlar tomonidan ishlatiladigan til milliy til dеb yuritiladi. Milliy til o`z tarkibiga shеva, so`zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so`kish, qarg`ish so`zlari), varvarizm (tilda o`rinsiz ishlatilgan chеt so`zlar) kabi guruh so`zlarni qamrab oladi.
Ayrim manbalarda milliy til tarkibiy jihatdan jonli xalq tili va adabiy tilga bo`linib, birinchisi yana jargonlar va dialektlarga, ikkinchisi esa og`zaki va yozma turlarga ajraladi:14
Milliy tilning ma'lum qoidalarga bo`ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, mutaxassislar tomonidan ishlov bеrilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til dеb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo`lishi kеrak. Umuman, millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo`lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo`lgan. Milliy o`zbеk tilida shеvalarning ko`pligi adabiy tilga bo`lgan ehtiyojni yuzaga kеltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shеvalar kam bo`lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo`q.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko`radi. Adabiy tilning og`zaki va yozma shakllari mavjud.


Til jamiyatsiz mavjud bo`la olmaydi. Jamiyat a’zolari tilning yashashi, rivojlanishi uchun mas’uldirlar. Shu munosabat bilan, o`tgan asrning 70-80-yillaridagi o`zbek tilining ahvolini eslash o`rinlidir. Bu davrda o`zbek tilining faoliyat ko`rsatish doirasi juda torayib, uning butunlay yo`qolib ketish xavfi paydo bo`ldi. Ana shunda jamiyatimizning ilg`or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg`urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo`yilgan ilk qadamlardan biridir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” 15.
Eng avvalo, ”davlat tili” tushunchasiga izoh berib o`tish lozim. Bu degani til boshqa davlat ramzlari qatorida qonun asosida davlat himoyasiga olingani, til bilan bog`liq masalalar davlat darajasida hal qilinadi, deganidir.
Quyida mazkur qonunni to`laligicha keltiramiz



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin