ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga
Tovush va fonema Tovush va fonemaning o`zaro farqi ham nutq va til o`rtasidagi o`zaro farqqa borib taqaladi. Boshqacha aytganda, tovush nutqqa tegishli tushuncha bo`lsa, fonema tilga tegishli tushunchadir.
So`zlar tarkibidagi nutq tovushlari ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: tob, toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tot, tosh, tog`, toq. Ko`rinyaptiki, bu so`zlar o`zaro bitta (oxirgi) tovush bilan farq qilyapti. So`z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush fonema deb ataladi. Fonemaning aniq talaffuz qilingan, quloqqa eshitilgan ko`rinishi tovush yoki fon(allofon) deb yuritiladi30. Masalan, bir, bilan so`zlaridagi qisqa i, biy, tiy so`zlaridagi cho`ziq i, qirq, G`irot so`zlaridagi ruscha ыga yaqin aytiladigan i fon(allofon) hisoblanadi. Jorj Yul yuqorida zikr qilingan darsligida yozishicha, fonema ongda mavhum tushuncha sifatida mavjud bo`lgan paytda, real nutqda uning turli variantlari hosil bo`ladi.31 Fonemalarini tasnif qilganda ularni bir-biridan farqlantiruvchi belgilar farqlovchi(differensial) belgilar hisoblansa, shu tovushlar uchun umumiy belgilar esa birlashtiruvchi(integral) belgilar sanaladi: b va p tovushlari uchun lablar ishtirokida hosil bo`lish va portlovchilik belgilari birlashtiruvchibelgilar sanalsa, jarangli-jarangsizlik belgisi farqlovchi belgidir.
Fonemalarning turlari Fonemalar quyidagi xususiyatlariga ko`ra ikkita guruhga bo`linadi: